«Тасдиқлайман»
Download 473.5 Kb.
|
41-17.Guruh yigilish bayonnomalari2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’tkazilish joyi: «Maktabgacha ta’lim »
- Qatnashdilar: Guruh rahbari va 26 nafar talaba. Kun tartibi
BAYONNOMASI № 16
Kun tartibi: 1." Inson – eng oliy qadriyat "mavzusi haqida. 2.O’zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir ma’lumotlar. 3.Har xil masalalar.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan guruh rahbari D.Jo’rayeva so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir hafta davomidagi ma’lumotlar haqida, jumladan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev taklifiga binoan Afg’oniston islom respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf G’ani 4-dekabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizgaio kelganligini ta’kidlab o’tdi. Bunda quyidagi ma’lumotlarga alohida e’tiborini qaratdi: Oliy martabali mehmon Hazrati Imom majmuasiga tashrif buyurdi. Mo’yi Muborak madrasasida saqlanayotgan Usmon Musxafiy va boshqa tarixiy, ma’rifiy yodgorliklarni katta qiziqish bilan ko’zdan kechirdi. Muloqotda mamlakatlarmiz o’rtasidagi hamkorlikning dolzarb mavzulari ko’rib chiqildi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar, xususan, terrorizm, ekstremizm va narkotrafikaga qarshi kurash, Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi. Hamkor davlatlar va tashkilotlarning moliyaviy, iqtisodiy va insonparvarlik yordamiga tayangan holda va BMTning faol ishtirokida umummilliy yarashuvga erishish muhim ekanligini uqtirib o’tdi. Axborot soatida “Afg’oniston islom respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf G’ani Buxoro davlat universitetining faxriy doktori”, “Transport-tranzit salohiyatidan samarali foydalanish - ulkan daromad manbai”, “Konstitutsiya-erkin va farovon xayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir”, “Davlatimizning yuksak mukofotlari” topshirildi, “Rizq-ro’zimiz bunyodkori bo’lgan qishloq xo’jaligi xodimlari mehnatini ulug’lash, soha rivojini yangi bosqichga ko’tarish-asosiy vazifamizdir” deb nomlangan O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoevning Qishloq xo’jaligi xodimlari kuniga bag’ishlangan tantanali marosimidagi nutqi ham o’qib eshittirildi. Kun tartibidagi uchinchi masala bo’yicha guruh rahbari D.Jo’rayeva so’zga chiqib, universitet qonun qoidalarga rioya qilgan holda talabalarning kiyinish madaniyati, qish mavsumi kirib kelganligi munosabati bilan ijarada, uydan qatnovchi talabalarga texnika xavfsizligiga rioya qilish, har-xil isitish pechlarini o’zboshimchalik bilan foydalanmaslik, yo’l xarakati xavfsizligiga rioya qilgan holda kelib-ketishi haqida tushunchalar berib o’tdilar. Download 473.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling