Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 1.19 Mb.
bet16/103
Sana02.06.2024
Hajmi1.19 Mb.
#1833788
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   103
Bog'liq
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI

Nazorat va muhokama uchun savollar


1. Belgiya soliq tizimining o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
2. Meros va hadya solig’i to’g’risida tushuncha bering.
3. Ro’yxatga olish solig’i qaysi holatlarda olinadi?
4. Avtotransport vositalari egalaridan olinadigan soliq qanday parametrlarga asosan hisoblanadi?
5. Belgiyada aksiz solig’i qaysi mahsulot turlarida mavjud?
6. Xususiy mulkdan qanday soliq turlari undiriladi?
7. Daromad solig’i qanday undiriladi?
8. Korporatsiya foyda solig’ining qanday stavkalari mavjud?
9.Belgiyada norezident shaxslarning foydasi qanday stavkada soliqqa tortiladi?
10.Fransiya va Belgiya soliq tizimidagi o’xshashlik va farqlar nimalardan iborat?

Asosiy adabiyotlar


1. «Налоговые системы зарубежных стран»: Учебник для вузов под. ред. проф. В.Г.Нязова, проф. Д.Г.Черника – 2-е издание. Переработан.- М: «Закон и право», ЮНИТИ, 1997 г.
2. Налоги и налогообложение» 3-е издание под ред. М.Романовского и О.Врублёвской. М. 2003 г.
3. www.траcеcа.орг
4. Error: Reference source not found - Rossiya Federatsiyasi qidiruv sayti;
5. Error: Reference source not foundy.ru – «Финансы» jurnalining sayti;


IV bob. Yaponiya soliq tizimi




4.1.Yaponiya soliq tizimining o’ziga xos xususiyatlari.


Chet el soliq qonunchiligini o’rganuvchilar uchun Yaponiya soliq tizimi alohida qiziqish kasb etadi. Yaponiyada barcha soliq daromadlarining 64% dan ortig’ini hukumatning moliyaviy qudratini ifodalovchi federal soliqlar tashkil etadi. Yevropa mamlakatlaridan farqli o’laroq, Yaponiya davlatida daromadning ko’proq qismini daromad soliqlari – korporatsiyalarning foyda solig’i va jismoniy shaxslarning daromad soliqlari tashkil qiladi7.
Korporatsiyalarning foyda solig’i Yaponiyada milliy, prefektura va munisipalitet byudjetlar hisobiga kelib tushadi. Soliqning milliy stavkasi 33,48%ini, prefektura solig’i milliy soliqning 5% ini, munitsipalitet solig’i esa - milliy soliq stavkasining 12,3%ini tashkil etadi. Shunday qilib, ushbu soliq bo’yicha olingan soliqlarning umumiy hajmi korporatsiya foydasining qariyb 40%ini tashkil qiladi. Yaponiyada kichik biznes uchun ushbu soliqning imtiyozli stavkalari ham ko’zda tutilgan. Bu soliq bo’yicha soliqqa tortiladigan baza bo’lib, xalqaro buxgalteriya hisobi qoidalariga asosan aniqlanadigan korporatsiya foydasi hisoblanadi. Oxirgi yillar davomida korporatsiyalar foydasi solig’idan tushadigan tushum hajmi, milliy byudjet umumiy daromad hajmining, ya`ni barcha tushumlarining chorak qismini tashkil etadi.
Turli yillar davomida byudjet daromad hajmining 35 foizdan 42 foizgacha bo‘lgan ulushini jismoniy shaxslardan olinadigan soliq tashkil etgan. Jismoniy shaxslarning daromad solig’i Yaponiya davlat byudjeti uchun katta ahamiyatga ega.
1-jadval
Yaponiyada qabul qilingan jismoniy shaxslar daromad solig’i stavkalari.




Soliqqa tortiladigan daromad, mln. ien

Soliq stavkasi, %




Milliy

Prefektura

Munisipalitet

Jami

1,6 dan kam

10

2

3

15


1,6-3,0

10

2

8

20


3,0-5,5

20

2

8

30


5,5-6,0

20

4

11

35


6,0-10,0

30

4

11

45


10,0-20,0

40

4

11

55


20,0 dan yuqori

50

4

12

76


Izoh: Soliqqa tortiladigan summalardan olinadigan chegirma darajalari, turli soliq imtiyozlari tufayli, barcha guruhlar uchun ko’plab belgilari bilan farqlanadi. Shu sababli guruhlar bo’yicha soliq stavkasi va soliqqa tortiladigan daromad jadvalda ko’rsatilganiga to’g’ri kelishi shart emas.
Daromad solig’i ish haqi, dehqonlar va erkin kasb egalari daromadlari, ko’chmas mulkdan kelgan daromad (ijaraga berish) hamda dividendlar, foizlar, nafaqa va boshqalardan olinadi. Soliqqa tortiladigan daromadlar Yaponiyada 10 toifaga bo’linadi:
1.Pul omonatlari bo’yicha foizlar.
2.Dividendlar.
3.Ko’chmas mulkdan olingan daromad.
4.Tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad.
5.Ish haqi.
6.Pensiya va nafaqalar.
7.Bir martalik daromadlar.
8. Har tomonlama kelgan aralash daromadlar.
9.Kapitaldan olinadigan daromad.
10. Bonuslar.
Bularning ko’pchiligi (foiz va dividendlardan tashqari) soliq to’lashdan ozod etilgan yoki ularga soliq imtiyozlari belgilangan. Bundan tashqari, daromadining kam- ko’pligiga qaramasdan, har bir Yaponiya fuqarosi yashash solig’ini (bir yilda 3200 ien) to’lashi shart. Yaponiya amaliyotiga ko‘ra oddiy yapon soliq to’lovchisi me’yoridan ortiq soliq yukini ko’tarmayaptimi, degan savol tugiladi. Ammo shuni ham inobatga olish kerakki, jismoniy shaxslarni soliqqa tortishda katta imtiyozlar ko’zda tutiladi.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling