5.2.15. Bank quyidagi huquqlarga ega:
5.2.15.1. Agar Karta egasi mazkur BSh ga hamda Xalqaro bank kartasini ochish va unga
xizmat koʻrsatish Shartnomasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari
normalariga rioya etmasa, XBK amal qilishini toʻxtatib turish.
5.2.15.2. Agar Karta egasi tomonidan yozma yoki masofaviy aloqa kanallari orqali ariza
yuborilgan boʻlsa, XBK ni istalgan vaqtda bloklash. Misol uchun, XBK ni yoʻqotish yoki unga
zarar yetkazish holatlarida.
5.2.15.3. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga koʻra taqiqlangan yoki
unga zid boʻlgan holda hisobvaraqlarga va maqsadlarni koʻzlab mablagʻ oʻtkazmaslik.
5.2.15.4. Zarur hollatlarda, amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Karta egasi
tomonidan hisobraqam boʻyicha amalga oshiriladigan operatsiyalarning qonuniyligini tekshirish
va xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq zarur tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish.
5.2.15.5. Karta egasi tomonidan ushbu BSh, Xalqaro bank kartasini ochish va unga xizmat
ko‘rsatish shartnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi normalari buzilgan taqdirda, Xalqaro bank
kartasini ochish va unga xizmat ko‘rsatish shartnomasini bekor qilish.
5.2.15.6. Quyidagi hollatlarda oldindan ogohlantirmasdan karta operatsiyalarini bloklash:
5.2.15.6.1. himoya chorasi sifatida taxminiy firibgarlik yuzaga kelsa;
5.2.15.6.2. davlat organlarining talabiga binoan
5.2.15.6.3. Vakolatli xalqaro tashkilotlarning sanksiyalariga muvofiq, shuningdek,
banklararo kreditlar berishning xalqaro normalari buzilganligi munosabati bilan karta egasining
sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishi.
5.2.15.6.4. amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollatlarda.
5.2.15.7. Karta egasining roziligisiz hisobraqamdan quyidagilarni yechib olish:
Do'stlaringiz bilan baham: |