Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми


Nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish jamg’armasiga ajratmalar va davlat innovatsion jamg’armasiga yig’imlar


Download 1.19 Mb.
bet66/103
Sana02.06.2024
Hajmi1.19 Mb.
#1833788
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   103
Bog'liq
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI

18.4. Nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish jamg’armasiga ajratmalar va davlat innovatsion jamg’armasiga yig’imlar.


Barcha tashkilotlar, mulkka egalik qilish shaklidan qat’iy nazar Ukraina qonunchiligiga asosan, nogironlarni ish bilan ta’minlash uchun ish joylari yaratishlari kerak. Mahalliy hukumat tashkilotlari bunday ishchi o’rinlarining umumiy ishchilar sonining 4 foizdan kam bo’lmagan miqdorida me’yorlarni belgilaydilar. Agar tashkilotlar belgilangan me’yorlar bo’yicha ishchi o’rinlarini yaratmasalar, ular kasbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirish uchun aytib o’tilgan fondlarga mablag’lar o’tkazishga majburlar. Ajratmalar miqdori nogironlarni ish bilan ta’minlash uchun yaratilmagan har bir ishchi o’rni uchun 1 ta ishchining o’rtacha yillik ish haqi miqdorida belgilangan. Ajratmalar summasi to’lovchining yalpi xarajatlari tarkibiga kirmaydi, ya’ni korxonaning foydasi hisobidan to’lanadi.
Davlat innovatsion fondi yig’imi to’lovchilari bo’lib, shaxsiy mulk shakliga bog’liq bo’lmagan holda, barcha tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari hisoblanadilar. Ushbu yig’im QQS va aksiz yig’imi chegirilgan holda sotilgan mahsulot, (amalga oshirilgan ish, xizmat) qiymatining 1 foizi miqdorida to’lanadi. O’tkazilgan yig’im summasi korxonaning yalpi xarajatlariga kiradi.


Qisqacha xulosalar


Ukrainada ko’pchilik davlat va mahalliy soliqlarning tuzilishi, hisob-kitob va undirish tartibiga ko’ra O‘zbekiston soliq tizimiga o’xshashi bilan birga, o’ziga xos soliqlar ham mavjud. Kommunal soliq bunga misol bo’la oladi. Kommunal soliq to’lovchilari bo’lib, byudjet tashkilotlari, qishloq xo’jalik va rejali dotatsiyali korxonalardan tashqari barcha yuridik shaxslar hisoblanadilar. Soliqning chegaraviy miqdori yillik ish haqi fondining 10 % miqdorida belgilangan.

Nazorat va muhokama uchun savollar


1. Ukraina soliq tizimi qanday tuzilgan?
2. Qo’shilgan qiymat solig’idagi o’ziga xoslik nimadan iborat?
3. Tamg’a yig’imi va resurs to’lovlari deganda nimani tushunasiz?
4. Ijara to’lovi va yer joylari solig’ini to’lash tartibi qanday?
5. Suv resurslaridan foydalanganligi uchun olinadigan to’lovlar qanday amalga oshiriladi?
6. Chet elga chiqish uchun chegara oldi viloyat hududlaridan avtotransportda o’tganligi uchun yig’im qanday amalga oshiriladi?
7. Bozor yig’imi qanday yig’im?
8. Mehmonxona yig’imlarini yi g’ish qanday amalga oshiriladi?
9. Nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish jamg’armasiga ajratmalar va davlat innovatsion jam g’armasiga yig’imlar to’g’risida tushuncha bering.
10.Ukraina va Ozbekiston soliq tizimidagi farqlar va o`xshashliklar nimalardan iborat?

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling