Тасдиқлайман тдси стоматология факультети
IV синф кариес кавакларни чархлаш ва пломбалаш
Download 1.75 Mb.
|
P.R.S javobi
IV синф кариес кавакларни чархлаш ва пломбалаш.
Javob: IV sinf karioz kovak restavratsiyasida: - tish tojining 1/3 qismidan kamrog’i zararlanganda – kompozit plomba bilan; - tish tojining ½ qismidan kami kariyesga uchraganda – vinirlash; - tish tojining ½ qismidan ko’pi kariyesga uchraganda – yangi keramik yoki metallo-keramik koronka qo’yish. Bo’shliqni ochish – odatda vestibulyar yuzadan amalga oshiriladi. Buning ahamiyati keying estetik qayta tiklashda va mikromexanik retension nuqtalarni hosil qilishda qulayligi.
Vestibulyar yuzadan kirish – keng tarqalgan, bunda faqat zararlangan emal emas, balki keying estetik restavratsiyaga halaqit beradigan emal ham olib tashlanadi. Ost qismida dentin saqlamagan emal olib tashlanadi. Agar eski plomba bo’lsa, u butunlay olib tashlanadi. Bo’shliqni ochish kichik olmosli sharsimon yoki noksimonbor bilan amalga oshiriladi. To’g’ridan-to’g’ri kirish – yon tish bo’lmaganda yoki karioz kovak bo’lganda, diastema, tremalar mavjud bo’lganda amalga oshiriladi. Bunda faqat zararlangan emal olib tashlanadi. Til yuzasidan kirish – vestibulyar yuzada emalni saqlab qolish imkoni bo’lganda amalga oshiriladi. Insizal kirish (kesuv yuzasidan) – kesuv yuzasidan karioz bo’shliqqa kirish imkoni bo’lganda. Bunda ingichka fissur bor bilan karioz kovakka kiriladi hamda vestibulyar va til yuzasidan ko’proq miqdorda emal saqlab qolishga harakat qilinadi. Profilaktik kengaytirish yengil va o’rta kariyeslarda amalga oshirilmaydi. Profilaktik kengaytirish maqsadida faqat kovakning milk chetidan qo’shni tish tomon charxlash tavsiya etiladi. Nekroektomiya: hamma zararlangan va pigmentlangan dentin va emal olib tashlanadi. Ostida dentin saqlamagan emal ham estetik tiklash uchun olib tashlanadi. Pulpaga yaqin bo’lgan qismlarni qo’l asboblari bilan nekroektomiya qilinadi. Bu sinfda asosiy maydon bilan birga qo‘shimcha maydon shakllantiriladi. Qo‘shimcha maydon qaldirg‘och dumi, egatcha, uchburchak shakllarda bo‘lib, uning tubi asosiy kovak tubiga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida bo‘lishi kerak. Qo‘shimcha maydonning joylashuvi va shakli kesuv qirralarning holatiga, hajmiga bog‘liq. Qo‘shimcha maydon hosil qilishda fissur, teskari konus, nayzasimon borlardan foydalaniladi;
Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling