Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми


Mahalliy soliqlar va yig’imlar


Download 1.19 Mb.
bet57/103
Sana02.06.2024
Hajmi1.19 Mb.
#1833788
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   103
Bog'liq
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI

16.3. Mahalliy soliqlar va yig’imlar.


Mahalliy soliqlarga quyidagilar kiradi:

  1. jismoniy shaxslardan mulk solig’i. Soliqlar bo’yicha to’lovlar summasi soliq ob’ektining turar (ro’yxatga olingan) joyida mahalliy byudjetga kiritiladi;

  2. yer solig’i. Bu soliq bo’yicha tushumlarni tegishli byudjetga kiritish yer to’g’risidagi qonuniyat bo’yicha belgilanadi;

  3. tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslardan ro’yxatga olish to’lovlari, yig’im summasi ularning ro’yxatga olinish joylaridagi byudjetga kiritiladi;

  4. kurort joylarida ishlab chiqarishga mo’ljallangan ob’ektlarning qurilishiga soliq;

  5. kurort uchun pul yig’imlari;

  6. savdo huquqi uchun pul yig’imlari: pul yig’imlari hokimiyatning tuman, shahar, jamoat, qishloq ijroiya tashkilotlari tomonidan belgilanadi. Pul yig’imlari bir martalik talon yoki vaqtinchalik patent olish yo’li bilan to’lanadi va tegishli byudjetga butunlay to’lanadi;

  7. fuqarolardan va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’iy nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlardan militsiyani saqlab turish, hududlarni obodonlashtirish va boshqa maqsadlarda olinuvchi maqsadli pul yig’imlari. Stavkalar davlat hokimiyatlarining tegishli tashkilotlari tomonidan belgilanadi. Bunda jismoniy va yuridik shaxslardan olinuvchi pul yig’imlarining yillik stavkalari aniq chegaralanishga ega bo’ladi;

  8. reklamaga soliq: o’z mahsulotlarini reklama xizmatlari narxining 5 foizidan oshmaydigan stavka bo’yicha reklama qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar to’laydi;

  9. avtomobil, hisoblash mashinalari va shaxsiy kompyuterlarni olib sotish solig’i;

  10. it egalaridan pul yig’ini. Shaharlarda iti bor (xizmat itlaridan tashqari) jismoniy shaxslardan qonuniyat bilan belgilangan eng kam oylik maoshning 1|7 hissasidan ko’p bo’lmagan miqdorda pul yig’iladi;

  11. vino-aroq mahsulotlari bilan savdo qilish uchun lisenziya pul yig’imi. Aholiga vino-aroq mahsulotlarini sotuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan mablag’lar yig’iladi;

  12. mahalliy auksion va lotoreya o’yinlari o’tkazish huquqi uchun litsenziya pul yig’imi. Bularning tashkilotchilaridan auksionga qo’yilgan tovaring narxi yoki chiqarilgan lotoreya biletlarining summasining 10 foizidan oshmaydigan miqdorda pul yig’iladi;

  13. kvartiraga order berish uchun pul yig’imlari. Pul yig’imlari jismoniy shaxslar alohida kvartira olgan vaqtda turar joyning umumiy maydoni va sifatidan kelib chiqqan holda qonuniyat bilan belgilangan eng kam oylik maoshning 3|4 hissasidan ko’p bo’lmagan miqdorda pul yig’iladi;

  14. avtotransportni maxsus joyga qo’yish uchun pul yig’imlari. Pul yig’imlarini jismoniy va yuridik shaxslar avtomashinalarni maxsus jihozlangan joylarga qo’yish uchun mahalliy hokimiyatlar tomonidan belgilangan miqdorlarda to’laydilar;

  15. mahalliy timsollardan foydalanish huquqi uchun pul yig’imlari. Mahsulotlarida mahalliy timsollar (tamg’a, shahar ko’rinishlari va boshqalar) qo’llanuvchi ishlab chiqaruvchilar sotiluvchi mahsulotlar narxining 0,5 foizidan oshmaydigan miqdorda pul to’laydilar;

  16. otchoparlarda ishtirok etish uchun pul yig’imlari. O’z otlarini tijorat maqsadlarida o’tkaziladigan musobaqalarda qatnashtiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar, mahalliy hokimiyatlar tomonidan belgilangan miqdorlarda pul yig’imlarini to’laydilar;

  17. poygada yutuq uchun pul yig’imlari. Pul yig’imlarini otchopar poyga o’yinida yutuq olgan shaxslar yutuq summasining 5 foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda to’laydilar;

  18. otchoparda poyga o’yinida ishtirok etuchilardan pul yig’imi. Pul yig’imlari o’yinda ishtirok etish uchun belgilangan to’lovga foizli ustama ko’rinishida to’lov summasining 5 foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda to’lanadi;

  19. birjalarda amalga oshiriladigan oldi-sotdi uchun pul yig’imlari, qimmatbaho qog’ozlar bilan jarayonlar to’g’risidagi hujjatlarda ko’zda tutilgan oldi-sotdilar bundan istisno. Pul yig’imlarini, oldi-sotdi summasining 0,1foizi miqdorida,oldi-sotdi ishtirokchilari kiritadilar;

  20. kino va telesuratga tushirish uchun pul yi g’inlari. Pul yi g’inlarini mahalliy boshqaruv organlaridan tashkiliy tadbirlarni talab etiluvchi suratga tushiruvchi tijorat kino va teletashkilotlar mahalliy hokimiyatlar tomonidan belgilangan miqdorlarda to’laydilar;

  21. aholi joylashgan hududlarni tozalash uchun pul yig’imlari. Pul yig’imlarini mahalliy hokimiyatlar belgilagan miqdorlarda yuridik va jismoniy shaxslar to’laydilar;

  22. turar joy fondi va ijtimoiy-madaniy sohadagi ob’ektlarni saqlash solig’i.

Mahalliy soliqlarning ko’pchiligi RF qonun hujjatlari bilan belgilanadi va uning barcha hududlarida olinadi. Soliqlarning aniq stavkalari respublikalarning qonun hujjatlari yoki o’lkalar, viloyatlar va tumanlarning davlat hukumat tashkilotlarining qarorlari bilan belgilanadi. Mahalliy soliqlarning ayrimlari hududiy va shahar hokimiyati tashkilotlari tomonidan belgilanishi mumkin va mahalliy byudjetlarga kiritiladi25.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling