Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар
- ILOVA AQLIY HUJUM SAVOLLARI
Download 2.58 Mb.
|
I-kurs ma\'naviyat soati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 - ILOVA Kichik guruhlarga savol.
- 4 - ILOVA “QANDAY” – ORGANAYZER
2 - ILOVA
AQLIY HUJUM SAVOLLARI Hazrat Navoiy so’zga qanday ta’rif bergan? Donishmand Buzrugmehr so’zlash qobilyati haqida nima degan? Islom dinining muqaddas kitobi Qur’oni karimda so’zlash borasida nima deyilgan?. 3 - ILOVA Kichik guruhlarga savol. Qobusnoma asari muallifi Kaykavus o’g’liga so’zlash tartiblariga amal qilish borasida qanday maslahatlar bergan? So’zlash madaniyatiga doir hikmatli so’z va she’rlardan misol keltiring. 4 - ILOVA “QANDAY” – ORGANAYZER “Shirin so’z va muomalalikni qanday oshirish mumkin?” davom ettiring! 1-ILOVA Mavzu: “So‘zlashuv va muloqot madaniyati”. Tayanch so’z va iboralar: So’z, gap, so’zlashuv, muomala, Buzrgmehr, til, ofat, saodat, muloqat, xulq – atvor. Goho o‘ttiz ikkita tish bitta tilga soqchilik qilolmaydi-da bosh baloga qoladi. O‘tkir Hoshimov Qadim zamonlarda bir mamlakatning podshosi tush ko‘ribdi, tushida barcha tishlari to‘kilib tushganmish. Ertalab vazirlarini birma-bir huzuriga chorlabdi va ulardan tushuning ta’birini so‘rabdi. Shunda huzuriga birinchi bo‘lib kirgan vazir debdi: - Olampanoh, tushungizning ta’biri shulki, siz barcha qarindosh urug‘laringiz o‘lganidan so‘ng vafot etar ekansiz. Bu gapni eshitib podshohning g‘azabi kelibdi va vazirni qatl etishni buyuribdi. Ikkinchi bo‘lib kirgan vazir tush bayonini diqqat bilan tinglab, shunday ta’bir beribdi: - Olampanoh, sizning umringizni uzoq qilmish, ya’ni-ki, barcha qarindosh-urug‘laringizdan uzoqroq yashar ekansiz. Shunda podshohning ta’bi ochilib, vaziriga qimmatbaho sovg‘alar in’om etgan ekan. So‘zlash qobiliyatimiz borki, biz fikrimizni bayon etamiz, bir-birimiz bilan muomila qilib, muloqotda bo‘lamiz. Hazrat Navoiy: So‘zdurki, nishon berur o‘likka Jondin, So‘zdurki, berur jonga xabar Jonondin, Insonni so‘z ayladi judo Hayvondin, Bilkim, guhari sharifroq yo‘q Ondin. Navoiy yuqorida, so‘zlash qobiliyatimiz, inson bilan hayvon o‘rtasidagi asosiy farqlardan biri ekanligini, hamda uning jon bag‘ishlovchi qudrat vositasi sanalishini yuqoridagi misralarda go‘zal qilib ifodalagan. Agar mana shu so‘zlash kabi xudo bergan ne’mat bo‘lmaganda qanday holda bo‘lar edik. Bir kuni Buzurgmehrdan: «So‘zlash yaxshimi yoki sukutmi?» deb so‘radilar. U esa: «So‘zlash!» - deb javob berdi. Undan: «Nega bo‘lmasa o‘tmish hakimlari doimo aksini aytib keldilar?» deb so‘rashdi. Buzurgmehr: «So‘zlash afzal deganimning ma’nosi shuki, agar bu vosita bo‘lmaganda edi, sukutdagi beqiyos xislatlar ochilmay qolardi!» - deb javob berdi. 15 Donishmand Buzurgmehr ta’kidlaganidek, so‘zlash qobiliyatimiz bo‘lmaganda sukut orqali paydo bo‘ladigan xislatlarimiz qadrsiz bo‘lardi. Sharqning barcha xalqlarida so‘zlash va muloqot madaniyatiga alohida e’tibor berilgan bo‘lib, bu to‘g‘rida turli durdona asarlar bitilgan. Sharq xalqlarida so‘z qudratini, uning har qanday ezgulik boshi yoki bo‘zg‘unchilik sababchisi bo‘lishini yaxshi bilganlar. Qadimda podshohlar el oldida davlat tuzimi, itoatkorlik, diniy qoidalar, xalqaro ahvol, o‘z siyosatlari haqida juma kunlari, xalqning hayit va bayramlarida nutq so‘zlaganlar. Milodning IX asriga kelib, shohlar bu ishni maxsus so‘z ustalariga topshira boshlaganlar va ularni «voiz»lar, deb ataganlar. Voizlik san’ati tugal shakllanib, jahon madaniyati xazinasida Bahovuddin Valad, Jaloliddin Rumiy, Xusain Koshifiy, Muin Voiz Haraviy kabi o‘nlab so‘z ustalari yetishdi. 16 Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling