Ilm ibodatdan afzaldir taqvo dinning ustunidir. Ilm talab qilishlik har bir musulmon uchun farzdir. Ilm tolibi uchun hamma narsa, hatto dengizdagi baliqlar ham istehfor aytishadi.
Siz aziz o‘quvchilarga Tursunoy Sodiqovaning “Yashash tilsimi”, Deyl Karnegining “Qanday qilib do‘st orttirmoq va odamlarga ta’sir ko‘rsatmoq kerak”, “Bezovtalikdan xalos bo‘lish va yangi hayot boshlash sirlari”, asarlari, Kaykovusning “Qobusnoma”, turli atoqli shoir va shoiralarimizni she’riy to‘plamlarini hayotga teranroq nigoh bilan qarashingizni shakllantirish maqsadida mutolaa qilishni tavsiya qilar edik. O‘tkir Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” asarida adibning hayot haqidagi o‘ylari, kuzatuvlari o‘rin olgan. Ushbu asarda hozirgi jamiyatimizda kishilarning kitobga nisbatan bo‘lgan salbiy munosabatiga quyidagi fikr bildirilgan:
Tarix takrorlanib turadi, degan gap bor. Insoniyat ibtidoiy jamoaga qaytishi mumkin. Buning ilk belgilari hozirdan ko‘rinayapdi: kitob o‘qiydiganlar kamayib borayapdi. (O’tkir Hoshimov)
Bilib darsingiz aylab azbar o‘qing,
O‘qinglar, o‘qinglar, o‘qinglar, o‘qing.
Havou havaslarni aylab raho,
Saboqlarni takror eting borho.
Hayal aylamanglar, o‘qung muttasil,
O‘tar ko‘z ochub - ochguncha oy-yu yil.
(O‘zbek shoiri Roqim)
“TASDIQLAYMAN”
Yoshlar bilan ishlash bo’yicha
direktor o’rinbosari:
____________________ F.Nizomova
№ 18 MA’NAVIY- MA’RIFIY SOAT REJASI
MAVZU: “Vatanni sevmoq iymondandur”
SANA: ______________
GURUH: ____________
MASHG’ULOT TURI: Nazariy - Amaliy
MASHG’ULOTNING MAQSADI: O’quvchilarda Vatan tushunchasi, vatanga muhabbat tuyg’uari bilan boyitish.
FANLARARO BOG’LANISH: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganish, O’zbekiston tarix, milliy istiqlol g’oyasi, Yoshlarni chaqiriqqa tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |