Tasavvuf adabiyotida komil inson tushunchasi
Download 432.88 Kb. Pdf ko'rish
|
tasavvuf-adabiyotida-komil-inson-tushunchasi
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 ǀ ISSUE 2 ǀ 2023 ISSN: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 310 TASAVVUF ADABIYOTIDA KOMIL INSON TUSHUNCHASI Cho‘lponoy Abdulvohidovna Mo‘minova Andijon mashinasozlik instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi assistenti cholponoym@gmail.com ANNOTATSIYA Ushbu maqolada tasavvuf adabiyotida komil inson tushunchasi haqida atroflicha ma’lumot berilgan.Maqolani o‘qish jarayonida o‘quvchi tasavvuf haqida, uning adabiyotdai o‘rni haqida axborotlar oladi.Komil inson qanday sifatlarga ega bo‘lishi kerakligi haqidagi savollarga javob topadi. Kalit so‘zlar: Tasavvuf, komil inson, adabiyot, tabiat, salbiy, fazilat, nafs, nafsi ammora, riyokor, so‘fiy, anbiyo. Tasavvuf – inson kamoloti, axloqiy poklanish haqidagi ilm demakdir. Bu tushuncha komil inson kontseptsiyasida aniq ko‘zga tashlanadi. Inson uchun qayg‘urish, uning ma’naviy kamolotini o‘ylash tasavvufning doimiy o‘zak masalasi bo‘lib kelgan. Ayniqsa, insonning botiniy olami, ichki ziddiyatlari, ruh va jism orasidagi kurash so‘fiylarni ko‘p qiziqtirgan. Ular insonda azaliy ikki qarama-qarshi kuch - rahmoniy va shaytoniy quvvatlar borligini, inson Allohning bandasi sifatida shayton qutqusini yengib, rahmoniy fazilatlarga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydilar. Insonning hayotdagi o‘rni, jamiyat bo‘lib yashash tartiblariga ham shu mavqedan turib qaralgan; chunonchi, ijtimoiy nizolar, urush-janjallar, mulkiy tengsizlikning tub mohiyati, bosh sababini ham tasavvuf inson tabiati va siyratidan qidiradi, insonning axloqini tuzatishni uning tabiatidagi salbiy, hayvoniy kuchlarni mavh etishdan boshlash kerak, deb tushuntiradi. Tasavvufchilar inson tabiatidagi salbiy kuchlarni umumiy nom bilan «nafs» yoki «nafsi ammora» deb atadilar va unga qarshi urush e’lon qildilar. Mol-dunyo to‘plash, nafs ehtiyojiga qarab yurish, hirsu havas qat’iy qoralandi, insonni (demakki, insoniyatni ham) noqislik va falokatlardan qutqarishning birdan-bir to‘g‘ri yo‘li – nafsni o‘ldirib, qanoat bilan halol yashash, ruh – irodani chiniqtira borib, insonda insoniylikni, ya’ni ilohiylikni tantana ettirish zarur, deb targ‘ib qilindi.Ushbu fikrlar ulug‘ shayxlarning «tasavvuf» tushunchasiga bergan ta’rif-izohlarida aniq ifodalangan.[2] «Tasavvuf nima?» degan savolga Shayx Nuriy javob berib aytadi: «Tasavvuf – nafs lazzatlaridan voz kechishdir». Yoki Shayx Safiy Alimshoh javobi bunday: «Tasavvuf – nafs manzillarini bosib o‘tishdir». Shayx Ravim so‘zi: «Tasavvuf – Xudo yo‘lida nafsdan kechmoqdir. Nafs xudbinlikni, o‘zim bo‘lay falsafasini tug‘diradi. Nafs domiga tushgandan keyin, kishi hech narsadan tap toptmaydi, xarom-xarishdan hazar emay, boshqalar SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 ǀ ISSUE 2 ǀ 2023 ISSN: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan Download 432.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling