Tasavvuf adabiyotida komil inson tushunchasi
www.scientificprogress.uz
Download 432,88 Kb. Pdf ko'rish
|
tasavvuf-adabiyotida-komil-inson-tushunchasi
www.scientificprogress.uz
Page 313 bilan bog‘liq holda olib qaraladi. Natijada biz Aziziddin ta’riflarida aynan hayotiy odamga xos belgilar, axloqiy sifatlarni ham ko‘ramiz. Yana shuni ham aytish kerakki, Nasafiy islomdagi bir nechta ilmning isnonga bo‘lgan qarashlari va munosabatini chog‘ishtiradi, insonni kayhoniy vujud sifatida ham, er maxluqoti sifatida ham tahqiq va tadqiq etadi. Nasafiyda komil inson ruh tushunchasi bilan zich aloqada tekshiriladi.Inson martabalari ruh martabalari sifatida olib qaraladi. Shu uchun umumiy tushunchlardan aniq tushunchalarga o‘tib turish bor. Buning sabablaridan yana biri Aziziddin Nasafiyning kamolotni uruj (ko‘tarilish) va nuzul (tushish) nazariyasi asosida tushunishidir. Bu nazariya o‘z navbatida ulug‘ olam va kichik olam tushunchalari bilan bog‘lanib ketadi. Chunki Nasafiy Ibn Arabiyga qo‘shilib, insonni olami sag‘ir (kichik olam), ilohiy olam va moddiy olamni birgalikda olami kabir (ulug‘ olam) deb ataydi. – Ulug‘ olamdagi jamiki narsa va xususiyatlar kichik olamda mavjud, deydi u. Shu tariqa inson yuqori olamolami kabirning kichraytirilgan nusxasi bo‘lib hisoblanadi. .[1] Aziziddin Nasafiy komil insonga ta’rif berib yozadi: «Bilgilki, Komil inson deb shariat va tariqat va haqiqatda yetuk bo‘lgan odamga aytadilar va agar bu iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson shunday insondirkim, unda quyidagi to‘rt narsa kamolga etgan bo‘lsin: yaxshi fe’l, yaxshi axloq va maorif».Nasafiy sanagan sifatlarning dastlabki uchtasi, ya’ni yaxshi so‘z, yaxshi fe’l, yaxshi xulq Zardusht kitobi «Avesto»dan olingandir («Guftori nek, kirdori nek, raftori nek»). Bu sifatlar bilan ziynatlangan odam yolg‘on, riyo va badkirdorlikdan chekinadi, hamma vaqt ezgu niyat bilan ezgu ishlarga tayyor turadi. Aziziddin Nasafiy yaxshi axloq haqidagi Zardusht so‘zi yoniga «maorif», ya’ni tasavvufiy poklanish talabini qo‘shib qo‘ygan. Uning fikricha, tariqat yo‘liga kirgan soliklar vazifamaqsadi ushbu to‘rt fazilatni egallashdir. Kimki «o‘zida shu sifatlarni kamol toptirsa, u kamolga erishadi»..[1] Nasafiyning mazkur ta’rifidan ikkita xulosa kelib chiqadi. Biri shuki, olim nazarida komil inson hayotdan taqari bo‘lgan allaqanday mavhum zot emas, balki real odamdir. Yaxshi sifatlarni egallab borgan odam shunday martabaga ko‘tarila oladi. Ikkinchi xulosa shuki, Nasafiyga ko‘ra, komil inson martabasi tariqat va riyozat yo‘li bilan qo‘lga kiradigan yuksak martabadir. Komil inson haqida yuqorida bayon etilgan fikrlarni o‘zaro jamlasak, quiydagi xulosalar kelib chiqadi: Komil inson – insonlarning eng mukammali, eng oqili va eng donosi. Komil inson Iloh bilan odamlar orasidagi vositachi, ilohiy amr, g‘ayb asrorini oddiy odamlarga etkazuvchi ulug‘ homiydir. Komil inson martabada Aqli kull (Aqli avval)ga teng. Alloh avval Aqli kullni, ya’ni Komil insonni yaratdi, keyin u tufayli boshqa maxluqotlar yaratildi. Komil inson ruhi azaldan ma’lum, u Tangri taolo yaratgan eng qudratli ruhdir. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 ǀ ISSUE 2 ǀ 2023 ISSN: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan Download 432,88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling