Тасдиқлайман тдси стоматология факультети
III синф кариес кавакларни чархлаш ва пломбалаш
Download 1.75 Mb.
|
P.R.S javobi
III синф кариес кавакларни чархлаш ва пломбалаш.
Javob: . III sinf. Blek bo‘yicha III sinf kariyes kovagini shakllantirish tishning qo‘ shni tishlarga nisbatan joylashishiga bog‘liq. Agar tishlar zich joylashgan bo‘lsa, avval separator bilan tishlar bir-biridan ajratiladi. Agar kariyes kovagi kesuvchi va qoziq tishlaming kontakt yuzasida joylashgan bo‘lib, kovakka kirish oson bo‘lsa, uchburchak qilib shakllantiriladi. Agar kovak kontakt va til yoki tanglay yuzalarida bo‘lsa, ular uchun til yoki tanglay yuzadan umumiy qo‘shimcha maydon hosil qilinadi. III sinf kariyes kovagi quyidagi elementlardan iborat: 1. Kovak tubi; 2. Milk oldi devori; 3. Lab (lunj) devori; 4. Tanglay (oral) devori. Kovak tubi. O‘rta kariyesda silliq, chuqur kariyesda qavariq bo‘ladi. Fissur (silindrik), teskari konusli, g‘ildiraksimon, sharsimon borlar qo’llaniladi. Milk oldi devorlari. Milk qirg‘og‘iga parallel yoki tish bo‘shlig‘iga o‘tkir burchak ostida joylashadi. Fissur, teskari, konus, sharsimon borlar ishlatiladi. Lab devori ostida dentini yo‘q emal faqat sement bilan plombalanganda saqlanadi. Qo‘llanadigan borlar: sharsimon, teskari konussimon. Til yoki tanglay devori – bu yerda qo‘shimcha maydon hosil qilinadi. Silindrik, teskari konusli, sharsimon borlardan foydalaniladi. Kompozit plombalar ishlatilganda kovak qirg‘oqlarida 45⁰ burchak ostida fals hosil qilinadi. Finirlar, olmos boshchalari, emal pichog‘idan foydalaniladi. Fals kovak va plomba ashyosi orasidagi kontaktni kengaytiradi. Plombaning chaynov bosimi natijasidagi siljishining oldini oladi. Bu sinfga kiruvchi karioz kovaklar restavratsiyasida zararlangan to’qimani butunlay tozalash va tishning anatomic shaklini qayta tiklashdan tashqari tishning tashqi ko’rinishi va estetikasi ham muhim o’rin tutadi. Bo’shliqni ochishda tishning vestibulyar yuzasidagi emalni saqlab qolishga e’tibor beriladi. Shu bilan birga, emalning deminerallashgan barcha qismi olib tashlanadi. III sinf karioz kovakni ochish turli usullarda olib boriladi:
To’g’ridan – to’g’ri kirish – 1)qo’shni tish bo’lmaganda; 2)qo’shni tishda charxlangan kovak mavjud bo’lganda; 3)trema va diastemalar mavjud bo’lganda foydalanish mumkin. Bu usul olmosli yoki qotishmali kichik sharsimon bor orqali amalga oshiriladi. Til yuzasidan kirish – estetik jihatdan qulay hisoblanadi. Bu usuldan karioz kovak uncha katta bo’lmaganda, 1-marta III sinf karioz kovak charxlanganda, vestibulyar yuzada emalni saqlab qolish imkoni bo’lganda amalga oshiriladi. Bu usulda kavakni ochish karioz o’choqdan, tish qirrasidan 0,5-1 mm uzoqlikdan boshlanadi. Bunda kichik hajmdagi sharsimon yoki noksimon olmos borlardan foydalaniladi va borni tish tanasiga perpendikulyar yo’naltiriladi. Odatda trepanatsiya bo’shlig’i milk yo’nalishida ochiladi, bunda tishning kesuv qirrasi zararlanmasligiga e’tibor qaratiladi. Bor karioz kovakni ochganidan keyin kontakt yuza charxlanadi. Bu operatsiya sharsimon yoki noksimon bor bilan amalga oshiriladi, bunda qo’shni tish matritsa yordamida ajratiladi yoki osilib qolgan emalni emal pichog’i bilan olib tashlash mumkin. Vestibulyar yuzadan kirish – texnik jihatdan qulay bo’lishi bilan birga, estetik jihatdan oqlanmaydi. Bu usuldan karioz bo’shliq hajmmi katta bo’lganda, vestibulyar emalning katta qismi zaralanganda, bundan tashqari vestibulyar yuzada eski plomba bo’lganda foydalaniladi. Bunda faqat zaralangan emal olib tashlanadi. Agar zararlanmagan bo’lsa, asosida dentin mavjud bo’lmagan emal ham saqlab qolinadi. Profilaktik kengaytirish minimal tarzda olib boriladi. Bunda frontal tishlarning kariyesga moyil qismlari kamligidan va bu kontakt yuza hamda kontakt yuza va tish bo’yni orasidagi soha bilan cheklanishidan foydalaniladi. Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling