Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар
Download 2.58 Mb.
|
I-kurs ma\'naviyat soati
- Bu sahifa navigatsiya:
- № 16 MA’NAVIY- MA’RIFIY SOAT REJASI
«Kimki illatga jazo bermasa, u uning himoyachisidir» degan edi Leonardo da Vinchi. Qonun yo‘li bilan jazolandimi demak jinoyati uchun jazolangan, jazosiz qolishlik keyingi jinoyatlarga yo‘l ochishlikdir. Jazo emas, jinoyat sharmandalikdir. (I. Gerder) Arastu aytganidek: «jinoyatga baxona bo‘lsa bas» bir jinoyat ikkinchisiga yo‘l ochadi”. Zero, Sitseron «Jazo bermaslik jinoyatga katta rag‘batdir» deb, hayotiy haqiqatni aytgan edi.
Xalqimiz orasida milliyligimizga yod bo‘lgan illatlar tarqalishi ko‘plab jinoyatlarni sodir etilishining bosh mezoni bo‘lib qolmoqda. Bularning bosh sababi milliyligimiz belgisi bo‘lgan turli qadriyatlarimizga amal qilmaslik, bilmaslik, to‘g‘ri yondoshmaslik xullas unutganligimizdir. Yoshlar o‘rtasida ichkilikbozlik, giyohvandlik, axloqsizlik, beburdlik kabi qusurlar ko‘zga tashlanmoqda. Bunday holatning yuzaga kelishiga ota-onalarning o‘z yumushlari bilan o‘ta bandligi tufayli bolalarning nazoratsiz qoldirilishi va ularning turli guruhlarga qo‘shilib qolishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga e’tibor berilmayotganligi, ayrim kishilarning ichkilikka, giyohvandlikka berilishi, oilaviy nizolar, er-xotinning ajralish hollari, ortiqcha boylik orttirishga ruju qo‘yish, bolaning keragidan ortiq ta’minlanganligi va boshqalar sabab bo‘lmoqda. Spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, turli narkotik moddalarni chekish mamlakat taraqqiyotiga, iqtisodiga, insonning jismoniy va ma’naviy rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun ichkilik va nashavandlik paydo bo‘lgandan buyon undan iste’mol qilmaslikka da’vat etib kelinadi. Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Beruniy, Ibn Sino, Umar Hayyom, Sa’diy, Alisher Navoiy kabi donishmandlarimiz ham ichkilikbozlikning zararli oqibatlarini yozib qoldirib, odamlarni unga ruju qo‘ymaslikka da’vat etdilar. Insonlar biror bir nojuya qilmishga qo‘l urayotganlarida jinoyatda ishtirokchilikning turli holatlarida bo‘lishadi. «Hech nimani qonunni bilganimizdek yomon bilmaymiz». Onore de Balzak. Kimdir bilib, kimdir bilmay yana kimlar turli xom-xayolda jinoyatga qo‘l uradi. Jinoyatda ishtirokchilik qilganlar bir xilda jinoyatchimi yoki turlari bormi? Turlari bo‘lsa qanday turlarga bo‘linadi? Bu kabi savollarga O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksdan javob olishimiz mumkin. Jinoyat Kodeksining 27 – moddasiga muvofiq «ikki yoki undan ortiq shaxsning jinoyat sodir etishda birgalashib qasddan jinoyat sodir etish ishtirokchilik deb topiladi». Ishtirokchilik shakllari. Oddiy ishtirokchilik, murakkab ishtirokchilik, uyushgan guruh, jinoiy uyushma, jinoyatda ishtirokchilik shakllari deb topiladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyatni sodir etishda qatnashishi oddiy ishtirokchilik deb topiladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirib jinoyat sodir etilishida ishtirok qilishi murakkab ishtirokchilik deb topiladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan bir guruhga birlashishi uyushgan guruh deb topiladi (Jinoyat Kodeksining 29 – moddasi). Ikki yoki undan ortiq uyushgan guruhning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun oldindan birlashishi jinoiy uyushma deb topiladi. Jinoyat ishtirokchilarining turlari: B ajaruvchi (bajaruvchilar) - «jinoyatni bevosita to‘la yoki qisman sodir etgan yoxud ushbu Kodeksga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib, jinoyat sodir etgan shaxs bajaruvchi»dir. Bajaruvchi bosh rolni o‘ynaydi. U eng faol bo‘lgani uchun ham jinoyatning eng xavfli ishtirokchisi hisoblanadi. Tashkilotchi – bu «jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilishiga yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxs»dir. Tashkilotchi ba’zi hollarda ayni paytda bajaruvchi ham bo‘ladi. Jinoyat tashkilotchisining harakatlari hamisha to‘g‘ridan-to‘g‘ri qasd qilish deb baholanadi. Dalolatchi – qiziqtiruvchi yoki boshqa usul bilan jinoyatga undovchi shaxsdir. Yordamchi – bu «jinoyat sodir etilishiga o‘z maslahatlari, ko‘rsatmalari bilan, vositalar berish yoki to‘siqlarni yo‘qotish bilan ko‘maklashgan, shuningdek, jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli, izlari va vositalarini yoxud jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni yashirishga, shuningdek, bunday narsalarni olish va o‘tkazish to‘g‘risida oldindan va’da bergan shaxs»dir (Jinoyat Kodeksining 28 – moddasi). Ba’zan yordamchilikning yana bir turi ajratiladi u ham bo‘lsa jinoyatga yo‘l qo‘yishdir. Bu holat xizmat vazifasi bo‘yicha jinoyatning oldini olishga majbur bo‘lgan shaxs bu ishni qilmagani bilan bog‘liq. Odatda yo‘l qo‘yib berganlik uchun jinoiy javobgarlikka faqat mansabdor shaxslar tortiladi (masalan, «Mansabga sovuqqonlik bilan qarash» deb nomlangan 207-modda). Jinoyat huquqida jinoyatga daxldorlik tushunchasi ham mavjud. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilayotganligi, jinoyat sodir etilayotganligi yoki jinoyat sodir etilganligi haqida aniq bila turib, oldindan va’da bermagan holda hokimiyat organlariga xabar qilmaslik, ushbu Kodeksning 241 – moddasida nazarda tutilgan hollardagina javobgarlikka sabab bo‘ladi. Biroq oldindan va’da bermagan holda jinoyat haqida xabar bermaganlik yoki jinoyatni yashirganlik uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining yaqin qarindoshlari javobgarlikka tortilmaydi (Jinoyat Kodeksining 31 – moddasi). Taraqqiy etayotgan dunyomizda ijobiy jihatlardan tashqari turli taraqqiyotning salbiy oqibatlari ham ko‘zga tashlanmoqda. Shulardan biri jinoyatchilarning chegara bilmay turli qing‘ir ishlarga qo‘l urishlari ko‘paymoqda. Chet davlatga mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga borganlarning ayrimlari odam savdosining qurboni bo‘lib qolmoqda. Bu borada «Muloqot» jurnalining 2005 – yil 3 – sonida Jasur Ne’matovning «Transmilliy jinoyatchilik nega ko‘paymoqda» maqolasida bildirgan fikrlarini keltirib o‘tamiz. «BMTning jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarlik bilan muomala qilish bo‘yicha 10 – kongressida qayd etilganidek, oxirgi o‘n yil mobaynida jinoiy faoliyat yanada kengroq transmilliy tusga kirdi. Bu nafaqat jinoyatlar sodir etilishiga nisbatan geografik uzoqlikni oshishi, balki jinoyatchilar tomonidan mintaqaviy hamda milliy chegaralardan chiqib amalga oshiriladigan operatsiyalarning tez-tez sodir etilishi bilan tushuntirilmoqda. Aslida bu holat globallashuv umumiy jarayonining bir qismi hisoblanadi. Keyingi paytda jinoyatchilik global tusga ega bo‘lib kelmoqda va uni tadqiq etish ko‘p tarmoqli yondoshuvni talab etmoqda».27 Frasuz yozuvchisi L Vovenarg ta’kidlaganidek: «Jinoyatga hujum boshlashdan oldin uning sabablarini bartaraf etish mumkinmi yoki yo‘qligini taroziga solib ko‘rish zarur” “TASDIQLAYMAN” Yoshlar bilan ishlash bo’yicha direktor o’rinbosari: ____________________ F.Nizomova № 16 MA’NAVIY- MA’RIFIY SOAT REJASI Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling