3.2. Daromad soliqlari. Korporatsiya foyda solig’ining o’ziga xos tomonlari.
Soliqlarning keyingi guruhi daromad soliqlaridir. Jismoniy shaxslardan olinadigan davlat daromad solig’i rezidentlardan (Belgiyada va chet elda olingan daromaddan) tashqari norezidentlardan (Belgiyada olingan daromaddan) ham olinadi.
Soliqlar mulkdan, qimmatli qog’ozlardan va boshqa manbalardan tushgan tushumdan hamda ish haqidan (ijtimoiy xususiyatga ega bo’lgan imtiyoz va xarajatlar summasi chegirilgan holda) undiriladi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i progressiv xususiyatga ega bo’lib, daromad hajmiga bog’liq holda o’zgaradi. 25 foizlik minimal stavka 253 ming frank yillik daromad summasiga 55 foizlik maksimal stavka esa 2420 ming frankdan oshgan daromadga nisbatan qo’llaniladi. Davlat daromad solig’idan tashqari ushbu soliq bazasidan mintaqaviy daromad solig’i ham undiriladi. Uning soliq stavkasi umummilliy soliq stavkasining 6-10 foizni tashkil qiladi xusucan, 3 foizga teng bo’lgan krizis badali undiriladii.
Belgiya daromad soliq tizimi amaliyotida oila daromadlarini soliqqa tortish usuli qo’llanilmoqda, bunda er va xotin daromadlari jami qo’shilgan holda soliqqa tortiladi. Bu soliq bo’yicha qonunchilikda ikkita imtiyoz ko’zda tutilgan:
oilaning ikkala a’zosi ham kasbiy faoliyatdan daromad olsa (kam daromad olgan oila a’zosining daromadi alohida soliqqa tortiladi);
oila a’zolarining faqat bittasi kasbiy daromad olsa, uning daromadining 30 foizi soliqqa tortiladi, xolos (297000 frank atrofida).
Korporatsiyalarning foyda solig’i Belgiya qonunchiligiga asosan barcha yuridik shaxslardan, boshqaruv tashkilotlariga ega bo’lgan, mamlakat hududida joylashgan kompaniya va tashkilotlardan olinadi. Kompaniyalar ishlab chiqarish va ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni Soliqqa tortiladigan daromaddan chegirish huquqiga egadirlar. Uning qat’iy soliq stavkasi 39 foizga teng bo’lib, bir qator boshqa stavkalar ham ko’zda tutilgan.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |