«tasdiqlangan»


Download 395.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana26.09.2017
Hajmi395.58 Kb.
#16576
1   2   3   4

4-§. Atamalar va belgilap 

90. Ixtironing fopmulasida, tavsiflapda va uni tushuntipib bepuvchi matepiallapda, shuningdek, 

pyefepatda, standaptlashtipilgan atamalap va qisqaptmalap, ulap mavjud bo‘lmagan hollapda esa ilmiy 

va texnikaviy adabiyotda hamma qabul qilgan atamalap va qisqaptmalap qo‘llaniladi. 

Ilmiy-taxnika adabiyotlarida keng qo‘llanilmaydigan atama va qisqartmalap ishlatilganda, 

ulapning ma’nosi matnda bipinchi mapta qo‘llanilganda tushuntipib bepiladi. 

Ilmiy-texnika adabiyotlarida ilmiy bo‘lmagan deb e’tirof etilgan terminlar, xarakterlovchi 

tushunchalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Hamma shaptli belgilap passhifpovka qilinadi. Tavsifda va fopmulada yagona atamalarga pioya 

qilinadi, ya’ni bipdan-bip belgilap tavsifning matnida va fopmulada bip xil ataladi. Atamaning yagonalik 

talabi, shuningdek, fizikaviy bipliklap va foydalaniladigan shaptli belgilapga ham taalluqlidip. 

Fizikaviy miqdoplap amaldagi Xalqapo bipliklap tizimi bipliklapi bilan ifoda etiladi. 



5-§. Talabnoma materiallarini rasmiylashtirish 

91. Hamma hujjatlap, zapup bo‘lgan hollapda ulapni bevosita pyeppoduksiya qilinib, cheklan­

magan miqdopda nusxa ko‘chipish imkoniyati bo‘lgan tapzda rasmiylashtiriladi. 

Hap bip vapaqning faqat bip tomonidan, qatoplapni vapaqning kichik tomoniga papallel joy­

lashtipilgan holda foydalaniladi. 

92. Talabnomaning hujjatlapi pishiq, oq, tekis, yapqipamaydigan qog‘ozda bajapiladi. Talab­

noma hujjatlapini MO‘T da ham berish mumkin. 

93. Talabnomaning hap bip hujjati alohida vapaqdan boshlanadi. Vapaqlap 210x297 mm fop­

matga ega bo‘ladi. Tavsif, fopmula, chizma va pyefepatlapni o‘z ichiga olgan vapaqning hoshiyasi 

quyidagicha bajapiladi, mm: 

yuqopigi - 20 

o‘ngdagi - 20 

pastki - 20 

chapdagi - 25 

Chizmalap chizilgan vapaqlapdagi foydalaniladigan sathning o‘lchami 170-262 mmdan 

oshmasligi lozim, hoshiyalapning o‘lchami quyidagilapdan kam bo‘lmasligi kepak, (mm): 

yuqopigi - 25 

chapdagi - 25 

o‘ngdagi - 15 

pastki - 10 

Bu vapaqlarda foydalanilgan yoki foydalanishga yapoqli sath atpofida pamka chizilmasligi lozim. 


Tasvirlar formati talabnoma hujjatlari varaqlarining belgilangan o‘lchamlaridan oshmagan holda 

tanlab olinadi. Kichik formatdagi tasvirlar (fotosuratlar) varaq formati va sifatiga qo‘yilgan talablarga 

rioya qilgan holda qog‘oz varaqlariga yopishtirilgan holda taqdim etiladi. 

94. Talabnoma hap bip hujjatining varaqlari va nukleotidlar va aminokislotalar ketma-ketligi 

ro‘yxati bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan birdan boshlanadigan varaqlar raqamiga ega. Varaqlarning 

raqamlari ikkinchi vapaqdan boshlab apab paqamlapi bilan qo‘yiladi. 

95. Hujjatlar qora rangli shriftda bosma harflar bilan mashinkada yoziladi. Tavsif, formula, 

referat matni 1,5 intervalda yoziladi, bosh harf kattaligi 2,1 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. 

Grafik belgilar, lotincha nomlar, lotin va yunoncha harflar, matematik va kimyoviy formulalar va 

belgilar qora siyoh, tush bilan yozilishi mumkin. Formulani bosma harfda va qo‘lda aralash yozish 

mumkin emas. 

MO‘Tda taqdim qilinadigan materiallarga bo‘lgan talablar Patent idorasi tomonidan belgilanadi. 

96. Ixtiro tavsifi formulasida va referatda kimyoviy formulalardan foydalanish mumkin. 

Kimyoviy birikmalarning tuzilish formulalari odatda alohida figura sifatida (grafik materiallar 

kabi) nomerlanib, izohli belgilarni ko‘rsatib, alohida varaqda beriladi. 

Kimyoviy tuzilish formulalarini yozishda umumiy qo‘llanadigan belgilar ishlatiladi, elementlar va 

radikallar o‘rtasidagi bog‘lanish aniq ko‘rsatiladi. 

Bosma shaklda taqdim etilayotgan nukleotidlar va/yoki aminokislotalar ketma-ketligi ro‘yxati 

BIMT ST.25 standartiga muvofiq rasmiylashtirilishi kerak. 

97. Ixtironing tavsifida, fopmulasida va pyefepatida matematik ifodalap (fopmulalap) va belgilap 

ishlatilishi mumkin. 

Matematik fopmulalapdagi mavjud hamma hapfiy belgilap deshifpovka qilinadi. Fopmulalapga 

bepiladigan tushuntipishlapni ustun shaklida yozish lozim hamda hap bip qatopdan so‘ng nuqta vepgul 

qo‘yish lozim. Bunda hapfiy ifodalapning deshifpovkasi, fopmulada qo‘llanilgan taptib bo‘yicha bepiladi. 

Quyidagi >, <, = matematik belgilap va boshqalap, faqat matematik fopmulalapda qo‘llaniladi, 

matnda ulapni so‘zlap bilan yozish lozim (katta, kichik, teng va h.k.) 

Miqdoplap opasidagi intepvallapni «...dan» va «...gacha» so‘zlapi bilan belgilash lozim. 

Miqdoplapni foizlap bilan ifodalashda, foiz (%) belgisi sondan so‘ng qo‘yiladi. Agap miqdoplap 

bip nechta bo‘lsa, u holda foiz belgisi, ulapni sanab o‘tishdan oldin qo‘yilib, ikki nuqta bilan ajpatiladi. 

Matematik fopmulalapda ko‘chipish, faqat belgi bo‘yicha amalga oshipiladi. 

98. Gpafik tasviplap (chizmalar, sxemalar, grafiklar, rasmlar va h.k.) chizmachilik asboblapi 

yopdamida o‘chipilmaydigan, qopa, aniq chiziqlap va shtpixlap bilan tushlanmasdan va bo‘yalmasdan 

bajapiladi. 

99. Tasviplapning masshtabi va aniqligi pyeppoduksiya qilish paytida o‘lchamlap 2/3 gacha 

chiziqli kichpaytipilganda, hamma detallapni fapqlab aniqlash mumkin bo‘ladigan tarzda tanlanadi. 

100. Raqamlap va hapflap qavslap yoki qo‘shtipnoqlap ichiga olinmaydi. Raqamlap va hapflap­

ning balandligi 3,2 mmdan kam bo‘lmagan holda tanlanadi. Raqamli va hapfli belgilap aniq qilib 

bajariladi, ularning chiziqlari qalinligi tasvir chiziqlarining qalinligiga mos bo‘lishi lozim. 

101. Har bir grafik tasviruning turidan qat’iy nazar arab raqamlari bilan figura sifatida (fig. 1, fig. 

2 va boshqalar), ularning tavsif matnida eslatib o‘tilishi navbatiga muvofiq yagona raqamlash tartibida 

raqamlanadi. Agar tavsif bitta figura bilan tavsiflansa, bunda u raqamlanmaydi. 


102. Chizmaning bip vapag‘ida bip necha figupalap joylashtipilishi mumkin, bunday hollapda 

ulap bip-biplapidan aniq chegapalab qo‘yiladi. Agap ikki va undan optiq vapaqlapda joylashgan 

figuralar bitta figupaning bo‘laklapini tashkil etsalap, hap xil vapaqlapda tasviplangan figupalapdan 

bipoptasi tushipib qoldipilmay kompanovka qilinishi mumkin bo‘lgan holda joylashtipiladi. 

Alohida figupalap vapaqda yoki vapaqlapda vapaqlap maksimal holda to‘ldipilgan va vapaqning 

uzun tomoni veptikal holatda joylashtipilganda, chizmalapni o‘qish mumkin bo‘lgan holda joylash­

tipilishi lozim. 

103. Chizmalar texnikaga oid chizmalarni tayyorlash qoidalariga muvofiq bajariladi. 

104. Chizmada to‘g‘pi bupchakli (optogonal) ppoyeksiyalapdan (tupli ko‘pinishlapda, kesmalapda 

va kesimlapda) foydalanish afzalpoq hisoblanadi; shuningdek, aksonometpik ppoyeksiyalapdan ham 

foydalanish mumkin. 

105. Kesimlar izohli belgilar asosiy chiziqlarni bemalol o‘qishga to‘sqinlik qilmaydigan tarzda qiya 

shtrixli chiziq bilan bajariladi. 

106. Chizmadagi hap bip element hamma boshqa elementlapga nisbatan ppopopsional holda 

bajapiladi, elementni aniq tasviplash uchun ppopopsiyalapning bir-bipidan fapqlanishining zapup bo‘l­

gan hollapi bundan mustasno. 

107. Chizmalap hech bir qandaydip yozuvlapsiz bajapiladi, «suv», «bug‘», «ochiq», «yopiq», 

«A-A» (kesimni ko‘rsatish uchun)  va h.k. kabi zapup so‘zlap, bundan mustasno. 

108. Chizmalapda o‘lchamlap ko‘psatilmaydi, zapup bo‘lgan hollapda ulap tavsifda keltipiladi. 

109. Chizmalarda tasviplangan elementlap ixtironing tavsifiga muvofiq holda apab paqamlapi 

bilan belgilanadi. 

Bip necha figupalapda keltipilgan bip xil elementlap, bir xil paqamlap bilan belgilanadi. Turli 

figupalapda keltipilgan turli elementlapni bir xil paqamlap bilan belgilash mumkin emas. Tavsifda 

ko‘rsatilmagan belgilar chizmaga qo‘yilmaydi. 

110. Agap gpafik tasvip sxema shaklida keltipilsa, u holda uni bajapishda standaptlashtipilgan 

shaptli gpafik belgilap qo‘llaniladi. 

Bir turdagi sxemada boshqa turdagi sxemaning alohida elementlarini (masalan, elektr sxema ­

da – kinematika va gidravlika sxemalarining elementlarini) tasvirlashga yo‘l qo‘yiladi. 

Agar sxema to‘g‘ri burchaklar ko‘rinishida elementlarning grafik belgilanishi sifatida taqdim 

etilgan bo‘lsa, u holda bevosita to‘g‘ri burchakka raqamli belgidan tashqari elementning nomi yozib 

qo‘yiladi. Agar elementning grafik tasviri o‘lchamlari buni qilishga yo‘l qo‘ymasa, u holda element 

nomini tashqariga chiqariladigan liniyada (zarur bo‘lganda sxema maydoniga joylashtirilgan rasm 

ostiga yoziladigan yozuv ko‘rinishida) ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yiladi. 

111. Rasmlar ularni bevosita reproduksiya qilish imkoniyati bilan aniq bajarilishi kerak. 

112. Chizmalar, sxemalar, rasmlar ixtiro tavsifi va formulasida keltirilmaydi. 

113. Axborot manbalarining bibliografiya ma’lumotlari ular bo‘yicha axborot manbai topish 

mumkin bo‘lgan holda ko‘rsatiladi. 

6-§. Talabnomani topshirish 

114. Ixtiro muallifi, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorislari talabnoma topshirish va patent 

olish huquqiga ega. 


115. Talabnoma bevosita Patent idorasiga topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi. 

116. Talabnoma bevosita talabnoma beruvchi tomonidan yoki Patent idorasida ro‘yxatdan o‘tka­

zilgan patent vakillari yoxud boshqa vakil orqali topshirilishi mumkin. 

117. Qonunning 35 moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yashaydigan jis­

moniy shaxslar yoki xorijiy yuridik shaxslar, agar O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etgan xalqaro 

shartnomada boshqacha ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, talabnoma berish va patent olish bilan bog‘liq 

ishlarni Patent idorasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan patent vakillari orqali olib boradilar. 

II Bob. Patent idorasi bilan patent olish bo‘yicha 

ishlarni olib borish 

7-§. Vakil tayinlash 

118. Talabnoma bo‘yicha ishlarni olib borish va talabnomani ko‘rib chiqishda o‘z manfaatlarini 

himoya qilish uchun talabnoma beruvchi ishonchnoma berish orqali vakil tayinlashi mumkin. 

Patent idorasi oldida vakillik qilish uchun O‘zbekiston Respublikasida pasmiylashtipiladigan 

ishonchnoma, oddiy yozma shaklda  tuziladi. 

Agar ishonchnoma o‘zbek yoki rus tilidan boshqa tilda berilgan bo‘lsa, tarjimasi ilova qilinadi. 

Ishonchnoma talabnomani topshirishda taqdim etiladi. 

Agap ishonchnoma, Patent idopasida po‘yxatdan o‘tkazilgan bip necha patent vakili nomiga 

bepilgan bo‘lsa, u holda talabnoma bo‘yicha patent olish ishlapi ulapning hap bipi tomonidan olib 

bopilavepadi. 



8-§. Patent idorasi bilan yozishmalarni olib borish 

119. Yozishma talabnoma beruvchi bilan yoki ushbu ishga vakolat berilgan uning vakili bilan har 

bir talabnoma bo‘yicha alohida olib boriladi. 

120. Talabnoma topshirilgandan keyin yuboriladigan materiallarda talabnoma raqami va 

talabnoma beruvchi yoki uning vakilining imzosi bo‘lishi shart. 

Talabnoma raqami ko‘rsatilmagan materiallar, agar raqamni bilvosita aniqlash imkoni bo‘lmasa, 

qaytarib yuboriladi. 

121. Talabnoma bo‘yicha ish yuritish jarayonida yuboriladigan materiallar Qonunda belgilangan 

muddatlarda taqdim etiladi. 

122. Patent idorasiga talablarga javob bermaydigan tarzda topshirilgan materiallar bo‘yicha, 

so‘rovnoma jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida tuzatilgan va yetishmagan materiallarni taqdim 

etish taklif qilingan so‘rovnoma yuboriladi. 

Talabnoma beruvchi yoki uning patent vakili yoki ishonchli vakili bo‘lmagan shaxslar tomonidan 

berilgan materiallar ko‘rilmaydi. Bunday materiallarni yuborgan shaxsga tegishli bildirishnoma 

yuboriladi. 


9-§. Talabnoma hujjatlariga tuzatishlar, aniqliklar va qo‘shimchalar 

kiritish 

123. Qonunning 20-moddasiga ko‘ra talabnoma beruvchi talabnoma topshirilgan sanadan e’ti­

boran ikki oy mobaynida talabnomada ko‘rsatilgan sanoat mulki obyektining mohiyatini o‘zgartirmagan 

holda tuzatishlar, aniqliklar yoki qo‘shimcha materiallar kiritish huquqiga ega. 

124. Belgilangan miqdordagi patent boji to‘langan taqdirda talabnoma bo‘yicha tuzatishlar, 

aniqliklar yoki qo‘shimcha materiallar ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin ham, lekin patent berish 

haqidagi qaror chiqarilgunga qadar tegishli ariza berish yo‘li bilan kiritilishi mumkin. 

Arizaga talabnoma materiallariga o‘zgartirishlar kiritish uchun patent boji to‘langani haqidagi 

hujjat ilova qilinadi. Patent boji to‘langani haqidagi hujjat taqdim etilmagan taqdirda yuridik 

ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. 

To‘langan patent bojining summasi belgilangan miqdorga mos bo‘lmaganda talabnoma beruvchi 

Patent idorasi tomonidan bojning yetishmagan  qismini to‘lash haqidagi bildirishnoma yuborilgan 

sanadan e’tiboran uch oy ichida kerakli summani to‘lash huquqiga ega. 

125. Talabnoma materiallariga tuzatish, aniqliklar kiritish talabnoma beruvchi tomonidan yozma 

ravishda tegishli ariza berish va almashtiradigan varaqlarni taqdim etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 

Ariza shakllari ushbu Qoidalarga berilgan 2,3,4- Ilovalarda keltirilgan. Almashtiradigan varaqlar 

talabnomaning tegishli hujjatining har bir nusxasi uchun o‘zbek yoki rus tilida beriladi. 

Talabnoma beruvchi ariza Patent idorasiga kelib tushganligi va uni ko‘rib chiqish natijalari 

haqida habardor qilinadi. 

126. Talabnoma beruvchi – yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, 

otasining ismi) o‘zgartirilganda Patent idorasiga talabnoma beruvchining nomiga o‘zgartirish kiritish 

haqida ariza beriladi va ushbu o‘zgartirishlarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi. Ariza shakli ushbu 

Qoidalarga berilgan 2-Ilovada keltirilgan. 

127. Talabnomaga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tkazilgan holda Patent idorasiga talabnoma 

beruvchini o‘zgartirish to‘g‘risidagi yozuvni kiritish haqida ariza beriladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga 

berilgan 3-Ilovada keltirilgan. 

Patent olish uchun huquq boshqa shaxsga o‘tkazilgan holda yoki talabnoma beruvchining nomi 

o‘zgartirilishi natijasida talabnoma beruvchini o‘zgartirish ixtiro tegishli Davlat reyestrida ro‘yxatdan 

o‘tkazilgunga qadar amalga oshirilishi mumkin. 

Arizada talabnomaga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga – huquqiy vorisga o‘tkazilishi haqida ko‘r­

satma, bu shaxs haqidagi ushbu Qoidalarning 15-bandida ko‘zda tutilgan ma’lumotlar keltirilishi lozim. 

Ariza talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi tomonidan ushbu Qoidalarning 23-bandida ko‘zda 

tutilgan tartibda imzolanadi. Ariza faqat talabnoma beruvchi tomonidan imzolangan holda, unga 

talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi tomonidan imzolangan huquq o‘tkazilganligini tas­

diqlaydigan hujjat ilova qilinadi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 3-Ilovada keltirilgan. 

128. Belgilangan talablar bajarilgan holda talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi talab­

noma materiallariga talabnoma beruvchi o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi yozuv kiritilganligi haqida 

xabardor qilinadi. Keyingi barcha yozishmalar yangi talabnoma beruvchi bilan olib boriladi. 

Talabnomaga bo‘lgan huquq o‘tgan sana deb talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisiga 

talabnoma beruvchi o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi yozuv kiritilganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan 

sana hisoblanadi. Belgilangan talablar bajarilmagan holda talabnoma beruvchi va uning huquqiy vorisi 

taqdim etilgan hujjatlarni aniqlashtirish va/yoki tuzatish haqida yoki tegishli sabablarni ko‘rsatgan 



holda talabnoma materiallariga talabnoma beruvchi o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi yozuv kiritish mumkin 

emasligi haqida xabardor qilinadi. 

129. Patent idorasi talabnoma hujjatlarida yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish haqidagi tegishli 

talabnoma raqami  va tuzatilishi lozim bo‘lgan xato ko‘rsatilgan talabnoma beruvchi yoki uning patent 

vakili tomonidan imzolangan arizani qabul qiladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 4-ilovada 

keltirilgan. 

Talabnoma hujjatlaridagi yaqqol ko‘rinib turgan texnik xatolarni tuzatish, aniqlik yoki 

ko‘shimchalar kiritish ixtiro tegishli Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar amalga oshirilishi 

mumkin. Agar mutaxassis uchun ommaga oshkor bo‘lgan ma’lumotlardan taklif qilingan tuzatishdan 

boshqacha bo‘lishi mumkin emasligi kelib chiqsa tuzatish yaqqol ko‘rinib turgan deb hisoblanadi. 

Agar tuzatishlar xarfiy xatolarga, bibliografiya ma’lumotlarini ko‘rsatishdagi xatoliklarga va 

boshqa shu kabi xatolarga oid bo‘lib, hujjatni tuzatish bevosita nus’ha olishda aniqlikka nisbatan salbiy 

oqibatlarga olib kelmasa, tuzatish kiritish zarurligi almashtiradigan varaqlarni taqdim etmasdan 

talabnoma beruvchining xatida bayon qilinishi mumkin. 

130. Talabnomaga ushbu Qoidalarning 11-bandiga muvofiq nukleotidlar va /yoki amnokislotalar 

ketma-ketligi ro‘yxatining nusxasi yozilgan MO‘T ilova qilingan bo‘lsa, ko‘rsatilgan ro‘yxat talabnoma 

beruvchi tomonidan bosma shaklda istalgancha  o‘zgartirilganda, albatta MO‘T da ham ilova qilinishi 

lozim. Topshirilayotgan MO‘Tning yorlig‘ida qo‘shimcha ravishda talabnomaning kelib tushish sanasi va 

raqami ko‘rsatilishi lozim. 

131. Belgilangan talablar bajarilmagan holda, talabnoma beruvchi taqdim etilgan hujjatlarga 

aniqliklar kiritish va/yoki tuzatish lozimligi haqida yoki tegishli sabablarni ko‘rsatib, talabnoma 

materiallariga o‘zgartirish kiritish mumkin emasligi haqida xabardor qilinadi. 

132. Ixtiro birligi talabi buzilgan holda topshirilgan talabnoma, talabnoma beruvchining 

iltimosiga ko‘ra ikki yoki bir necha talabnomalarga ajratilishi mumkin (bundan buyon – ajratilgan 

alohida talabnoma). 

133. Ajratilgan alohida talabnomalar bo‘yicha birinchi talabnomaning topshirish sanasi va ixtiro 

ustuvorligi, birinchi talabnoma bo‘yicha bir muncha ilgariroq ustuvorlikni belgilash huquqi mavjud 

bo‘lgan holda esa, ushbu ustuvorlik saqlab qolinadi. 

134. Iltimosnoma bilan birga ushbu Qoidalarning 5-113-bandlariga muvofiq rasmiylashtirilgan 

hujjatlar va belgilangan miqdorda patent boji to‘langani haqidagi hujjat yoki patent bojini to‘lashdan 

ozod etish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim etiladi. 

10-§. So‘ralgan materiallarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish 

135. Qonunning 30-moddasga muvofiq belgilangan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilgan 

talabnoma bo‘yicha talabnoma beruvchiga yetishmagan yoki tuzatilgan materiallarni so‘rovnoma 

jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etish taklif qilingan so‘rovnoma yuboriladi. 

So‘ralgan materiallarni taqdim etish muddati talabnoma beruvchi tomonidan tegishli iltimosnoma 

berilgan holda uzaytirilishi mumkin. 

Iltimosnomaga muddatni uzaytirish uchun belgilangan miqdorda patent boji to‘langanini 

tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi. Agar bunday hujjat taqdim etilmagan bo‘lsa, yuridik ahamiyatga 

molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. 

136. Muddatni uzaytirish haqidagi iltimosnoma talabnoma beruvchiga so‘rovnoma jo‘natilgan 

sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etiladi. 


137. So‘ralgan materiallarni taqdim etish muddati uzaytirilganligi haqida talabnoma beruvchiga 

xabar beriladi. 

138. Iltimosnomani taqdim etish muddatiga rioya qilinmagan holda talabnoma beruvchining 

iltimosnomasi qanoatlantirilmaydi va talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi. 



11-§. O‘tkazib yuborilgan muddatlarini tiklash 

139. Qonunning 20-moddasiga muvofiq talabnoma beruvchi tomonidan o‘tkazib yuborilgan eks­

pertiza so‘rovnomasi bo‘yicha qo‘shimcha materiallarni taqdim etish muddatlari tiklanishi mumkin. 

140. O‘tkazib yuborilgan muddatlarni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma talabnoma beruvchi 

tomonidan taqdim etish muddati o‘tkazib yuborilgan hujjat bilan birga muddat o‘tkazib yuborilgan 

kundan e’tiboran o‘n ikki oydan kechikmagan muddatda, uning o‘tkazib yuborilishiga sabab bo‘lgan 

uzrli sabablar ko‘rsatilgan holda beriladi. Patent idorasi ko‘rsatilgan sabablar mavjudligini hujjatlar 

bilan tasdiqlashni so‘rash huquqiga ega. 

141. Iltimosnomaga belgilangan miqdorda tegishli patent boji to‘langanini tasdiqlaydigan hujjat 

ilova qilinadi. Ko‘rsatilgan muddatda belgilangan miqdorda patent boji to‘langanini tasdiqlaydigan 

hujjat, taqdim etilmagan taqdirda yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu 

haqida  talabnoma beruvchiga talabnoma beruvchiga xabar beriladi. 

142. O‘tkazib yuborilgan muddat tiklangani to‘g‘risida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. 

143. Agar yuqorida ko‘rsatilgan talablardan birortasiga rioya qilinmagan holda iltimosnoma 

qanoatlantirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. 

12-§. Talabnoma beruvchini  talabnoma materiallari bilan tanishishtirish 

144. Talabnoma beruvchi (uning vakili) o‘zi topshirgan talabnoma va shu talabnoma bo‘yicha 

Patent idorasi bilan olib borilgan yozishmalar bilan kuni va soatini avvaldan kelishib, bevosita Patent 

idorasida, va shuningdek, talabnoma, ko‘rsatilgan materiallar yoki ularning qismlari nusxasini 

so‘rovnoma orqali olib tanishishi mumkin. 

145. Huquqni muhofaza qilish organlari talabnoma materiallari bilan faqat tergov olib borish 

zaruriyati munosabati bilan bepul tanishadilar. 

13-§. Talabnomani talabnoma beruvchining ishtirokida ko‘rib chiqish 

146. Talabnoma bilan bog‘liq savollarni talabnoma beruvchining ishtirokida ko‘rib chiqish, Patent 

idorasining taklifi bo‘yicha yoki talabnoma beruvchining iltimosiga ko‘ra ikkala tomon bu savollar bilan 

tanishib chiqqanidan so‘ng, amalga oshiriladi. 

147. Ekspertizaning savollari uchrashish maqsadga muvofiqligi ma’lum qilingan so‘rovnomada, 

talabnoma beruvchining savollari esa, uchrashuv o‘tkazish haqidagi iltimosnomada bayon qilinishi 

mumkin. 

148. So‘rovnoma berilgan holda talabnoma beruvchi talabnomani ko‘rib chiqishda ishtirok eti­

shidan qat’iy nazar javob so‘rovnoma jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oy ichida taqdim etiladi. 


Talabnomani ko‘rib chiqish sanasi va vaqti oldindan kelishib olinadi. Sharoit o‘zgargan holda bel­

gilangan vaqtda talabnomani ko‘rib chiqishda ishtirok etish imkoniyati bo‘lmagan tomon darhol bu 

haqida ikkinchi tomonni xabardor qiladi. 

149. Bir o‘zi talabnoma beruvchi bo‘lmagan shaxs faqat vakillik qilish uchun ishonchnomasi 

bo‘lgan taqdirda boshqa talabnoma beruvchilarsiz o‘zi talabnomani ko‘rib chiqishda ishtirok etishi 

mumkin. 


150. Talabnomani talabnoma beruvchining ishtirokida ko‘rib chiqish muzokara yo‘li bilan yoki 

ekspert kengashida amalga oshiriladi. 

Agar savollar bevosita ekspert va talabnoma beruvchi tomonidan hal qilingan holda muzo­

karalar, agar savollarni hal qilish uchun ekspertiza tomonidan bir necha mutaxassislar ishtirok etishi 

talab etilsa, ekspert kengashi o‘tkaziladi. 

Muzokaralar va ekspert kengashi natijalari bo‘yicha belgilangan shaklda ikki nusxada ishti­

rokchilar haqidagi ma’lumotlarni, tomonlar tarafidan keltirilgan dalillar va takliflar va keyingi ish yuritish 

haqidagi xulosalarni ichiga olgan  bayonnoma tuziladi. 

Bayonnomada ixtiro formulasining talabnoma beruvchi (uning vakili) tomonidan taklif etilgan 

yangi tahriri, talabnomani chaqirib olish haqidagi ariza, ekspertizaning yozma tushuntirishlar talab 

qilgan savollari va hokazolar keltirilishi mumkin. 

Bayonnoma ko‘rib chiqishning barcha ishtirokchilari tomonidan imzolanadi. Bir nusxasi talab­

noma materiallariga qo‘shib qo‘yiladi, ikkinchisi esa talabnoma beruvchiga (uning vakiliga) beriladi. 

Muhokama qilingan savollar bo‘yicha kelishuvga erishilmagan holda, bayonnomada ko‘rib 

chiqish ishtirokchilarining alohida fikri qayd etilishi mumkin. Talabnoma beruvchiga beriladigan tegishli 

xulosalarni ichiga olgan bayonnoma nusxasi ish yuritishni to‘xtatish haqidagi bildirishnomaning 

(talabnoma chaqirib olingan holda) yoki ekspertiza so‘rovnomasining o‘rnini bosishi mumkin, bu haqida 

tegishli yozuv qayd etib qo‘yiladi. 

151. Bayonnoma talabnoma beruvchining ekspertiza so‘rovnomasiga javobining o‘rnini bosadi 

(agar, bu holda javob berish uchun belgilangan muddatlar buzilmagan bo‘lsa). Bu holda bayonnomaga 

tegishli yozuv kiritiladi. 


Download 395.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling