Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар
Download 2.58 Mb.
|
I-kurs ma\'naviyat soati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayol fidoyilikni tushunibgina qolmay, o‘zini fido qilishni ham biladi.
- Jannat onalar oyoqlari ostidadir.
- Biz hamisha qarzdor bo‘lgan eng ulug‘ zot onadir”.
Ayol hech qachon til kelib mehr so‘ramaydi, meni ayang demaydi. So‘ramagani uchun ham asraylik. Uning tomirida ertangi millat yetilayotir, jon – jahdimiz bilan uni avaylaylik.
O‘z oilasida baxtiyor oddiy odam yakka - yolg‘iz yashovchi dahodan ko‘ra saodatliroqdir. Buyuk rus yozuvchisi Turgenev taraqqiy etgan butun jahonda tan olingandi. Shunga qaramasdan, u agar dunyoda tushlikka kechikkanidan tashvishlanadigan bir ayol yonida bo‘lganida, butun iste’dodidan va barcha asarlaridan voz kechishga tayyor ekan. 44 Ayol fidoyilikni tushunibgina qolmay, o‘zini fido qilishni ham biladi. I. S. Turgenev Turgenev ayollardagi fidoylikni qadrlagani yuqoridagi so‘zlarda ayon bo‘lib turibdi. Ayolni ko‘p va xo‘b ta’rifladik, hurmatini o‘rniga qo‘yish borasida esa uning uchun muhim bo‘lganlarni yaxshi bilmoq lozim. Ayollar uchun nima muhim? Erkaklarning ayrimlarida shunday fikr bor: “Guldan ko‘ra ro‘zg‘orga kerakli biron buyum (choynak-piyola, idish tovoq, oshxona buyumlari va h. k ) sovg‘a qilib, ro‘zg‘or kamini to‘ldirib, hamda ayolning ko‘nglini olishni niyat qilishadi. Bu to‘g‘ri emas aslida! Buyuk psixolog Deyl Karnegi “Ayol kishi uchun gullar ancha muhimligini aniqlagan. “Necha zamonlardan beri gullar – muhabbat ramzi hisoblangan. O‘rta daromadli er o‘z uyiga sariq nargis guldastani onda-sonda keltirishini hisobga olinsa, ularni orxideyadek qimmat yoki alp chuqillarida o‘sadigan eldiveysday noyob ko‘rinadi. Nega, endi gul taqdim etish uchun xotiningiz kasalxonaga tushishini kutishingiz kerak? Nega, ertaga yoq unga atirgullardan keltirmaysiz? Tajriba qilib ko‘ring, nima bo‘lishini ko‘rasiz.”45 Ayollar uchun yana nima muhim? Ayollar ayrim sanalarga- tug‘ilgan kunlarga hamda turli yilliklarga katta e’tibor qiladilar, nega shunday, bu- ayollarning sirlaridan biri bo‘lib abadiy qolsa kerak. Inson ko‘pgina sanalarni yodda saqlamasdan butun umrini yashab o‘tishi mumkin, ammo ulardan ayrimlarini: o‘z xotiningiz tug‘ilgan kunini va to‘yingiz bo‘lgan kunni albatta esda saqlash lozim46 Mana sizlarga gul sovg‘a etish uchun qulay fursat! Onangiz, opangiz, singlingiz xullas yaqin ayolingiz muhim deb tan olgan sanalarni aniqlab o‘sha fursatlarda gul, sovg‘a bersangiz, o‘z samimiy tilaklaringizni bildirsangiz bo‘lgani olam guliston. Ayollar muhim deb bilgan sanalarni ularni xotirasida uzoq saqlanadigan darajada qiziqarli qilib o‘tkazishga harakat qilmoq lozim. Ayollarning eshitadigan musiqasiga ko‘ra kayfiyatini bilish mumkinmi? Ayollarning eshitayotgan musiqa turi va kuyiga ko‘ra hissiy-emotsional holatini aytib berish oson. Ko‘tarinki kayfiyatda sho‘x estrada musiqa turlarini baland ovozda eshitish istagi paydo bo‘lsa, tushkunlikka tushganda, kayfiyati yomon bo‘lganda ayol lirik ko‘ylarni, hayot haqidagi falsafiy fikrlarni yuzaga keltiruvchi, insonni hissiy yupatuvchi, qalbni silovchi, kishiga hamdardlik qilishga xizmat qiluvchi lirik ko‘ylar past yoki o‘rta me’yordagi ovozda eshitiladi. Umuman ayollarimizning (bu biz erkaklarning baxti) erkaklardan farqli ravishda aksariyat holda o‘z hissiy holatlarini yashira olmaydilar. Bu ularning salomatligi uchun ham foydalidir. Yuqoridagilardan erkaklar tegishli xulosa chiqarmog‘i lozim, deb hisoblaymiz. Ayol qalbining torlari, qalbidagi musiqa turi bizlarga, ularga qay darajada diqqat-etiborliligimizga, og‘irini yengil qilishimizga, ularni naqadar go‘zal, nafis, aqlli, g‘amxo‘r, pazanda, mehrli ekanligini o‘zlariga eslatib turishimizga bog‘liqligini bilgan holda ularning hayotida faqat ko‘ngliga mos musiqa yangrashini ta’minlashimiz kerak.47 Qalbida otashi yo‘q ayolning o‘zi yo‘q, unga faqat yoqa bilish qudratiga ega bo‘lmagan erkaklar bor.48 Jannat onalar oyoqlari ostidadir. Ona mingta joni bo‘lsa, mingta jonini hammasini bolasi uchun bera oladi. Dimog`ingni onangning ko`ksiga bosgan zahoting butun jismi-joning to`yadi. U bir jilmaysa, ukang yupanadi, otang shashtidan tushadi. Uning hilm bir imosi, shikastagina daldasi bilan uydagi hamma ishlar yurishib ketadi.49 Ona – farzandlari yutuqlarga erishganda birinchi xursand bo‘lib, omadsizlikka uchrasa birinchi ko‘makchi, g‘amxo‘r bo‘la oladi. Sayf uz-Zafar Navbahoriyning “Durr ul-majolis” asarini “Ota va onani shod qilmoqning fazilatlari bayoni” bobida quyidagicha pand – nasihat keltirilgan: “Parvardigori olam ota va onangizni xushnud qilingiz!” deb buyurgan. Yana shunday amir qilgan: “Ota va ona haqqini ado qilingiz, ular sizlarni parvarish qilganlar, jonu tanlarini sizga nisor qilgandir. Har kim ota – onasini rozi qilmasa, onasining ko‘nglini og‘ritsa, bunday odamlarning jon berishi qiyin, go‘ri esa tor bo‘ladi!” Rivoyat qilishlaricha, bir yigit olami foniydan olami boqiyga safar qildi. Eltib, lahadga dafn qildilar. Shu zamon go‘ridan eshak ovoziga o‘xshash bir ovoz chiqdi. Go‘r oldidagi xaloyiq hayron bo‘lib, aniqlab ko‘rishsa, bir kuni u onasiga: “Eshshakdek qichqirma” deb o‘shqirgan ekan. Ey yoronlar, bunday so‘z uchun go‘r shunday muomila qilsa, ota – onasini ranjitganlarning holiga voykim, ularning ahvoli nechuk bo‘lar ekan!50 Ushbu bobning bir hikoyatida onasini xizmatini qo‘yib Ka’ba ziyoratiga otlangan yigitning holi xarob bo‘lib, onasining yoniga qaytib keladi. Yigit Xudoyi taoloning rizoligi uchun avvalo onasini rozi qilishi keraklini tushungan ekan. Yana bir hikoyatda esa onasini duosini olib Ka’ba ziyoratiga otlangan yigit, qaroqchilar hujumidan hech bir aziyat chekmasdan onasiga sog‘u salomat yetibdi. Shoira Marhabo Karimova she’ri asosida kuylangan qo‘shiqda ham shunday so‘zlar bor: Bo‘lay desang jannati, Muhammadning ummati, Parvardigor hurmati, Onajoning rozi qil, Volidangni rozi qil! Buzma ona ra’yini, Machit bilgil joyini. Joynomoz qil poyini, Onajoning rozi qil, Volidangni rozi qil! Ey, ota-onalik bag‘ri butunlar! Hargiz unutmangki, Sizni doimo bolangizning nafsi, do‘stlaringizning chala ishi, jigarlaringizni muammolari kutadi. Ota-onangizning esa joniqqan ko‘zlari kutadi. Sizni bag‘ri kutadi, doimo tilinib, achinib turadigan sog‘inchlari kutadi! Va hushyor to‘ringki, ulardan keyin sizning bunday intiq xaridoringiz bo‘lmagay!51 Ona – o‘z farzandining o‘ziga nisbatan noo‘rin tanbeh, dashnomlarini yuragi darz ketib, ko‘zlariga bu yorug‘ olam qorong‘u bo‘lib, tinglaydi, bolasining bu katta gunohini indamaygina kechirib o‘z mehribonchiligini ayamaydi. Rus dramaturgi N. A. Ostrovskiy ta’kidlaganidek: “Biz hamisha qarzdor bo‘lgan eng ulug‘ zot onadir”. “Hazrati Dovud” ziyoratiga borgandik. Yuqorida tog‘likda bir g‘or va maschit bo‘lib, ziyoratga borganlar ularni muqaddas bilishar, odamlar orasida “kimki o‘sha joyga yetib qanday tilak tilasa, albatta ijobot bo‘ladi” degan fikr bor edi. Albatta, hamma ko‘rib qaytishga harakat qilardi. Keksa-yu yosh tog‘ so‘qmoqlari bo‘ylab harakat qilardi. So‘qmoqlarni boshida, kimlardir yarmida hatto yoshlar ham holdan toyib ortga qaytishardi. G‘or tomon harakatlanayotganimda, rivoyatlarda o‘qiganimni ko‘zlarim bilan hozirgi zamonda ko‘rdim, onasini yelkalariga opichlaganicha aka-ukalar tepalikda joylashgan ziyoratgoh tomon yuqorilab borardi. Onasini roziligi uchun bu yigitlar shunday qilishayotganmikan, yoki onasini dardiga shifo tilab shunday yo‘l tutishgandir. Nima maqsadda bo‘lsa ham o‘sha munis onaxon uchun. Ziyovuddinda O‘tkir aka ismli boy badavlat qo‘shnimiz bor. Doimo ishlari joyida, maromida boradi. Xulqi, muomalalari yaxshi, el-yurt hurmat qiladi. Tadbirkorlik faoliyatida katta yutuqlarga erishgan. Tumanda nufuzli ishlarda ishlab, hozirda esa poytaxtda ham hurmat qozonib, yuqori lavozimda ishlab kelmoqda. Men bolalik kezlarimda bir holatni ko‘p guvohi bo‘lganman: O‘tkir aka erta sahardan yugurardi, o‘z uyidan chiqib, ma’lum masofani yugurib kelgach, onasini uyida ota-onasi bilan hamsuhbat bo‘lib, nonushta qilib, duolarini olib qaytardi. Ota-onasini har kuni qay vaziyatda, qayerda bo‘lmasin bir ziyorat qilardi. Shu sababli ham O‘tkir akani ishlari esa maromida. Yana bir mehribon o‘g‘il Isomiddin tog‘amni ham aytib o‘tishni lozim deb bildim. Isomiddin tog‘am elektr jihozlari ustasi, o‘rta daromadli, kenja farzand bo‘lgani uchun ota uyida o‘z oilasi bilan yashaydi. Volidasi bilan o‘g‘illarini tarbiyalab turmusho‘rtog‘i yashab kelmoqda. Isomiddin tog‘aning onalari (onamning ammalari) qayerga mehmonga, to‘y-marakaga bormoqchi bo‘lsalar tog‘amdan olib borishlarini so‘raydi. Tog‘am velosopedlariga o‘tqazib, aytgan joylariga aytgan vaqtlarida olib boradi, aytgan damlarida qaytadilar. Biron marotaba “vaqtim yo‘q”, “ishim bor”, “tezroq qaytaylik” deb, onasini ko‘ngliga malol keladigan so‘zlarni aytmaganlar. Momom Isomiddin tog‘amni esa uzoq duo qilib, bizlarga mehribon o‘g‘lini maqtaydilar. O‘ta band ekanligiga qaramasdan Jorj M. Koyen kuniga ikki marotaba onasiga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib turarkan. Sizningcha, har gal onasiga hayratlanarli yangiliklar aytmoqchi bo‘lganmi? Yo‘q, bunday iltifotning ma’nosi shuki, o‘zingiz yaxshi ko‘rgan odamiga u haqda o‘ylashini anglatib, uni mamnun etmoqchi.52 Yuqorida keltirib o‘tilgan kishilarning mehribonchiliklari hech maqtagulik emas, yozishga arzimaydi desangiz bir ularning onalariga qilgan xizmatlarini takrorlab ko‘ring. Sizga g’ururingiz, sabringiz yana kim biladi nafsingiz pand berib qo‘ymasa deyman. Ona - O‘g‘li paypoq sovg‘a qilsa, xuddi noyob narsaga ega bo‘lgandek, uzoq duo qiladi, shundoq “mehribon” o‘g‘li borligini aytib maqtanadi. Kechalari uyg‘onib ketaman, o‘ylayman: sen nomard, sen ahmoq nimaga, nimaga o‘shanda kulding? Suratga tushishga vaqting yo‘qmidi? Kerak bo‘lsa topasan-ku! Kitob uchun, jurnal uchun, ish ustida, bog‘da, ko‘chada… Nima, sen kinoyulduzmisan? Jahonshumul shaxsmisan? Ana, bir dasta surating yotibdi. Har xil. Har yerda… Faqat… Onang bilan tushgan surating yo‘q!53 Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling