Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар
-bosqich. Yakuniy bosqich
Download 2.58 Mb.
|
I-kurs ma\'naviyat soati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 - ILOVA AQLIY HUJUM SAVOLLARI
- 3 - ILOVA Kichik guruhlarga savol. Ota – onani hurmat qilishga da’vat etuvchi hadislardan 10 tasini aytib bering. 4 - ILOVA
- Mavzu
- 27 MA’NAVIY- MA’RIFIY SOAT REJASI
Mamlakatimizda va yon atrofda ro’y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi yangiliklardan xabardor qilish, ularning jamiyat va inson hayotidagi o’rni nuqtayi nazaridan muhokama qilish, to’g’ri xulosalar chiqarish, mamlakatimizda olib borilayotgan islohatlarga e’tiborni qaratish, mustaqillikni mustahkamlash va mamlakatimiz taraqqiyotida ma’sullikni his qilish va bu jarayonlarda o’quvchilarning ma’naviy salohiyatini rivojlantirish. 2 - ILOVA AQLIY HUJUM SAVOLLARI Hadis nima? Ular qay tariqa dunyoga kelgan? Hadis to’plagan muhadislar haqida ma’lumot bering. Odob axloq va ilm olishga oid hadislardan misol keltiring. 3 - ILOVA Kichik guruhlarga savol. Ota – onani hurmat qilishga da’vat etuvchi hadislardan 10 tasini aytib bering. 4 - ILOVA “QANDAY” – ORGANAYZER “Hadislarni kunlik hayotda qo’llash va ularga amal qilish ” nomli organayzerni davom ettiring! 1-ILOVA Mavzu: Hadislar – umuminsoniy qadriyatlar, odob-axloq majmui. Tayanch so’z va iboralar: Hadis, taqvodor, e’tiqod, halollik, poklik, imom, muhaddis, Imom Buxoriy, Imom Abu-Dovud, Imom at – Termiziy, Imom Nasoiy. Odamzod dunyoga kelibdiki, ma’lum maqsad sari intiladi. Kimdir o‘z sohasining mohir ustasiga aylanishni, yana kimlar ota kasbini davomchisi bo‘lishni, boshqa birov esa, yaxshi oila qurishni hayotining mazmuni, harakatlaring asosi, xullas bosh maqsadini tashkil etadi. Har bir odam maqsadiga erishish uchun astoydil harakat qiladi. Maqsadini aniq qilib, kimdir o‘ziga shior tanlab, o‘shanga og‘ishmay amal qilib, harakat qilsa, boshqa birov esa ota-onasining nasihatlarini o‘zi uchun dasturi amal deb biladi, yana kimlardir kitoblardagi, kinofilmlardagi sevimli qahramonlariga taqlid orqali maqsadlari sari intiladi. Taqvodor kishilar o‘zi e’tiqod qilayotgan dinining qoida va amallarini o‘z intilishlariga nisbatan qo‘llashadi. Islom dinimizda «hadis» deb ataluvchi musulmonlar uchun halol, pok yashashlariga yo‘lchi yulduz kabi to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi hikmatlar to‘plami jamlangan. Hadislar xoh u musulmon bo‘lsin, xoh g‘ayridin, har bir insonga hayoti davomida xatolarga yo‘l qo‘ymasdan o‘z maqsadiga erishishda ko‘maklashadi. Qachonki, hadislar voqelikka to‘g‘ri tadbiq etilsa. Hadislar nima va ular qay tariqa dunyoga kelgan? Hadis (arabchada hikoya, xabar) – Muhammad (s.a.v) Payg‘ambarning, sahobalarning aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, ko‘rsatmalari to‘plamidir. Hadisning Muhammad (s.a.v) Payg‘ambar aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, ko‘rsatmalaridan iborat qismiga Sunnat (yo‘l) deyiladi. Sunnat islom shariatining ikkinchi asosidir (birinchisi Qur’on). Hadislar Islomda Qur’ondan keyingi muqaddas manba hisoblanadi. Xo‘sh, Qur’ondek muqaddas kalom turganida hadis yaratilishiga nima sabab bo‘lgan? Ma’lumki, Qur’on qanchalik mukammal muqaddas kitob bo‘lmasin, u musulmonlar jamoasining barcha huquqiy va axloqiy masalalariga davr nuqtai nazaridan hamisha ham javob bera olmagan. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) kishilarni islom diniga e’tiqod qilishga chorlashlari uchun Alloh u kishiga mo‘jiza ko‘rsatishdek qobiliyatni ato qilmagan ekan. Payg‘ambarimiz kishilarni islom diniga da’vat etishda chiroyli xulqlari bilan insonlarga ta’sir etgan ekanlar. Shunday ekan payg‘ambarimiz aytgan so‘zlarni biz o‘zimizning tor dunyo qarashlarimizdan orttirgan xulosalardan keyinga qo‘yishga hech qanday asos yo‘q. VII-VIII asrlarda hadislar to‘plash boshlandi. Hadisshunoslik savob ish hisoblangan, bu ish bilan shug‘ullangan ilohiyotchi olimlari esa muhaddislar deb atalganlar. Yurtdoshimiz Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-870) 600.000 dan ziyod hadis to‘plagan va uning 7250 tasini «ishonarli» deb topgan va to‘plamga kiritgan. 4 jildlik bu to‘plam hozir o‘zbek tilida nashr etilgan54. Muslim an-Nishopuriy (817-875) 300.000 hadisdan 12 mingtasini «ishonarli» deb topgan. Qolgan 4 nafar, ya’ni Imom ibni Moja (887 yilda vafot etgan), Imom Abu Dovud (888 yilda vafot etgan), Imom at-Termiziy (892 yilda vafot etgan), Imom Nasoiy (915 yilda vafot etgan)larning hadis to‘plamlari ham mashhurdir. Biz bu ulug‘ insonlarning ikki nafari - yurtdoshimiz bo‘lganligidan mag‘rurlanamiz. Islom olamida eng yetuk va mashhur muhaddis Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tishni joiz topdik. 1998 – yil 23 – oktabrda hadis ilmining sultoni Imom al-Buxoriyning 1225 yilligi keng nishonlandi. Imom al-Buxoriyning umr bo‘yi kuch sarflab yuzaga keltirgan «Al-Jome’ as-sahiyh» (Ishonarli to‘plam) kitoblari Islom olamida Qur’ondan keyingi ikkinchi muqaddas kitob deb yakdillik bilan e’tirof etilgan. Uning «Al-Jome’ as-sahiyh» (Ishonarli to‘plam) deb nomlangan 4 jilddan iborat hadislar to‘plami kitobiga 7275 ta eng «sahiyh» (ishonarli) hadislar kiritilgan. Kundalik hayotimizda biz duch keladigan muammolarga amalda qo‘llash mumkin bo‘lgan hadislarni birma bir keltirib ularni izohlasak. Ko‘pchilik insonlar musulmonchilik, iymon, xayo kabi tushunchalarni turlicha talqin qiladilar. Hadislarda esa ushbu tushunchalar qisqa va tushunarli bayon etilgan, quyida ulardan keltirib o‘tamiz: - “Qo‘li bilan va tili bilan o‘zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir”; - “Omonatga hiyonat qilmoqlik, yolg‘on so‘zlash, so‘zida turmaslik, kek saqlashlik, nohaqlik qilish munofiqlikning alomatlaridir”. - “O‘zi yaxshi ko‘rgan narsani birodariga ravo ko‘rmoqlik iymondandir”; - “Yaxshi xulq ochiq yuzlilikdir, ezgulikni yoyish, odamlardan aziyatli narsani uzoqlashtirishdir”; - “Hayo iymondandir”; - “Sharmu - hayo va tortinchoqlik iymonning ikki shoxobchasidur. Besharmlik va surbetlik esa nifoqning ikki shoxobchasidur”; - “Gunohlar jaholat qilmishidir”; - “Janozada qatnashish iymondandir”; - “Ochlarni to‘yg‘azish islomdandir”; -“Mo‘minlarning iymonlari komilrog‘i yaxshi xulqlilaridur va sizlarning yaxshilaringiz axloqda xotinlaringizga yaxshi bo‘lganlaringizdur” - “Musulmon kishi musulmon uchun bamisoli bir imorat, ular bir-birini ushlab turadi”; - “Musulmon musulmonning ko‘zgusi”; -“Musulmon birodarlarini aldovchi, ularga zarar yetkazuvchi yoki ularga makr-hiyla qiluvchi odam bizlardan emasdir”; -“Hasadgo‘ylik, chaqimchilik va folbinlik qiluvchilar mendan emaslar, men ham ulardan emasman”; Ma’lumki, islom dini ota-onani hurmat qilishga unga itoat etishga da’vat etadi. Rasulullohdan bir kishi so‘radi: «Yo Rasululloh! Kimga ezgulik qilay?» Rasululloh: «Onangga», dedilar. «Yana kimga?» dedim. «Onangga», dedilar. «Yana kimga?» deb edim: «Onangga», dedilar. «Yana kimga?» deb edim: «Otangga, undan keyin barcha yaqinlarga», dedilar. So‘ng. «Ona jannatning o‘rtadagi eshiklaridan biridir, dedilar» Bizni dunyoga keltirgan ota-ona, biz kuchga kirgan sayin ular kuchini yo‘qotib qaysidir ma’noda bizga bermoqda. Farzandning ota-ona oldidagi burchlari hadislarda ham ko‘rsatib o‘tilgan. Mana o‘sha burchlarni o‘zida aks ettirgan hadislar: - “Biz hamma insonlarga ota-onalariga yaxshilik qilmoqliklarini buyurdik”; - “Ota-ona farzandga zulm qilsa ham bola ularni ranjitmasligi kerak”; - “Alloh taologa shirk keltirish, odam o‘ldirish, urush maydonidan qochish, pokiza ayolni fohisha deb tuhmat qilish, ijaraxo‘rlik, yetimlar molini yemoq, odamlarni masxara qilish, kamsitish, ota-onani xafa qilib yig‘latish - mana shular eng katta gunohdir”; - “Otaga itoat qilish - Allohga itoat qilishdir, unga gunohkor bo‘lish Allohga gunohkor bo‘lish bilan barobardir”; - “Gunohlarning eng kattasi - Alloh taologa shirk keltirish va ota-onaga oq bo‘lishlikdir”; - “Ota-onasiga lan’at o‘qigan kishiga Alloh taoloning la’nati bo‘lsin”; - “Ota-ona keksaygan vaqtida duolarini olmagan kishilar xor bo‘ladi”; - “Kim ota-onasini rozi qilsa, Alloh taolo uning umrini ham ziyoda qiladi”; - “Ota-onang ikkalasi yohud ulardan bittasi keksayb qolsa, ularga «uff» degan so‘zni aytma, gaplarini qaytarma, ularga yoqadigan gaplarni gapir, ularga rahmdillik yuzasidan qanotingni qoqib tur”; - “Kishining o‘z ota-onasini so‘kishi katta gunohdir”; - “Ota-onaning yig‘lashi bolasidan norozi bo‘lganliklaridan dalolat beradi va bu esa eng katta gunohlardandir”. - “Ezgulikning eng yaxshisi o‘z otasining sevgan odamlariga yaxshilik qilishdur”; - “Uch xil duo shaksiz mustajobdur: mazlumning duosi; musofirning duosi; otaning bolaga qilgan duosi”. Hadislarda kishilar o‘rtasida mehr-oqibat, katta-kichik o‘rtasidagi munosabatga oid, raxm-shavqatga chorlovchilari ham anchagina. Masalan,: - “Kimki kichiklarga rahm-shafqat qilmasa va kattalarga izzat-hurmat ko‘rsatmasa, bizdan emas”; - “Kichiklaringizga rahm-shafqat qilmagan, kattalarga hurmat ko‘rsatmagan, amr-ma’ruf ila ezgulikka chaqirmagan va yomonlikdan qaytarmagan kishilar bizdan emasdur”; - “Bir-biringizning orangizni o‘zmang, bir-biringizning orqangizdan ayb qidirmang, bir-biringizni yomon ko‘rmang, bir-biringizga hasad qilmang”; - “Rostgo‘ylikni mahkam ushlang, chunki rostgo‘ylik ezgulikka olib boradi”; - “Boshingga qilich kelsa ham rost so‘zla”; - “O‘lganlarni so‘kib, tiriklarga ozor bermanglar”; - “O‘lgalarni haqorat qilmanglar, ular gunoh va savoblariga yarasha ajir oladigan joyga ketganlar” - “Birovga dushmanchilik kayfiyatida yurmoq gunohdir”; - “Hech bir ota o‘z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros berolmaydi”; - “Qaysi bir yosh kishi qari kishini hurmat qilsa, u keksayganida o‘sha hurmatni ko‘radi”; - “Fitnadan xazar qilmoq dindandir”; - “Kimki musulmon mamlakatida yashovchi boshqa dinga mansub kishini haqorat qilsa, qiyomat kuni o‘tdan yasalgan qamchi bilan uriladi”; - “Kimni sulh bitimi bilan yashayotgan g‘ayridinni o‘ldirsa, u jannatning bo‘yini ham hidlamaydi”. Yana hadislarda kishilar o‘rtasidagi turli munosabatlarda, hayotdagi turli voqea va hodisalarda kishilar o‘zlarini qanday tutishi kerakligi to‘g‘risida aytilganlari ham mavjud. Masalan, kishini xolasiga nisbatan hurmati qay darajada bo‘lishini o‘qtiruvchi quyidagi hadis: «Xolalar hurmat bobida onalar qatoridadir» deb, xolani ona kabi hurmat qilish lozimligini ta’kidlaydi. Hadislarning birida esa: «Qarindoshlarini holidan xabar olmagan kishi turli azob-uqubatlarga duchor bo‘ladi» deyilgan. Zero, o‘z qondoshlari, yaqinlariga qiziqmagan kishi ma’lum vaqt o‘tib hayotning sinovli damlari boshiga tushganda o‘ziga hamdard izlaydi. Shunday paytlarda inson, yaqinlari, qarindoshlarini ko‘magiga, tasalisiga ehtiyoj sezadi. Kishilar umri davomida turli insonlar bilan turli sohalarda munosabatga kirishadi. Biz ko‘zlagan maqsadimizga tezroq va qiyinchiliksiz erishishni xohlaymiz, natijada har xil munosabat usullaridan foydalanamiz. Ayrim vaziyatlarda «elanamiz» ya’ni yolvoramiz. Hadislarda elanish haqida shunday deyilgan: «Elanmanglar! Elanish qanchalik yomonligini bilganlaringizda elanmagan bo‘lardingizlar». Bu hadisda balkim elanib, ishimiz bitmagach afsus-nadomat tortishimiz yoki oxiratda biron bir sharmandali holatda bo‘lishimizga ishorat qilingan bo‘lsa ajabmas. Xulosa qilib aytganda, Islom dinining asosi bo‘lgan Qur’on Karimdan keyin har bir musulmon amal qilishi lozim bo‘lgan dasturamal bu hadislardir. So‘zimiz so‘ngida kishilarning hayotida davomida turli munosabatlarga qo‘llashi mumkin bo‘lgan hadislardan misollar keltirish bilan yakunlaymiz. - “Kimki yolg‘on so‘zlashni, boshqa birovga bo‘xton qilishni qo‘ymasa, uning tutgan ro‘zasiga Alloh taolo muhtoj emas”; - “Agar to‘yga chaqirilsangiz, albatta boring”; - “Har bir mast qiluvchi narsa xaromdir”; - “Pora beruvchi va uni oluvchini lan’atlanglar” - “Hazrat Rasululloh (sallollohu alayhi vassalam) jonlini (hayvon va qushlarni) nishon qilib o‘q otmaslikka buyurdilar”; - “Ilmga amal qiluvchi bo‘linglar, rivoyat qiluvchi bo‘lmanglar”; - “Janob payg‘ambarimiz qachonki, yosh bolalar oldidan o‘tib qolsalar, ulardan oldin salom qilib o‘tar edilar”; - “Hiyonat va yolg‘onchilikdan boshqa har bir nuqson mo‘minda bo‘lishi mumkin”; - “G‘iybat – birodaring yoqtirmaydigan so‘zlar bilan u to‘g‘rida gapirishlikdir”; - “Tamagirlik ulamolarning qalbidagi hikmatni ham ketkazadi”; “TASDIQLAYMAN” Yoshlar bilan ishlash bo’yicha direktor o’rinbosari: ____________________ F.Nizomova № 27 MA’NAVIY- MA’RIFIY SOAT REJASI Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling