Magistrlar quyidagi huquqlarga ega:
ta’lim, fan, madaniyat, texnika, iqtisodiyot, ijtimoiy yoki boshqa sohalarning zamonaviy taraqqiyoti darajasiga mos keluvchi bilimlarni olish;
oliy ta’lim muassasasining muhim masalalarini muhokama etish va hal qilishda bevosita ishtirok etish;
axborot-resurs markazidagi axborot resurslari, o’quv, ilmiy, tibbiy va boshqa turdagi xizmatlardan oliy ta’lim muassasasining ustavida belgilangan tartibda bepul foydalanish;
ilmiy-tadqiqot ishlarida, konferensiya va simpoziumlarda ishtirok etish;
o’z ilmiy-tadqiqot ishlarini nashrga taqdim etish;
oliy ta’lim muassasasi rahbariyatining qarorlaridan norozi bo’lgan taqdirda, ularning ustidan shikoyat qilish;
talabalar uchun belgilangan tartib va miqdordagi stipendiya, shuningdek Davlat stipendiyalari hamda o’qishga yo’llagan юridik va jismoniy shaxslar tomonidan tayinlagan stipendiyalarni olish.
Talaba qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo’lishi mumkin.
Magistrlarning majburiyatlari:
oliy ta’limning ta’lim dasturlari va o’quv rejada nazarda tutilgan bilimlarni egallash;
o’quv rejada nazarda tutilgan topshiriqlarning barcha turlarini, shuningdek dissertasiyani belgilangan muddatda bajarish;
oliy ta’lim muassasasining Ustavi, ichki tartib qoidalari va talabalar turar joylari qoidalariga rioya etish.
Magistr zimmasida qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
Magistrant : Jo’rayev M.M. __________________
Ilmiy rahbar: 1-son ichki kasalliklar kafedrasi mudiri, t.f.n. Sadikov U.T. __________________
Do'stlaringiz bilan baham: |