Tasavvuf adabiyotida komil inson tushunchasi


www.scientificprogress.uz


Download 432.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana08.05.2023
Hajmi432.88 Kb.
#1444156
1   2   3   4   5
Bog'liq
tasavvuf-adabiyotida-komil-inson-tushunchasi

www.scientificprogress.uz
 
Page 314
Komil inson shu sifatlari bilan mutloq ilohiy xislatlarni jamlagan kayhoniy 
mavjudlikdir, u agar oddiy inson suratida k o‘rinsa ham, lekin ma’nan koinotni 
qamrab olgan hamisha bedor va hamma narsadan xabardor bir zotdir.Shu martabada u 
Allohning xalifasi bo‘la oladi. 
Komil inson insonlar jamiyati ichidan yetishib chiqadigan mo‘’tabar zotdir. U 
azaldan martabasi aniq bo‘lgan ruh emas, balki axloqiy-ma’naviy poklanish jarayonida 
kamolga erishgandir. 
Shu uchun har bir pok axloqli, ilohsevar shaxs komillikka intilishi va bu yo‘lda nasiba 
olishi mumkin. 
Komillikning oliy belgisi Haq yo‘lidan borib xalqqa foyda keltirishdir. Kishi o‘z 
so‘zi, amaliy ishlari, niyati bilan qanchalik odamlarga naf’ keltirsa, yomonlarni tuz 
yo‘lga solsa, Haq y o‘lida fido bo‘lsa, u shuncha komildir.[2] 
Ushbu qarashlar garchi bir-biriga zid bo‘lib tuyulsa-da aslida mohiyatiga ko‘ra 
bir-biriga yaqindir. Ya’ni bu erda insonning kamoloti, buyukligini tan olish, inson va 
Koinot, inson va Iloh, inson va Mavjudotni o‘zaro vobasta, aloqador deb hisoblash 
bor. Qarashlar orasidagi farq esa shundan iboratki, ahli shariat tushunchasiga ko‘ra, 
insonning qobiliyati va mayllari azaldan ma’lum, ya’ni Alloh taolo taqdiri azaldan 
belgilab qo‘ygan. Payg‘ambarlar, avliyolar, donishmandlar ruhi boshidanoq yuqori 
olamda ma’lum edi, bu ruhlarning martabalari avvaldan belgilangan edi, deydi shariat 
ahli. 
Ammo hikmat ahli (faylasuflar) va tasavuf ahli fikriga ko‘ra, insonga faoliyat 
uchun inon-ixtiyor berilgan, u harakat qilib, komillik asb etishi, niyatlariga etishi 
mumkin. Shayx Aziziddin Nasafiy «Zubdatul haqoyiq» (Haqiqatlar qaymog‘i) nomli 
risolasida yozadi: «Odamlarning so‘zlari va faoliyati uchun oldindan belgilangan
o‘lchovlar yo‘q. Bilim va boylikka ega bo‘lish odamning say’-harakatiga bog‘liq: odam 
qancha ko‘p g‘ayrat qilsa, shuncha bilmi va mol-mulki ortadi». 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Hamidulla Boltaboyev.”Tasavvuf- s o‘fiylik ta’limoti” 
2. N.Komilov. “Tasavvuf “ T.: “Yozuvchi” 1996 -y 
3. Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “ Tasavvuf haqida tasavvur” T.: 
“Movarounnahr” 2004- y 

Download 432.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling