Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми


XVI bob. Rossiya Federatsiyasining soliq tizimi


Download 1.19 Mb.
bet55/103
Sana02.06.2024
Hajmi1.19 Mb.
#1833788
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103
Bog'liq
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI

XVI bob. Rossiya Federatsiyasining soliq tizimi




16.1. Rossiya soliq tizimi tuzilishi tamoyillari.


Rossiya Federatsiyasining 1991 yil 27 dekabrdagi 2118-1 sonli «Rossiya Federatsiyasining asosiy soliq tizimi to’g’risida»gi qonunida soliq to’g’risida quyidagi tushuncha beriladi: «Soliq, pul yig’imi, boj va boshqa to’lovlar bo’yicha muvofiq darajada byudjetga yoki byudjetdan tashqari fondlarga soliq to’lovchilar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartib va shartlarda amalga oshiriladigan majburiy badallarga tushuniladi». Shu qonunda soliq tizimining ham tushunchasi beriladi: «Belgilangan tartibda undiriladigan soliqlar, pul yig’imi, boj va boshqa to’lovlarning yig’indisi soliq tizimini tashkil qiladi». Qonun shuningdek, soliq to’lovchilar doirasini aniqlaydi: «Soliq to’lovchilar bu qonun hujjatlariga asosan soliq to’lash majburiyatlari yuklangan yuridik shaxslar, boshqa toifadagi soliq to’lovchilar va jismoniy shaxslardir».
Bularga qo’shimcha tarzda, soliqqa tortish ob’ektlarini, qonunga muvofiq soliqlar bo’yicha imtiyozlarni alohida ko’rsatish zarur. «Qonuniy hujjatlar bilan belgilangan daromad (foyda), ba’zi mollarning narxlari, soliq to’lovchilarning ba’zi faoliyat turlari, qimmatbaho qog’ozlar bilan operatsiyalar, tabiiy zahiralardan foydalanish, huquqiy va jismoniy shaxslarning mulklari, mulklarni boshqa shaxsga berish, mahsulot va xizmatlarning va boshqa ob’ektlarning qiymatiga qo’shimcha soliq soliqqa tortish ob’ektlaridir».
Qonuniy hujjatlar bilan belgilangan tartib va shartlarda soliqlar bo’yicha quyidagi imtiyozlar belgilanishi mumkin:
-soliqqa tortilmaydigan soliq ob’ektining minimumi;
-soliq ob’ektining alohida elementlari soliqqa tortilishdan olinishi;
-ayrim shaxslar yoki ayrim toifadagi soliq to’lovchilar soliq to’lovlaridan ozod etilishi;
- soliq stavkalarining kamaytirilishi;
-soliq, soliq to’lovining maoshidan (hisob davri uchun) chiqarilishi;
-maqsadli soliq imtiyozlari, shu jumladan soliq kreditlari (soliqqa tortish muddatlarining surilishi);
-boshqa soliq imtiyozlari.
Rossiyada soliq tizimi idoraviy tegishliligi, mulkchilik turlari va korxonaning tashkiliy-xo’jalik turidan qat’iy nazar barcha tadbirkorlar va korxonalar uchun yagona tamoyillar asosida tashkil topadi. Asosiy tamoyillar quyidagilardir:
-soliqqa tortishning bir maromda keskinligi;
-soliqqa tortishning bir martaligi, ikki marta soliqqa tortishga yo’l qo’yilmasligi;
-barqarorlik, egiluvchanlik (o’zgaruvchanlik), soddalilik, qulaylilik (tushunarlilik), aniqlilik;
-oldindan stavkalarni, soliq miqdorini, hisoblash va to’lash tartibini belgilash.
Soliq tizimini Rossiya davlat boshqaruvi markaziy tashkilotlariga kiruvchi, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti va hukumatiga bo’ysinuvchi va vazir darajasidagi rahbar tomonidan boshqariluvchi Rossiya davlat soliq xizmati boshqaradi. Rossiya davlat soliq xizmatining bosh vazifalaridan biri soliq to’g’risidagi qonuniyatlarga rioya qilinish, ularning to’g’ri hisoblanishi, tegishli byudjetlarga qonuniyat bilan belgilangan davlat soliqlari va boshqa to’lovlarning to’la va o’z vaqtida to’lanishi ustidan nazorat qilishdir.
1992 yildan bu mamlakatda yangi soliq tizimi amal qilmoqda. Uning tuzilishining asasiy tashkilotlarini 28.12.91 y. «RF dagi soliq tizimi asoslari to’g’riida»gi qonun belgiladi (01.01.92 y. dan joriy qilingan). U byudjet tizimiga keluvchi soliqlar, pul yig’imlari, bojlar va boshqa to’lovlar ro’yxatini belgiladi, shuningdek soliq to’lovchilar, ularning huquqlari va majburiyatlari hamda soliq idoralari, ularning huquqlari va majburiyatlarini aniqlaydi. Soliqlar, pul yig’imlari, bojlar va boshqa to’lovlar, shuningdek soliq to’lovchilarga imtiyozlarni belgilash yoki bekor qilish hukumatning yuqori huquqiy tashkilotlari tomonidan va yuqorida ko’rsatilgan qonunga muvofiq amalga oshiriladi.



Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling