Tasdiqlayman ” 2014 y ktbdo’ E. Pirmatov
Download 1.32 Mb.
|
maruza1
- Bu sahifa navigatsiya:
- (Рас пределение предметов )
Примечание ustunida xuddi o‘sha qatorga shunday matn kiriting: “Кол.часов по преподавателям” formasini oching.
[Enter] klavishi yordamida makrokomanda ustunining ikkinchi qatoriga o‘ting. Shu harakatni ochilishi kerak bo‘lgan hamma obуektlar uchun qaytaring (misol uchun, Darslarni taqsimlash (Распределение предметов), O‘qituvchilar ro‘yxati (Список преподaвателей) jadvallari). Makrokomanda ustunining keyingi bo‘sh yacheykasini bosing va kirish mumkin bo‘lgan makrokomandalar ro‘yxatini oching. Выполнить команду (Buyruqni bajarish) buyrug‘iga belgi qo‘ying. Аргументы макрокоманды sohasida buyruq maydoncha-sini ishga solamiz va ro‘yxatdan Tile Vertically elementini tanlaymiz. Shunday qilib, agar bir necha oyna ochilsa, makrokomanda ekranni bo‘lish operatsiyasini o‘zi ichiga oladi. Файл menyusidan Сохранить (Saqlash) buyrug‘ini chaqi-ring va makrosni “Размещение на экране” nomi ostida saqlab qo‘ying. 6.1-rasm. Yangi makros tayyorlash. Размещение на экране (Ekranga joylashtirish) makrosini ishga tushirilgandan so‘ng hamma kerakli ma’lumotlar bazasi-ning obуektlari yuklanadi va kerakli holda joylanadi. Har bir makrokomandani amalga oshirish uning argument-larining qiymatiga bog‘liq (ba’zi makrokomandalar, misol uchun Развернуть (Yoyish) argumentlarga ega emas). Foydalanuvchi makrokomandalarning sintaksisini yodlab olishi kerak emas — barcha argumentlar buning uchun maxsus makros oynasini past-ki qismida joylashgan maydonchasiga kiritiladi. Agar ruxsat etil-gan qiymatlar to‘plami ba’zi argumentlar uchun chegaralangan bo‘lsa, Access ularni ro‘yxat sifatida rasmiylashtiradi. Argu-mentlarni klaviatura yordamida kiritish mumkin, biroq, mavjud bo‘lmagan qiymatlarni bermaslik uchun ro‘yxatdan tanlagan yaxshiroqdir. Argumentlarni makros oynasining pastki qismida qanday joylashgan bo‘lsa, shunday berish tavsiya etiladi. 6.2-rasm. O‘qituvchilararo dars soatlari taqsimoti. 6.3-rasm. Ekranga joylashtirish makrosi. Makrosni ishlab chiqishni biz obуektlarni ochish, ya’ni ma’lumotlar bazasining oynasidan mos ravishdagi obуektlarni makrosning конструктор oynasi yacheykalarga tashlab o‘tish yo‘li bilan makrokomandalarni kiritishni boshladik. Shu bilan birga Access qaysi obуekt haqida gap borayotganini avtomatik o‘zi tanib, mos ravishda makrokomandalarni tanlaydi: forma uchun Открыть форму (Ochish) yoki jadval uchun Открыть таблицу (Jadvalni ochish). Tashib o‘tilgan obуektning nomi makrokomandaning argumentlar sohasida Имя (nom) parametri qiymati sifatida paydo bo‘ladi. Makrokomandada obуekt nomi ochilishini argumentlar sohasiga klaviatura orqali kiritish mumkin. Asosiysi makros bajarayotganda ochilayotgan obуekt mavjud bo‘lishi kerak, aks holda dastur xatolik haqida xabar beradi. Режим maydonchasiga kiritilgan makrokomanda ochilish obуektining keyingi argumenti ekranda aks etish rejimini aniqlaydi. Ushbu argumentning ruxsat etilgan qiymati Режим menyusidagi opsiyalarga mos keladi. 6.1-jadval. Makrokomanda rejim argumentlari
Выполнить команду makrokomandasi yordamida Access menyusidagi ko‘pgina buyruqlarni bajarish mumkin. Baja-rilayotgan buyruqning nomi Команда maydonchasida argument sifatida ko‘rsatiladi. Menyu qatorlari tarkibi faol obуekt ahvoli va tipiga bog‘liq. Выполнить команду makrokomandasidan foy-dalanilganda, qaysi obуekt oxirgi bo‘lib faollashtirilgan va qaysi rejimda joylashganligiga e’tibor berish kerak. Bu esa menyu buyrug‘ining ochiqligi va bajarilish to‘g‘riligiga bog‘liq. 6.2-jadval. Microsoft Access Makrokomandalari
Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling