Tasdiqlangan "tbc bank" atbning 2022 yil 19 maydagi 18-sonli Boshqaruv bayonnomasi bilan Boshqaruv Raisi Tetrashvili S. “tbc bank” atb bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etilishi boʻyicha bosh shartlar


 Karta egasining huquqlari:  5.1.14.1


Download 439.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/52
Sana27.03.2023
Hajmi439.33 Kb.
#1301033
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52
Bog'liq
tandc-finaluzbclean-2

5.1.14. Karta egasining huquqlari: 
5.1.14.1. Oʻz hisobidagi qoldigʻʻini toʻʻldirish; 
5.1.14.2. Hisob raqamidan u bajargan barcha operatsiyalarni aks ettiruvchi koʼchirma 
olish. Shu bilan birga, Karta egasi ushbu Bosh shartlarda taqdim etilgan aloqa kanallari orqali 
ushbu xizmatni Bankdan shaxsan oʻzi soʼrashi lozim; 
5.1.14.3. Kartalardagi PIN kodlarni oʻz xohishiga koʻra oʻzgartirish.
5.1.15. Karta egasi Bankning barcha xizmatlarini www.tbcbank.uz veb-saytida 
koʼrsatilgan narxlarda toʼlash majburiyatini oladi. 
5.1.16. Bank kartasini ochish va unga/virtual bank kartasiga xizmat koʻrsatish boʻyicha
shartnomaga muvofiq Bank tomonidan koʼrsatilgan xizmatlarga haq toʼlash, Karta egasining 
qabulisiz va qoʼshimcha roziligisiz yechib olinadi. Shuningdek, foydalanuvchi xizmat uchun 
haqni boshqa hisob varaqlardan naqdsiz toʼlashi mumkin. 
5.1.17. Bank tariflarning oʼzgarishi toʼgʼrisida va ular kuchga kirgunga qadar 10 kun oldin 
xabardor qiladi, bank bu haqida maʼlumotni Masofaviy bank xizmati tizimi yoki bank xizmat 
koʼrsatish markazlarida, shuningdek, www.tbcbank.uz veb-sayti orqali eʼlon beradi, agar bunday 
oʼzgartirishlar Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid boʼlmasa va bank 
xizmatlari isteʻʻmolchilarining huquqlarini buzmasa. Аgar Karta egasi oʼzgartirishlar eʼlon 
qilingan kundan boshlab 10 kun ichida hech qanday shikoyat yoki eʼtiroz bildirmasa, bu 
oʼzgarishlar kuchga kiradi va Karta egasi ularning huquq va majburiyatlarini tasdiqlaydi. 
5.1.18. Karta egasi bankka kartasi oʼgʼirlanishi yoki yoʼqolishi toʼgʼrisida yozma ravishda 
xabar berishidan oldin va kartaning PIN-kodi uchinchi shaxslarga yoki boshqalarga maʼlum 
boʼlishi gumoni haqida xabar berishidan oldin, Bank mijozning maxfiy maʼlumotni saqlash 
majburiyatini buzishi natijasida yetkazilgan zararlar uchun, har qanday moliyaviy yoʼqotishlar va 
operatsiyalar uchun javobgar boʼlmaydi. 
5.1.19. Bank uchinchi tomonning aybiga koʼra toʼlov tizimlari ishida yuzaga kelgan 
uzilishlar uchun javobgar boʼlmaydi (YaRPM, YaXPM ham shu jumladan, lekin cheklanib 
qolmaydi). 
5.1.20. ATB "TBC Bank"ning masofaviy bank xizmati tizimida bank mijozi tomonidan 
roʼyxatga olingan boshqa banklarga tegishli boʼlgan qoʼshimcha kartochkalar orqali amalga 
oshirilgan tovarlar va xizmatlar uchun toʼlangan toʼlovlar uchun bank javobgar boʼlmaydi. 
5.1.21. Bankdan tashqarida toʼlov tizimlarida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun Bank 
javobgar emas, tomonlarning tegishli majburiyatlari toʼlov tizimlari tomonidan taqdim etilgan 
alohida huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi; 

Download 439.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling