«тасдиқлайман» Кафедра мудири проф. Назаров А. А


"Tergovchining avariya Ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qarori" ni tayyorlash


Download 0.52 Mb.
bet4/7
Sana01.04.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1316433
1   2   3   4   5   6   7
3 "Tergovchining avariya Ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qarori" ni tayyorlash
Ekspertizani tayinlash toʼgʼrisidagi qaror uchta qismdan – kirish, tasviriy va rezolyutiv (yakuniy) qismlardan tashkil topadi.
Kirish qismida ekspertizani oʼtkazish uchun asos, qaror tuzilgan sana va joy, ekspertizani tayinlagan tashkilotning nomi yoki tayinlagan shaxsning familiyasi va mansabi, ishning raqami, gumondorning familiyasi va ismi-sharifi koʼrsatiladi.
Tasviriy qismda YTH ning fabulasi ifodalanadi va ekspertizaning obʼektlari bilan bogʼlanadigan holatlar tavsiflanadi. Аvtotexnik ekspertiza uchun yoʼl-transport hodisasining mexanizmini qayta tiklash uchun zarur boʼladigan texnik maʼlumotlar ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi:
– YTH joyining koordinatalari va YTH sodir boʼlgan vaqt;
– yurish qismi va uning holatining tavsifi (qoplamaning kengligi, tipi va holati, boʼylama va koʼndalang qiyaliklarning kattaligi, dumaloqliklarning borligi, ularning radiuslari va uzunliklari, yoʼl chekkalari va trotuarlarning kengligi va holati);
– transport vositasining tipi va holati, YTH momentida uning yuklanganligi;
– transport vositalari va piyodalarning harakat tezliklari (agar uoar aniqlangan boʼlsa);
– tormoz izlari yoki gʼildiraklarning chayqalish izlarining uzunligi va xarakteri;
– yurish qismida transport vositalari va boshqa obʼektlar va predmetlarning (shisha siniqlari, toʼkilgan iflosliklar, avtomobillarning detallari, jabrlanuvchilarning shaxsiy buyumlari) joylashuvi;
– yoʼl-transport hodisasi momentida haydovchining joyidan yoʼlning koʼrinuvchanligi.
Qarorda haydovchi shoshilinch tormozlashni qoʼllagan-qoʼllamaganligi, agar qoʼllagan boʼlsa, u holda zarba joyigacha va undan keyin transport vositasi tormozlangan holda qancha joyga koʼchganligi koʼrsatilishi lozim. Shuningdek piyoda transport vositasining qaysi qismi bilan urib yuborilganligi (yoki boshqa transport vositasiga, qoʼzgʼalmas toʼsiqqa qaysi qism bilan zarba berilganligi) koʼrsatilishi lozim.
Ekspertizani oʼtkazishda qarorda sanab oʼtilgan barcha maʼlumotlar ham talab qilinavermasligi mumkin, shu sababli ekspert ularning bir qismidan foydalanmasligi mumkin. Boshqa tomonlama esa, tadqiq qilish davomida keltirilgan roʼyxat bilan qamrab olinmagan maʼlumotlar talab qilinishi mumkin. Shu sababli boshlangʼich maʼlumotlarning hajmi va mazmuni har bir konkret holatda YTH ning konkret holatlari va ekspertlik tadqiqotlarining maqsadlariga bogʼliq ravishda belgilanadi.
Qarorning tasviriy qismining oxirida Oʼzbekiston Respublikasi JPK ning tergovchi yoki surishtiruvchi ekspertizani tayinlash paytida ularga tayangan moddalari sanab oʼtiladi.
Qarorning rezolyutiv qismida tayinlanadigan ekspertizaning turi, uni oʼtkazish topshirilgan muassasa yoki shaxs koʼrsatiladi, ekspertning oldiga qoʼyilgan masalalar sanab oʼtiladi, tadqiq qilishga yuborilgan obʼektlar va materiallar tasvirlab beriladi. Surishtiruvchi, tergovchining ekspertiza tayinlash toʼgʼrisidagi qarori u yoʼllangan va bu ularning vakolatiga kiradigan shaxslar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan ijro qilish uchun majburiy boʼlib hisoblanadi. Tergovchi va surishtiruvchi ekspertizani oʼtkazishda ishtirok etish huquqiga ega (Oʼzbekiston Respublikasi JPK ning 227-moddasi).
Ekspertlik tadqiqotining toʼliqligi va natijaviyligi katta darajada ekspertning oldiga hal qilish uchun qoʼyilgan masalalarning doirasi va ularni ifodalashning aniqligi bilan belgilanadi. Bu masalalarning soni va mazmuni oʼta turli-tuman boʼlishi va ular tadqiq qilinadigan YTH ning oʼta turli jihatlarini qamrab olishi mumkin. Masalan, koʼpincha transport vositasining tormozlashdan oldingi va piyodani urib yuborgan momentdagi yoki toʼqnashgan momentdagi tezligi boʼyicha savollar vujudga keladi.
Аgar transport vositasida qandaydir bir nosozlik aniqlangan boʼlsa, u holda ekspert uning vujudga kelgan vaqtini aniqlashi va bu nosozlik tadqiq qilinayotgan YTH ning natijasi boʼlib hisoblanishi mumkinmi va berilgan nosozlik YTH jarayoni va natijalariga qanday taʼsir koʼrsatgan boʼlishi mumkin degan savollarga javob berishi lozim boʼladi.
“Tasdiqlayman”
Toshkent shaxar IIBB YHXB Yo’l
transport xodisasi bilan bog’liq
ishlarni yuritish bo’lim boshlig’i
podpolkovnik________________
“__”____________2022

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling