«Tajriba vositasida o‘qitish sikli» (D.Kolb g‘oyasi)
Mazkur metod quyidagi to‘rt omil asosiga quriladi
«Tajriba vositasida o‘qitish sikli» metodining asosiy omillari.
YUqorida qayd etilgan omillarning har biri muayyan shior (g‘oya)ga asoslanadi. CHunonchi:
tahsil oluvchilar uchun mashq (topshiriq)lar mazmunini tanqidiy o‘rganish va ular ustida fikr yuritish imkonini beruvchi sharoitni yarat (reflektiv kuzatish);
tahsil oluvchilarga zarur nazariy bilimlarni ber;
muammo yuzasidan bildirilgan fikrlarni umumlashtirish va xulosalash uchun sharoit yarat (abstrakt xulosalash (konseptuallash));
tahsil oluvchilarga mukammal shakllangan, ayni vaqtda yana bir bor tekshirib chiqilishi lozim bo‘lgan mashq (topshiriq)larni ishlab chiqish imkonini ber (faol tajriba olib borishga tayyorlanish);
yakuniy xulosani shaxsiy tajribadan o‘tkaz va faoliyatda undan foydalan (aniq tajriba o‘tkazish).
«Qarama qarshi munosabat» metodi
Metod o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘zlashtirilgan bilimlarni tahlil va sintez qilish asosida asosiy hamda ikkinchi darajali ma’lumotlar sifatida guruhlarga ajratish imkonini beradi. Metodni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
– mavzuning umumiy mazmuni yodga olinib, uning ahamiyatini yorituvchi tayanch tushunchalar aniqlanadi;
– ular muayyan ketmaketlikda qayd etiladi;
– tushunchalar shaxsiy yondashuv asosida muhim va u qadar muhim bo‘lmagan tushunchalar tarzida guruhlanadi;
– jadval yaratilib, uning 1ustuniga muhim bo‘lgan, 2ustuniga muhim bo‘lmagan tushunchalar yoziladi;
– kichik guruhlar asosida shaxsiy yondashuvlar muhokama qilinadi;
– jamoaning umumiy fikriga ko‘ra yakuniy xulosani ifoda etuvchi jadval yaratiladi.
Tahsil oluvchilar faoliyatining samaradorligini ta’minlash uchun ularning e’tiborlariga quyidagi jadvallarni taqdim etish maqsadga muvofiqdir:
YAkka tartibda ishlash jarayonida foydalanish uchun:
Do'stlaringiz bilan baham: |