Taroqsimonlar (Ctenophora) tipi


Download 6.99 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi6.99 Kb.
#1836572
Bog'liq
BEKNAZAROV AZIMJON ZOOLOGIYA TAROQSIMONLAR

Taroqsimonlar (Ctenophora) tipi

bajardi : Beknazarov . A

REJA:

  • TAROQLILAR (CTENOPHORA) SINFI
  • Hazm qilish sistemasi va Nerv sistemasi.
  • Ko‘payishi va rivojlanishi.
  • Klassifikatsiyasi va Filogeniyasi.

Taroqlilar - dengizlarda yakka yashovchi hayvonlar. Ko‘pchilik turlari suv qa’rida, boshqalari suv tubida o ‘rmalab hayot kechiradi. Tanasi bo‘shliqichlilarga o ‘xshash ikki qavatdan, ya’ni ektoderma va endoder_x0002_madan iborat. Bu qavatlar o ‘rtasida mezogleya bo‘ladi. Ko‘pchilik taro qlilaming yopishuvchi hujayralari boladi. Shaklan o ‘zgargan kipriklar yordamida harakatlanadi. 90 ga yaqin turlari bitta sinfni tashkil etadi.

Taroqlilar - dengizlarda yakka yashovchi hayvonlar. Ko‘pchilik turlari suv qa’rida, boshqalari suv tubida o ‘rmalab hayot kechiradi. Tanasi bo‘shliqichlilarga o ‘xshash ikki qavatdan, ya’ni ektoderma va endoder_x0002_madan iborat. Bu qavatlar o ‘rtasida mezogleya bo‘ladi. Ko‘pchilik taro qlilaming yopishuvchi hujayralari boladi. Shaklan o ‘zgargan kipriklar yordamida harakatlanadi. 90 ga yaqin turlari bitta sinfni tashkil etadi.

Tanasi odatda xaltaga o ‘xshash bo‘lib, uning bir chetida og‘iz teshigi

Tanasi odatda xaltaga o ‘xshash bo‘lib, uning bir chetida og‘iz teshigi

(oral qutbi), ikkinchi chetida chiqaruv teshigi (aboral qutbi) joylashgan.

Tananing asosiy o ‘qi ana shu ikki qutbi orqali o ‘tadi. Asosiy o‘q orqali

ikkita har xil simmetriya yuzasini o ‘tkazish mumkin. Ana shuning uchun

taroqlilami ikki nurli simmetriyali hayvonlar deyish mumkin. Ammo

ko‘pchilik organlar (taroq plastinkalar, radial naylar, jinsiy bezlar) asosiy

tana o ‘qi bo‘ylab 8 tadan joy

Shuning uchun taroqlilarda ikki nurli

va sakkiz nurli simmetriya belgilari mujassamlashgan. Taroqlilarda birin_x0002_chi marta dastlabki embrion yaproqlari va alohida muskul to‘qimasi pay_x0002_do bo‘ladi; taroqsimon plastinkalar yordamida harakat qiladi. Muvozanat vazifasini maxsus aboral organ bajaradi (45-rasm).Taroqlilar tanasining ikki yonida shoxlangan ikkita uzun paypaslagichlari

joylashgan. Paypaslagichlar cho‘zilishi

yoki maxsus xalta ichiga joylashib olib,

qisqarishi mumkin.

Paypaslagichlarda

Paypaslagichlarda

joylashgan juda ko‘p yopishqoq hu_x0002_jayralar o ‘ljasini ushlab turish uchun xiz_x0002_mat qiladi. Ayrim taroqlilaming pay_x0002_paslagichlari bo‘lmaydi.Taroqlilar tanasi sirtida oral qutbidan aboral qutbi yunalishida 8 qator taroqsimon plastinkalar joylashgan. Har bir taroq plastinka asoslari orqali bir-biri bilan yopishgan qator kipriklardan iborat. Taroqchalami bir me’yorda silkinishi tufayli hayvon harakat qiladi. Mezogleyasi tiniq quyuq moddadan iborat. Mezogleyada muskul hujayralari to‘p bo‘lib, taroq plastinkalari va paypaslagichlari ostida joylashgan

Hazm qilish sistemasi. Og‘iz teshigi ektodermal yassi halqumga ochiladi. Halqum endodermal oshqozon bilan tutashgan. Oshqozon xalta_x0002_ga o ‘xshab halqumga perpendikulyar yo‘nalishda yassilashgan. Pay_x0002_paslagichlari ana shu yuzada joylashganidan tananing bu qismi pay_x0002_paslagichlar yuzasi deyiladi. Oshqozondan beshta nay boshlanadi. Shu

jumladan ikkita uchi berk naylar halqumning ikki yoni bo‘ylab og‘iz teshi_x0002_gi tomonga yo‘naladi. Bitta ingichka nay aboral tomonga ko‘tariladi. Bu yerda ikki marta shoxlanib, to‘rtta kalta va ingichka naylarni hosil qiladi.

Ulardan ikkitasining uchi berk; ikkitasi esa ayirish teshigi orqali tashqari_x0002_ga ochiladi. Oshqozonning yana ikkita nayi ikkita paypaslagichlar yuzasi

tomonga (tana o ‘qiga perpendikulyar yo‘nalishda) tarqaladi. Ular shox_x0002_lanib, ikkitadan juft vabittadan toq naylarni hosil qiladi. Ikkita juft naylar yana bir marta dixotomik shoxlangach, sakkizta uchi berk meridional nay_x0002_larga ochiladi. Meridional naylar taroqsimon plastinkalar ostiga joylash_x0002_gan. Toq naylar esa paypaslagichlar asosiga keladi.

Shunday qilib, halqum va oshqozonning yassilashganligi, oshqozondan

boshlanadigan naylar va paypaslagichlaming joylashuvi taroqlilarda sim_x0002_metriyaning ikki yuzasi borligini, ya’ni ular simmetriyasi ko‘p nurli emas,

balki ikki nurli simmetriyaga yaqin turishini ko‘rsatadi.

Nerv sistemasi. Taroqlilar nerv sistemasi ektodermada joylashgan nerv to‘ridan iborat. Nerv hujayralari taroqsimon plastinkalar ostida tig‘iz joylashib, aboral tomonga yo‘nalgan nerv zanjirini hosil qiladi. Aboral or_x0002_gan murakkab tuzilgan statotsistdan iborat. Uning statoliti kalsiy karbon_x0002_at zarrachasidan iborat bo‘lib, kiprikchalarning bir-biriga yopishishidan hosil bo‘lgan to‘rtta kamarchada osilib turadi. Ustki tomondan statolit qopqoqcha bilan yopilgan. Statolit kamarlaiidan chiqadigan to‘rtta egatcha dixotomik shoxlanib, sakkizta taroqsimon plastinkalarga keladi. Aboral or_x0002_gan tana muvozanatini saqlash va harakatni boshqarish vazifasini bajaradi.

Foydaqlangan adabiyotlar

  • “ UMURTQASIZLAR ZOOLOGIYASI “ О. MAVLONOV, SH. XURRAMOV, X. ESHOVA. Toshkent 2006
  • https://ru.wikipedia
  • https;//animaldiversity
  • https://wwwbritannica.com

Download 6.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling