Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар
-bosqich. Yakuniy bosqich
Download 2.58 Mb.
|
I-kurs ma\'naviyat soati
- Bu sahifa navigatsiya:
- AQLIY HUJUM SAVOLLARI
- 3 - ILOVA Kichik guruhlarga savol. Mahalla oqsoqolining ish va muomila madaniyati sizning nazaringizda qanday bo’lishi kerak 4 - ILOVA
- Mavzu: Mahalla - ma’naviyat o‘chog‘i. Tayanch so’z va iboralar
- № 32 MA’NAVIY- MA’RIFIY SOAT REJASI
Mamlakatimizda va yon atrofda ro’y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi yangiliklardan xabardor qilish, ularning jamiyat va inson hayotidagi o’rni nuqtayi nazaridan muhokama qilish, to’g’ri xulosalar chiqarish, mamlakatimizda olib borilayotgan islohatlarga e’tiborni qaratish, mustaqillikni mustahkamlash va mamlakatimiz taraqqiyotida ma’sullikni his qilish va bu jarayonlarda o’quvchilarning ma’naviy salohiyatini rivojlantirish. 2 - ILOVA AQLIY HUJUM SAVOLLARI Mahalla tushunchasiga ta’rif bering. “Mahalla ma’naviyat uchog’i” deganda nimani tushunasiz? O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla xayriya jamg’armasini tuzish to’g’risida”gi farmoni qachon qabul qilingan? 3 - ILOVA Kichik guruhlarga savol. Mahalla oqsoqolining ish va muomila madaniyati sizning nazaringizda qanday bo’lishi kerak? 4 - ILOVA “QANDAY” – ORGANAYZER “Mahalla mening o’rnim qanday bo’lishi kerak” nomli organayzerni davom ettiring! Mavzu: Mahalla - ma’naviyat o‘chog‘i. Tayanch so’z va iboralar: Makon, mahalla, oqsoqol, uy – joy, qo’ni – qo’shni, to’y – maraka, demokratiya, Qobusnoma, konstitutsiya, mahalla jamg’armasi. Mahalla (arabcha - joy, o‘rin, makon) – kishilarning muayyan hududda birgalikda yashashlari tufayli yuzaga kelgan birligi. Mahalla – yirik jamoadir. O‘tmishda mahallalarda asosan ma’lum bir kasbkor odamlari istiqomat qilishgan. Mahallalar ham shunga qarab aytaylik «Zargarlik», «Misgarlik», «Temirchi», kabi nomlar bilan atalgan. Hozirgi kunda mahallalarda bunday «ixtisoslashuv» yo‘q. Shu bilan birga, hamkasblar ko‘pchilikni tashkil etadigan mahallalar ham yo‘q emas. Buni poytaxtdagi «Professorlar», «Shifokorlar», «Ishchilar» kabi mahalla nomlarida ham ko‘rishimiz mumkin. Oilaning farovon va har tomonlama rivojlanishida ayniqsa, yosh avlod tarbiyasida mahallaning o‘rni katta. Zero, o‘smirlar odobni, muomala madaniyatini dastlab oilada, keyin mahallada o‘rganadilar. Buyuk yunon olimi Demokritdan bir kishi kelib so‘raydi: - Hozirgi yoshlar to‘g‘risida nima deya olasiz? - Hozirgi yoshlar o‘z bilganlaridan qolmaydigan, ularda kattalarga hurmat, kichiklarga izzat yo‘qolgan, mahmadona va o‘zboshimcha bo‘lib ketishgan. Buning oldini olish uchun oiladagi va mahalladagi tarbiyani ko‘chaytirish kerak, - deb javob beribdi buyuk mutafakkir. «Bir bolaga yetti qo‘shni ota - onadir» degan naqil xalqimizda mahalla ahlining, mahallada yashovchi har bir bolaga tanbeh berishga, ularni to‘g‘ri yo‘lga solishga haqli va mas’ul ekanligini bildirgan. Mahalla kishilari orasidan noqobil, shijoatsiz, hayosiz, ibosiz, beburt kishlarning chiqishi mahalla ahli uchun katta sharmandalik va isnod hisoblangan. Mana shunday oqibatlarni o‘ylab, mahalla ahli hamjihat harakat qilishgan, ota-onalar bolalarini ishonib qo‘shnilarini nazoratida qoldirishgan. Mahallaning yoshi ulug‘ insonlari mahalla ahli orasida hurmat qilinib, ularning maslahat va nasihatlariga amal qilishgan. Mahallaning qanday mahalla bo‘lishligi birinchi navbatda qo‘ni-qo‘shnilar munosabatiga bog‘liqligi isbot talab qilmas haqiqatdir. Islom dinimizda qo‘shnichilik masalalariga katta hurmat bilan qarash farzligi ta’kidlanadi. Oxirat so‘rovlarida ham qo‘shnining rozi yoki noroziligi inobatga olinishi ko‘rsatilgan. Qo‘ni-qo‘shnilar munosabati qanday bo‘lishi kerakligi bundan 1150 – 1200 yil avval Imom al-Buxoriy to‘plagan hadislarda bayon etilganligining bugun guvohi bo‘lib turibmiz. Hadislarda aytilgan fikrlar o‘zining dolzarbligini zarracha yo‘qotgan emas. Mana o‘sha hadislar: «Qo‘shni haqqi - qo‘ldan kelganicha unga yaxshilik qilish: hadyalar berish, ko‘rganda ochiq yuzlik bilan muomala qilish, salomlashish, ahvolidan xabar olib turish, muhtoj bo‘lgan narsalarini qo‘ldan kelsa muhayyo qilish, unga moddiy va ma’naviy jihatdan zarar yetkazmaslikdan iboratdir»; «Qo‘shnichilikda hech qanday din va millat e’tiborga olinmasligi lozim»; «Qo‘shnilarning eng yaxshisi qo‘shnisiga munosabatda mumtozidir»; «Foniy dunyodagi yomon qo‘shnidan ko‘chibgina quto‘lishing mumkin»; «Qaysi bir qo‘shni o‘z qo‘shnisiga zulm qilib, uni o‘z hovlisidan chiqib ketadigan holatga keltirsa, albatta halokatga uchraydi». Shariat bo‘yicha har bir oila uchun o‘ng, so‘l, orqa va old tomondagi qirqtadan xonadon, jami bir yuz oltmish xonadon qo‘shni maqomidadir. Qo‘shnining qo‘shniga shar’iy haqqi bor. Qo‘shni musulmon bo‘ladimi yoki g‘ayridin bo‘ladimi, qo‘shnichilikda buning ahamiyati yo‘q64. Xalqimizda qo‘shnilar bilan tinch-totuv yashash azaldan qadrlanib keladi. «Qo‘shning tinch – sen tinch», «uzoqdagi qarindoshdan, yaqindagi qo‘shni afzal», «Hovli olma - qo‘shni ol», «Agar gilam sotmoqchi bo‘lsang, qo‘shningga sot, bir chetida o‘zing o‘tirasan» kabi maqollar ana shundan dalolat beradi. Sharqning buyuk donishmanlaridan biri Muhammad Javhar Zamindor qo‘shnichilik munosabatlariga doir ko‘plab pand-nasihatlarni aytib o‘tgan. Uning hikoyatlar zamirida aytgan quyidagi fikrlarni keltirib o‘tamiz. Hikmat. Qo‘shni kim va qaysi millatga taalluqli bo‘lishidan qat’i nazar, uni hurmat qilmoq va qo‘shni haq-huquqini ado etmoq odamlik hislatlaridan biridir. Qo‘shni itiga sababsiz tosh otish, mushugini xaydash esa, uni haqoratlash bilan barobardir. B ir kishi o‘z do‘stining oldiga kelib, uyida sichqon ko‘pligidan shikoyat qildi. Do‘sti unga mushuk boqishni maslahat berdi. U esa rozi bo‘lmay: «Mushuk boqsam, uyimdagi sichqonlar qo‘shnimnikiga qochib chiqarmikan, deb qurqaman» dedi. O‘zing uchun nimani noloyiq deb hisoblasang, uni o‘zga uchun ham ravo ko‘rma! Qo‘shning haq-huquqlaridan birini aytsam, bu qo‘shniga hech vaqt ozor bermakslik va xafa qilmaslikdir. Qo‘shni kasal bo‘lsa, undan hol so‘rash, boshiga mo‘sibat tushsa, yordam qilish, g‘amli va shodlik kunlarida g‘am-shodligiga sherik bo‘lish, undan xato o‘tsa kechirish, ahlu-ayoliga yomon ko‘z bilan qaramaslik, biron yoqqa ketsa uyidan xabardor bo‘lib turish, bularning hammasi ham qo‘shning haq-huquqlaridan hisoblanadi. Bundan tashqari, qo‘shni qarz so‘rasa, qarz beriladi, meva-cheva terilsa, meva bilan yo‘qlanadi. Bir kishi bir dono oldiga kelib, undan: - “Ayting-chi men yaxshi odammanmi yoki yomonmi, buni qanday bilsa bo‘ladi?” - deb so‘rabdi. “Qo‘shnilaringdan so‘ra agar ular seni yaxshi desalar, demak yaxshisan!” - deb javob beribdi dono65. «Qobusnoma»da ham mahallada har kimning izzat ikromi bo‘lishi uchun avvalo mahalladoshlarga nisbatan mehr ko‘rsatish kerakligi aytiladi. «Qobusnoma»da shunday deyiladi: «O‘z ko‘changdagi va mahallangdagi odamlar bilan yaxshi yasha, kasallarini borib hol-ahvolini so‘ra, kimga ta’ziya bildirish zarur bo‘lsa, ta’ziya bildir, o‘limga ishtirok et. Qo‘shnining har bir ishiga yordam ber. Agar qo‘shni shod-xurram bo‘lsa, shodligiga sherik bo‘l, mumkin qadar taom yoki keyim boshdan sovg‘alar yubor. Hamsoyangning yosh bolasini kursang, upib bag‘ringga bosgil, mahallangdagi chollar bilan salomlash va ularning hurmatiga sazovor bo‘l» 66 Ozorboyjonda nashr etilgan «Otalar so‘zi» asarida ham qo‘shnichilik munosabatlariga ta’luqli quyidagi serma’no fikrlar bayon etilgan: O‘z qarindoshlaridan aloqa o‘zish dunyo lazzatlaridan ko‘z yumishdir; Yaxshi qo‘shni yaxshi yo‘lga boshlaydi; “Yaxshi kunda yot yaxshi, yomon kunda «voy qardosh»; Qo‘shni yomon bo‘lsa, yaxshi qo‘shning ham obro‘yi pastlaydi; Mahalla-kuy, qo‘shnilar yaxshi-yomon kunlarda doimo yondoshdir;67 Yurtdoshlarimiz to‘y-marakalarida mahalla ahli, to‘y sohibining mehmonlarini o‘z mehmoniday bilib, to‘y dasturxonida o‘tirmasdan, xizmatda bo‘lishadi. Mahalla obodligi yo‘lida birgalashib harakat qilishgan, ariqlar qazilgan, ko‘cha va hovli-joylar tozalangan, bayramlarda yakdillik bilan harakat qilishgan. Vatandoshlarimiz uchun mahalla katta bir oila, qo’ni-qo‘shni esa, aka-uka, opa-singilday tasavvur qilinib, hurmat qilinadi. Mahalla – avvalo, sog‘lom ijtimoiy muhit maskanidir. Bu yerda kuchli ta’sirga ega bo‘lgan jamoatchilik fikri mahalla ahlining xulq – atvori, o‘zaro munosabatlarini adolat va ma’naviy mezonlar asosida tartibga solib turadi. Shu ma’noda mahallani demokratiya darsxonasi, deb ham atash mumkin. Mahallaning fuqarolarga ta’sir etish kulami katta. Har bir vatandoshimiz milliy qadriyatlarimizni, urf-odatlarimizni, kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni, mana shu maskanda o‘rganadi. Demak mahallada ijtimoiy muhit toza bo‘lsagina haqiqiy komil insonni tarbiyalash mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov ta’kidlaganidek, «Mahalla, ta’bir joiz bo‘lsa, kishilik jamiyatida alohida tarbiyaviy ahamiyatga molik bo‘lgan o‘ziga xos maskandir, deyish mumkin. Bu noyob tajriba – aholining mahalla bo‘lib yashash tarzi jahonning boshqa mamlakatlarida kam uchraydi. Shuning uchun ham insonni jamiyat bilan birga yashashga o‘rgatadigan, shu ruhda tarbiyalaydigan birlamchi va beqiyos makon – bu mahalladir» 68. Har bir mahalla o‘ziga xos tabiiy sharoitga, o‘ziga xos turmush tarziga ega bo‘lganligi tufayli, bu mahalla deb atalmish makonda istiqomat qilayotgan aholining bir millatga yoki ko‘plab millatlar vakillaridan shakllanganligini inobatga olib, o‘z ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturini yaratib, maqsadlari sari uyushgan holda harakat qilishmoqda. Insoniyat tarixidagi barcha xalqlar o‘z taraqqiyotida uyushib yashashning turli shakllarini, ya’ni fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos bosqichlarini bosib o‘tishgan. Uning ilk shakli davlatchilik vujudga kelmasdan avval paydo bo‘lgan turli jamoalar bo‘lgan. O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekiston xalqlari tarixida bu shakl mahalla jamoalariga birlashuv shaklida bo‘lgan. Uyushib yashash ko‘pgina masalalarni birgalikda yechishga imkon bergan, xususan, mehnatni tashkil etish, himoya qilish, tadbirlarni o‘tkazishdagi hamjihatlik va boshqalar bu jamoaviy yashash shaklining uzoq davrlar mobaynida saqlanib qolishini ta’minlagan. Mahalla o‘zini o‘zi boshqaruv tizimining muhim milliy-ijtimoiy organi bo‘lib, u O‘zbekistondagi hayot tarzining mahalliy ko‘rinishdagi shakli hamdir. Aslini olganda, mahallalar 1917 – yilgacha juda keng ish olib borib, mahalliy aholini birlashtiruvchi, uyushtiruvchi tashkiliy tuzilma bo‘lib kelgan. Hukumatimiz mahalla deb atalmish qadriyatini saqlab qolish bilan birga uning, taraqqiyot qonunlariga mos kelishi uchun turli amaliy ishlarni bajarib, qonun va qarorlar ishlab chiqqan. Konstitutsiyaning 105 – moddasiga ko‘ra, “Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarlarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari” hisoblanadi. Mustaqillik yillarida mahallarga munosabat tubdan o‘zgardi. 1992 – yil 12 – sentabrda Prezidentning «Respublika «Mahalla» xayriya jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida»gi Farmoni, so‘ngra Vazirlar Mahkamasining 1992 – yil 17 – oktabridagi Respublika «Mahalla» xayriya jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, mahalla huquqiy maqomga ega bo‘lib, mahalliy hokimiyat tarkibiy qismidir. Mahalla yuridik shaxs sifatida, o‘z mol – mulkiga, byudjetiga, bankda hisob raqamiga – jamg‘armasiga egadir. Mahalla qo‘mitalari bozor iqtisodi qonunlari asosida aholi uchun tadbirkorlikka imkon yaratmoqda, oldi-sotdi, to‘y – maraka marosimlarini uyushtirish, hasharlar tashkil etish, oilaviy nizolarni hal etish, bemorlar holidan xabar olish kabi ko‘plab yo‘nalishdagi savob ishlar bilan shug‘ullanmoqda. Mahallada xo‘jalik va madaniy ishlar, uning hududini obodonlashtirish, uy-joylarni va shu hududdagi ma’muriy binolarni toza saqlash, ozodalikni ta’minlash, tartib-intizomni mustahkamlash va boshqa yo‘nalishlarda mahallaning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Mahalla – ona maskan, sog‘lom ijtimoiy muhitdir. Bu yerda kuchli ta’sirga ega bo‘lgan jamoatchilik fikri mahalla aholisining xulq – atvori, o‘zaro munosabatlarini adolat va ma’naviy mezonlar asosida tartibga solib turadi. Shu ma’noda mahalla, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, haqiqiy demokratiya darsxonasidir. Demak, mahalla kishilarning tarixan shakllangan, yagona maqsad bilan yashab, faoliyat ko‘rsatadigan makoni hisoblanadi. Qadimgi yunonlar demokratiya terminini ishlab chiqqanlarida, tabiiy-ijtimoiy jarayonga e’tiborni qaratgan edilar, ya’ni kishilar o‘zlari yashayotgan joyga xos bo‘lgan imkoniyatlarni yaratadilar. Demak, demokratiya - bu xalq hokimiyati yoki xalq boshqaruvi sifatida ommani turli tabaqalari ijtimoiy faolligini taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasining asosiy kuch-qudratini manbai – bu xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiq qolganligidir. O‘zbekistondagi ana shunday umuminsoniy qadriyatlar sarchashmalaridan biri mahalla tizimi ekanligi to‘g‘risida yuqorida to‘xtalib o‘tgan edik. Uning nufuzini oshirish, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ulkan ma’naviy masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. “TASDIQLAYMAN” Yoshlar bilan ishlash bo’yicha direktor o’rinbosari: ____________________ F.Nizomova № 32 MA’NAVIY- MA’RIFIY SOAT REJASI Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling