Tasdiqlayman ” 2014 y ktbdo’ E. Pirmatov
– MAVZU: DIAGRAMMALI FORMALARNI LOYIHALASH
Download 1.32 Mb.
|
maruza1
16 – MAVZU: DIAGRAMMALI FORMALARNI LOYIHALASH
Diagrammali formalar eng ko‘p tarqalgan formalardan hisoblanadi. Guruhdagi o‘quvchilarning sonini aks ettiruvchi diagrammali forma tuzishga urinib ko‘raylik. Loyihalashga kirishish uchun ma’lumotlar bazasi oynasidagi формы qo‘yil-masini, so‘ngra Создать tugmasini bosamiz. Ochilgan forma yaratish muloqot oynasida formaga asos bo‘ladigan jadvalni tanlaymiz. Kombinatsiyalangan ro‘yxatdan GURUH RO‘Y-XATI (СПИСКИ ГРУПП) jadvalini, yuqoridagi ro‘yxatdan esa Диаграмма elementini tanlaymiz va ОК tugmasini bosamiz. 5.3-rasm. Diagrammali forma tayyorlash. Ekranda diagrammalar ustasining birinchi muloqot oynasi paydo bo‘ladi. 5.4-rasm. Diagrammali forma tayyorlashning muloqot oynasi. Agar forma jadvalning barcha maydonlaridan tashkil topishi zarur bo‘lsa ikkilangan strelkali (») tugmani bosamiz. Agarda formaga bir nechta maydonlarnigina kiritish zarur bo‘lganda chap ro‘yxatdagi kerakli maydon belgilanadi, so‘ngra ko‘chirish tugmasi (>) bosiladi. Maydonlarni ular formada tasvirlanisi kerak bo‘lgan ketma-ketlikda belgilaymiz. Accessda har xil turdagi diagrammalarni hosil qilish va ularni turlicha formatlash imkoniyati mavjud. Formatni belgi-lash bilan siz diagrammalarni aks ettirish usulini tanlagan bo‘lasiz. 5.5-rasm. Diagrammani tanlash oynasi. Далее tugmasini bosgandan so‘ng navbatdagi muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Unda diagrammaning yozuvlarini, uning legendasini va hisoblash turini berish mumkin. Diagrammaga legenda (shartli belgilarni tavsiflash) hosil qilish uchun НомГр maydonini Ряды sohasiga ko‘chirib o‘tkazamiz. Данные sohasida ma’lumotlari diagrammada tasvirlanishi lozim bo‘lgan maydon nomi ko‘rsatilishi kerak. Bu sohaga Кол-во nomli tugmani o‘tkazamiz. Agar bir nechta maydonlar o‘tkazilsa, tugmalar bir-biri bilan ustma-ust tushib qolmasligiga e’tibor berish zarur, aks holda bir tugmani boshqasi bilan 5.6-rasm. Diagrammani tayyorlashning birinchi oynasi. almashib ketishi mumkin. Agar maydon nomi tugmasi ikki marta bosilsa u holda yig‘indini hisoblash amalini yoki natijaviy qiymatlarning boshqa hisoblashlarini bajarish mumkin. 5.7-rasm. Diagrammani tayyorlashning ikkinchi oynasi. Далее tugmasini bosib diagrammalar ustasining diagram-malar uchun sarlavhalar kirituvchi oxirgi oynasiga o‘tamiz. 5.7-rasm. Diagrammani tayyorlashning uchinchi oynasi. O‘z-o‘zidan diagrammaning sarlavhasi sifatida bazaviy jad-valning nomi ishlatiladi. Готово tugmasini bosamiz. Ekranda hosil qilingan diagramma aks ettiriladi. Uni tuzish uchun das-turga bor-yo‘g‘i bir necha sekund kifoya qiladi. 5.8-rasm. Diagrammali forma. Diagrammani o‘zgartirish zarurati tug‘ilganda Вид menyusi-ning Конструктор buyrug‘ini tanlab yoki uskunalar panelidagi mos tugmani bosib konstruktor holatiga o‘tiladi. Hosil qilingan diagrammani har doim o‘zgartirish mumkin. Xususan uning turuni, parametrlarini, ma’lumotlar orientatsiyasini o‘zgartirish, hamda yangi elementni qo‘shish yoki keraksizini o‘chirish mumkin. Diagrammaga o‘zgartirishlar kiritish uchun forma konstruktori oynasida diagrammani ikki marta bosib Microsoft Grap dasturi chaqiriladi. O‘zgartirishlar kiritgandan so‘ng yana diagramma oynasiga o‘tiladi. Xabarlar oynasidagi OK tugmasini bosib, kiritilgan o‘zgartirishlarni saqlab qo‘yamiz.
Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling