Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми


VII bob. Amerika Qo’shma Shtatlari soliq tizimi


Download 1.19 Mb.
bet24/103
Sana02.06.2024
Hajmi1.19 Mb.
#1833788
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   103
Bog'liq
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI

VII bob. Amerika Qo’shma Shtatlari soliq tizimi




7.1. AQSh soliq tizimi tarkibi va tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari.


AQSh soliq tizimining tarkibi va tuzilishining o’ziga xos xususiyati to’g’ri soliqqa tortishning barcha turlari qo’llanilishi bilan aniqlanadi. AQSh soliqqa tortish tizimida soliqlarning asosiy turlari hokimlik vakolatlarining barcha pog’onalari bo’yicha bir xilda qo’llaniladi, ya`ni, aholi 3 ta daromad solig’i, korporatsiyalar 3 ta foyda solig’i, 2 ta mol-mulkdan olinadigan soliq va hokazo tartibda soliq to’laydilar12.
1-jadval
AQSh soliq tizimining tarkibi va tuzilishi





Federal soliqlar





Shtatlar solig’i

Mahalliy soliqlar

1

Daromad solig’i





Daromad solig’i

Daromad solig’i

2

Korporatsiya foydasidan olinadigan soliq



Korporatsiya foydasidan olinadigan soliq

Korporatsiya foydasidan olinadigan soliq

3

Ijtimoiy sug’urta solig’i









4

Aksizlar


Aksizlar


Aksizlar


5

Bojxona boji









6

Meros va hadya solig’i

Meros va hadya solig’i

Meros va hadya solig’i





7




Sotuvdan olinadigan soliq





Sotuvdan olinadigan soliq

8




Mol-mulk solig’i

Mol-mulk solig’i





9




Avtotransport egalaridan olinadigan soliq




10









Ekologiya solig’i





Federal byudjet daromadlarining asosiy qismini aholidan olinadigan daromad solig’i tashkil qiladi. Uning subekti jismoniy shaxslar, yuridik shaxs statusiga ega bo’lmagan yakka tartibdagi korxonalar va sheriklikka asoslangan korxonalar hisoblanadilar.
Shartli ravishda daromadlar hisobi uch bosqichda amalga oshiriladi:

  1. Ish haqi, pensiyalar, alimentlar, qimmatli qog’ozlardan olinadigan daromadlar, mukofotlar, rentalar va royalti, fermer daromadi, ijtimoiy nafaqalar va ishsizlarga to‘lanadigan nafaqalar, stipendiyalar, ko’chmas mulk daromadlari kabilar yalpi daromadni tashkil etadi.

  2. Yalpi daromad ruxsat etilgan xarajatlar va imtiyozlar olib tashlanishi hisobidan qayta ko’rib chiqiladi. Bularga: savdo yoki ishlab chiqarish xarajatlari, sotuvdan yoki qimmatli qog’ozlar almashuvi jarayonlaridan ko’rilgan zararlar, shaxslarning nafaqa badallari, to’langan alimentlar, avans soliq to’lovlari va boshqalar kiradi.

  3. Qayta ko’rib chiqilgan yalpi daromad summasidan tasnif qilingan yoki qat’iy chegirmalar chiqarib tashlanadi. Qolgan summa soliqqa tortiladigan daromad hisoblanadi. Asosiy chegirmalarga quyidagilar kiradi: to’lovchiga qaramog’idagi har bir odam uchun soliqqa tortilmaydigan minimum, qat’iy chegirmalar, 65 yoshdan katta yoshli shaxslar va nogironlar uchun qo’shimcha chegirmalar, malakasini oshirish bilan bog’liq, yangi yashash joyiga ko’chgandagi xarajatlar, xayriya badallari va boshqalar. Ko’rsatilgan chegirmalar qayta ko’rib chiqilgan yalpi daromadning 50 foizdan ko’p bo’lmagan hajmida amalga oshirilishi mumkin, qolgan 50 foiz esa daromadlardan 5 yil davomida olib tashlanadi13.




Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling