Тасдиқлайман тдси стоматология факультети
I синф кариес кавакларни чархлаш ва пломбалаш
Download 1.75 Mb.
|
P.R.S javobi
I синф кариес кавакларни чархлаш ва пломбалаш.
Javob: 1-sinf karioz kovak molar, premolar tishlarning tabiiy fissuralari va hamma guruh tishlarning ko’r chuqurchalarida joylashadi. Blek bo’yicha I sinf karioz bo’shliqlarni charxlash prinsiplari: Kariozli dentinni puxta to’liq olib tashlash; Oldini olish maqsadida kengaytirish – kariyes retsidivi taraqqiy etishini oldini olish maqsadida bo’shliqni tish immun zonalarigacha profilaktik kengaytirish. Immun zonalar – bu tishlarning bo’rtiqlari va qavariq zonalari; Bo’shliqni “yashiksimon” formada, plomba va tishlarning chaynaganda yuzaga chiquvchi kuchlar uchun chidamliligini ta’minlovchi preparovkalar; Osilib turuvchi, tayanchga ega bo’lmagan emal qirralarini, ularning sinishi va kariyes retsidivini oldini olish maqsadida olib tashlash; Plomba qo’yish uchun qulay bo’lgan bo’shliqni shakllantirish. Charxlash: 1-bosqich. Karioz kovakni ochish. Bo’shliqni ochish osilib qolgan va tagida qalin, sog’lom dentin to’qimasini saqlamagan emalni olib tashlashdan boshlanadi. Bunda olib tashlanadigan to’qima miqdori karioz o’chog’i hajmiga qarab belgilanadi. Bu bosqichning maqsadi shikastlangan to’qimaga kirish imkoniyatinini yaratish va karioz jarayonining hajmini aniqlashdan iboratdir. Bo’shliqni ochish kerakli o’lchamdagi olmos yoki qotishmali fissur yoki sharsimon (alangasimon) bor bilan yuqori tezlikda (turbinali dastakda), havo-suvli sovutish bilan amalga oshiriladi. 2-bosqich. Profilaktik kengaytirish. O’rta o’lchamdagi konussimon, alangasimon va fissur borlar bilan amalga oshiriladi. Bu bosqichda bo’shliqqa yakuniy tashqi ishlov beriladi. I.G.Lukomskiy “biologik muvofiqlashtirish” metodi bilan ishlanganda bu bosqich amalga oshirilmaydi. Blekning “profilaktik kengaytirish” metodi bilan ishlanganda bo’shliq immun zonalargacha kengaytiriladi. 3-bosqich. Nekroektomiya. Bu bosqich yumshoqlashgan va pigmentlangan hamma to’qimani olib tashlashni o’z ichiga oladi. Morfologik nuqtai nazardan deminerallashgan to’qima olib tashlanadi. Odatda ekskavator va turli o’lchamdagi sharsimon borlarning uncha katta bo’lmagan tezlikda aylanishi bilan amalga oshiriladi. Eng yumshagan to’qimalarni ekskavator bilan olib tashlanadi. Sharsimon bor bilan boshida devorlarni, so’ngra tubni preparovka qilinadi. Tish pulpasini shikastlanishdan saqlash uchun bor harakatlari bo’shliq markazidan tishning tashqi yuzasiga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. 4-bosqich. Bo’shliqni shakllantirish. Yuza va o’rta kariyesda ishlov berish jarayonida bo’shliq “yashiksimon” shaklga kirishi kerak. Devorlar bir-biriga parallel va tubga perpendikulyar bo’lishi kerak. Chuqur kariyesda pulpa shoxlariga yaqin sohalarda tubni bo’rtiq holida qoldiriladi. Bo’shliqqa talab etilgan shaklni berish uchun maxsus suv sovutgichli silindrik (devorlarning shakllanishi), teskari konussimon (tekis tubni shakllanishi) va noksimon borlarni qo’llagan yaxshiroq, chunki bo’shliqning shakllanishi tish pulpasi bilan to’g’ridan-to’g’ri yaqinlikda amalga oshiriladi. Bu holatda qattiq to’qimalarning qizib ketishi yallig’lanishga olib kelishi mumkin. Chuqur kariyesda tub katta sharsimon borlar bilan shakllantiriladi. Bo’shliq devorlari chaynash vaqtidagi yuklamalarda sinib tushmasligi uchun imkon boricha qalinroq qoldirilishi kerak. Deformatsion zo’riqishni pasaytirish maqsadida plombirovka materialida bo’shliq chegaralari orasida burchaklarni yumaloqroq shakllantirish zarur. G’ildiraksiomn borlar yordamida dentinda bo’shliqni shakllantirishda egatlar ko’rinishidagi plombaning qo’shimcha fiksatsiyasini ta’minlovchi retension punktlar yaratiladi. 5-bosqich. Emal qirralariga ishlov berish (finirlash) bo’shliq shakllanishining yakuniy bosqichi hisoblanadi. Bu ishonchli qirrali yopishni ta’minlash va ikkilamchi kariyes rivojlanishini oldini olish maqsadida o’tkaziladi. Emal prizmalarining yuza qismi karioz bo’shliqqa kirish teshigi oldida dentin tomonidan tayanchga ega emas va chaynov bosimiga eng qarshiligi kam bo’lgan soha hisoblanadi. Ularning sinishi ikkilamchi kariyes hosil bo’lishiga olib keladi. Priparovkalashda bo’shliq qirrasi bo’yicha 45⁰ burchak ostida qiyshiqlik (fals) yaratish ko’zda tutiladi. Bundan tashqari, hosil qilingan qiyshiqlik plombirovka materialining kontakt yuzasini kattalashtiradi va plombaning chaynov bosimi vaqtida o’qidan siljishdan himoya qiladi. Emal qirralarini tekislash va qiyshiqlikni yaratish ignasimon, alangasimon yoki konussimon shaklli olmos borlar yordamida, suv sovutgichni qo’llash bilan yuqori tezlikda harakatlanishda o’tkaziladi. Blek tasnifiga binoan, l sinf bo’yicha karies bo’shlig‘ining shakli tish charxlangandan so’ng uning shakli qaysi yuzasida joylashuviga bog‘liq bo’lib, silindrik, uchburchak, to‘rtburchak, rombsimon, qo‘shuv belgisi, gantelsimon bo‘lishi mumkin. Bir tishda bir qancha karies bo‘shlig'i bo'lsa, u holda bo‘shliqlar bitta devor bo’ylab qo‘shilgan holda shakllantiriladi, tubi esa yassi shaklda bo‘ladi. Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling