Tasdiqlayman ” 2014 y ktbdo’ E. Pirmatov
– MAVZU: SO‘ROVGA MAYDONLARNI QO‘SHISH
Download 1.32 Mb.
|
maruza1
13 – MAVZU: SO‘ROVGA MAYDONLARNI QO‘SHISH
So‘rovga tanlangan jadvalning barcha maydonlarini kiritish shart emas. Masalan, ko‘rilayotgan misolda bizni “Guruh nomeri” (“Номер группы”), “Qatnachuvchi nomeri” (“Номер учащегося”), “Fan kodi” (“Код предмета”) va “Baho” (“Оценка”) lar qiziqtiradi. So‘rov faqat shu maydonlarga qaratilgan bo‘lishi zarur. So‘rov varaqasiga kerakli maydonlarni ularning nomini ro‘yxatdan olib o‘tish yordamida qo‘shiladi. Ro‘yxat konstruktor oynasining yuqori qismida shaklning Поле qatorida joylashgan bo‘ladi. Yana bir usuli maydon nomida sichqonni ikki marta bosish. Ko‘pchilik so‘rovlarni tashkil qilish jarayonida jadval may-donining qismi ishlatiladi. Ba’zida so‘rovga jadvalning barcha maydonlarini qo‘shish talab etiladi. Bu vazifani bir nechta usullar bilan bajarish mumkin: 9 So‘rov konstruktori oynasining yuqori qismida joylashgan jadval sarlavhasi qatorini sichqon bilan ikki marta bosib bar-cha maydonlarni belgilang va uni so‘rov varaqasining bi-rinchi qatoriga ko‘chirib o‘tkazing. Access jadvalning har bir maydonini avtomatik ravishda alohida ustunlarga joylashti-radi. 9 Jadval maydonlari ro‘yxatida * belgisini tanlang va uni so‘rov varaqasiga ko‘chirib o‘tkazing. Natijada jadvalning barcha maydonlari so‘rovga kiritiladi, ammo varaqada Имя Таблицы yozuvi paydo bo‘ladi. 4.3-rasm. Tanlashga so‘rov tayyorlash. So‘rovda ma’lumotlarni tartiblash So‘rovlar bajarilishi davomida qatnashadigan yozuvlar Recordset dinamik ma’lumotlar to‘plamida alfavit bo‘yicha o‘suvchi yoki kamayuvchi tartibida saralanishi mumkin. Bir paytning o‘zida bir nechta maydon (10 tagacha) tashkil etuvchi-lari ustida saralash ishlarini bajarish mumkin. Saralashni baja-rish uchun so‘rov varaqasining maydon nomiga ega va saralash bajarilishi zarur bo‘lgan ustuniga o‘tiladi, Сортировка satrida saralash usullari ko‘rsatiladi. Bu qatorda sichqon bosilganda sa-ralash usullari ko‘rsatilgan ro‘yxat maydoni paydo bo‘ladi. Отсутствует qiymati mazkur maydon bo‘yicha saralashni bekor qilishni bildiradi. So‘rovda maydonlarni aks ettirishni bekor qilish Zarurat tug‘ilganda yozuvlarning natijaviy to‘plamida may-donlarni aks ettirishni bekor qilish mumkin (hatto saralash baja-rilayotganlar uchun ham). So‘rov varaqasining mos ustunidagi Вывод на экран qatoridagi indikator ochilganda (yoqilganda) maydonlar so‘rov natijalari jadvalida aks ettiriladi. Aks ettirishni bekor qilish uchun indikatorni bosish (o‘chirish) yetarli. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling