Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми


Jismoniy shaxslarning daromad solig’idagi imtiyozlar


Download 1.19 Mb.
bet17/103
Sana02.06.2024
Hajmi1.19 Mb.
#1833788
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   103
Bog'liq
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI

4.2.Jismoniy shaxslarning daromad solig’idagi imtiyozlar


O’rta darajadagi soliq to’lovchi foydalanadigan asosiy soliq imtyozlari «bazaviy imtiyoz»lar (soliq to’lovchi daromadining soliqqa tortilmaydigan minimal qiymati 350000 ienga teng) va xotin yoki er yoki ularning qaramog’ida bo’lgan barcha oila a’zolari uchun beriladigan xuddi shunday imtiyozlardan. Iborat Bundan tashqari, quyidagi daromad turlari: ish haqi, nafaqa, ijtimoiy sug’urta kabi daromad turlari ham maxsus soliq ozodliklariga ega. Yaponiya Moliya vazirligi har bir soliq to’lovchi uchun soliqqa tortiladigan bazani hisoblashda 5 ta imtiyoz va ozodliklarni taqdim etadi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining eng kam miqdorini hisoblash tizimi quyidagi jadvalda berilgan.
2-jadval
Yaponiyada jismoniy shaxslardan daromad solig’i olishning eng kam miqdorini hisoblash tartibi



Soliq to’lovchi

Milliy byudjet

Mahalliy byudjet





Bitta odam uchun

1075 ming ien

1032 ming ien





Er-xotin

1928 ming ien

1738 ming ien





3 ta a‘zosi bo’lgan oila uchun

2484 ming ien

2230 ming ien

4 ta a‘zosi bo’lgan oila uchun

3198 ming ien

2801 ming ien

Daromad solig’ini hisoblash uchun, soliq to’lovchining turli manbalardan olgan daromadlari qo’shiladi va so’ngra daromadning umumiy summasidan turli chegirmalar (ijtimoiy sug’urta badallari, hayotni sug’urta qilish va nafaqa fondi, tibbiy xizmatga ketadigan xarajatlar hamda nogironlar, qariyalar, bevalar uchun maxsus chegirmalar) inobatga olingan holda soliqqa tortilmaydigan eng kam miqdor chegirib qolinadi. Buning natijasida Yaponiyada 4 kishidan iborat bo’lgan oila uchun soliqqa tortilmaydigan eng kam miqdor qiymati AQSh, Germaniya, Angliya, Fransiya kabi mamlakatlarga nisbatan ancha yuqoridir8.
Aniq va xususiy soliqdan ozod etishdan tashqari, ayrim muhim sabablarga ko’ra, turli manbalardan olingan va soliqqa tortiladigan daromadlarga nisbatan ham bir qator maxsus imtiyozlar mavjud:

  1. aholining turli qatlamlari daromadlarini to’g’ri soliqqa tortish maqsadida soliq to’lovchining soliqqa tortiladigan daromadlarini kamaytiradigan maxsus chegirma kiritilgan. Bu chegirma o’z mehnatini sotish yo’li bilan daromad oladigan yollangan ishchi uchungina qo’llaniladi. Chegirma miqdori maxsus aniqlanadigan shaxsiy xarajatlari (personal expenses) miqdoriga teng. Bu chegirmani kiritishdan maqsad, bir tomondan, yollanma mehnat kishilarini, ikkinchi tomondan esa tadbirkorlarni teng soliqqa tortishga erishishdir. Tadbirkorlar o’zlarining shaxsiy xarjatlarining bir qismini «biznes xarajatlari hisobiga», boshqacha aytganda, tannarxga yozib qo’yadi va natijada undan soliq olinmaydi. Ushbu chegirma kiritilgunga qadar yollanma mehnat shaxslari bundan mahrum edilar (bu esa Yaponiya soliq boshqarmasi nuqtai-nazaridan soliqqa tortishning adolat mezonlariga to’g’ri kelmaydi). Shu sababli Yaponiya hukumati va soliq boshqarmasi tadqiqotlar o’tkazib, «adolatsizlik»ga barham berish uchun yollanma mehnatdan daromad oladigan shaxslarning soliq manbai 28,6 %ga kamaytirilishi kerakligini aniqladi. Bu foiz Yaponiyada qonuniylashtirilgan.

  2. Bir qator maxsus yo’riqnomalar soliqqa tortish maqsadlari uchun tijoratdan kelgan daromadlarni ham taqsimlashga imkon berdi. Tushgan foydadan barcha zarur xarajatlar olib tashlangach, qolgan daromad soliqqa tortish ob`ekti bo’lib hisoblanadi. Soliq deklaratsiyasini to’ldirayotgan soliq to’lovchilariga soliqqa tortiladigan daromaddan soliq deklarasiyasini tayyorlash uchun ketgan 100.000 ien miqdoridan katta bo’lmagan qiymatni olib tashlashga ruxsat berilgan. Hozirda bu miqdor 350.000 ienni tashkil qiladi.

  3. Yaponiyada bir xil yillik daromadga ega bo’lgan oila a‘zolari (er-xotin), bir yoki ikki kishi ishlashidan qat‘iy nazar, turli xil daromad solig’i to’laydilar. Zamonaviy Yaponiya soliq tizimi er-xotinning har ikkalasi bir xil daromad olib ishlaydigan oilalarni qo’llab-quvvatlaydi. Shuning uchun faqat bir kishi ishlaydigan oilalar og’ir soliq yukini to’lashga majburdirlar. Jadvalda bir kishi ishlaydigan va ikki kishi ishlaydigan oilalar to’laydigan soliq miqdori ko’rsatilgan.




Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling