ATB “TBC Bank”
“Bank mahsulot va xizmatlari taqdim etilishining bosh shartlari”
16
bank karta hisob raqamini ochish (bundan buyon matnda “Hisob” deb nomlanuvchi), bank karta
(lar) ni/virtual bank kartalarini (bundan buyon matnda “Karta” deb nomlanuvchi) Karta egasiga
taqdim etish, shuningdek, hisob raqamiga xizmat koʻrsatish majburiyatini oladi.
5.1.2. Karta egasi nomiga karta ochish uchun, Karta egasi BSh bilan tanishishi va qabul
qilishi hamda Kartani MBX yoki korporativ www.tbcbank.uz veb-sayti
orqali ariza berishi
muhim.
5.1.3. Bankning masofaviy bank xizmati tizimida shartnoma muvaffaqiyatli
identifikatsiyadan va qabul qilinganidan soʼng, Karta egasiga keyingi
bank kunidan boshlab
Hisob raqam ochiladi va Karta 3 bank kun ichida beriladi.
5.1.4. Hisob raqamni ochgandan va kartani rasmiylashtirgandan soʼng, Karta egasiga u
bankka tashrif buyurganidan soʼng Karta taqdim etiladi,
yoki kuryer orqali shaxs
tasdiqlanganidan soʼng shaxsan beriladi.
5.1.5. Bank kartasining amal qilish muddati bank kartalari va banklararo toʼlov tizimi
orqali naqd pulsiz toʼlovlarni amalga oshirish uchun toʼlov tizimida belgilangan qoidalar bilan
belgilanadi va bank kartasining old tomonida koʼrsatiladi.
5.1.6. Kartalar bank yoki vakolatli organ tomonidan Bosh shartlardan kelib chiqqan holda,
Bank kartasini ochish va unga xizmat koʻrsatish boʻyicha
shartnoma, toʼlov tizimlari qoidalari
va amaldagi Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda blokirovka qilinishi
mumkin.
5.1.7. Karta mijozning yozma arizasiga binoan yoki Bosh shartda belgilangan aloqa
kanallaridagi soʼrovnomasiga binoan, yoki masofaviy bank xizmati
yordamida blokirovka
qilinishi mumkin.
5.1.8. Karta boʼyicha operatsiyalarni toʼxtatib turish “Jinoyat yoʼlidagi daromadlarni
legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va tijorat banklari uchun ommaviy qirgʼin
qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʼyicha ichki nazorat qoidalari”ga va
Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda
tutilgan boshqa holatlarga
muvofiq amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: