Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар
Download 2.58 Mb.
|
I-kurs ma\'naviyat soati
- Bu sahifa navigatsiya:
- № 34 MA’NAVIY - MA’RIFIY SOAT REJASI
O‘zbekistondan urushga safarbar etilganlardan 263005 kishi halok bo‘ldi, 132670 kishi bedarak yo‘qoldi, 60452 kishi nogiron bo‘lib qaytdi. Bu mashhum urush tufayli eng kamida to‘rt yuz ming oila bevosita ayriliq azobiga duchor bo‘lgan. Agar qarindosh – urug‘larni hisoblasak, butun mamlakat aholisi motam libosini kiygan.
1994 – yili 16 – martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1941 – 1945 – yillardagi urushda fashizim ustidan qozonilgan g‘alabaning 50 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni nishonlash to‘g‘risida”gi Farmoni imzolandi. Shu asosda keyingi yili 33 jildli “Xotira” kitobi (keyinchalik unga qo‘shimcha tarzida yana ikki jild chiqdi), o‘zbek va rus tillarida mamlakatimiz xalqining urushdagi va janggoh ortidagi jasoratlari bayon qilingan maxsus umumlashma jild ham nashr etildi.”77 Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan har bir xalq uni o‘zicha eslaydi, qurbonlarini o‘zicha xotirlaydi, urushdan omon qaytgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan va bugun safimizda yurgan faxriylarni ham o‘zicha qadrlaydi. O‘zbekiston buning chinakkam namunasini ko‘rsatdi. Xotira va qadrlash kuni endi ayricha, aniqrog‘i, milliy xususiyat kasb etdi. Bu bayramning mazmun va mohiyati butkul o‘zgardi – kengayib ketdi. Bu umumxalq xotirasi va insonni qadrlash kuniga aylandi. Xotira maydoni to‘rida Motamsaro ona – Vatan ramzi. “Sen doimo qalbimdasan, jigarim!” – so‘zlarini ona go‘yo Vatan bo‘lib, xalq bo‘lib aytayotgandek… Tariximizga nazar soladigan bo‘lsak unda millatimizga nisbatan “tozalash”lar bir necha bor o‘tkazilganligini guvohi bo‘lamiz. 30 – yillardagi qatag`onlar asosan partiya, sovet, xo‘jalik va harbiy kadrlar xususida bo‘lgan bo‘lsa, 40 – 50 - yillardagi qatag‘onlar esa asosan ma’daniyat va ilmiy fan arboblariga taalluqli bo‘ldi. Oybek, Abdulla Qahhor, M. Boboev, U. Rashidov, Mirtemir, Shayxzoda va boshqalar singari o‘zbek yozuvchilari badnom qilindi. “Paxta ishi” degan ish to`qilib maydonga olib chiqildi. Bu ish vaqtli, ayniqsa, markaziy matbuotda kishining izzat nafsiga teguvchi “o`zbek ishi” degan nom bilan ataldi. Hukumatimiz ularni ruhi poklarini shod etish, xalqimizga qilgan xizmatlarini hurmati sifatida “Qatag‘on qurbonlari” muzeyi barpo etdi. Yurtdoshlarimiz bu muzey ziyorati orqali xalqimizga nisbatan qilingan jinoyatning mudhish basharasini ko‘rishmoqda. Shuningdek, istiqlol yillarida terrorchilar bilan bo‘lgan janglarda mardonavor halok bo‘lgan yurt o‘g‘lonlarini ham aslo unutishga haqqimiz yo‘q. Birgina urushlarda qatnashganlar, yoki davlatimizni erku ozodligi uchun kurashganlarni xotirlash emas, kerak bo‘lsa, millatni millat, o‘zligimizni anglashda turli jabhalarda buyuk hissalarini qo‘shayotgan shaxslarni ham qadrlash lozim! Hozirda yonginamizda biz bilan yashayotgan, mehnat qilayotgan fidoylarni yurtimiz ravnaqi, obro‘yi ko‘tarilishiga katta xizmat qilayotganlarni, ota-onamiz, do‘stlarimiz, yaqin qarindoshlarimiz hamda qizg‘in ijodiy ishlar bilan band, jamiyat farovonligi yo‘lida xizmatda bo‘lgan yurtdoshlarimizga madad bo‘laylik, qadrlaylik. “TASDIQLAYMAN” Yoshlar bilan ishlash bo’yicha direktor o’rinbosari: ____________________ F.Nizomova № 34 MA’NAVIY - MA’RIFIY SOAT REJASI Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling