Tasdiqlayman ” 2014 y ktbdo’ E. Pirmatov


V. FORMALAR BILAN ISHLASH


Download 1.32 Mb.
bet14/36
Sana25.11.2021
Hajmi1.32 Mb.
#177111
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Bog'liq
maruza1

V. FORMALAR BILAN ISHLASH

Ma’lumotlarni Access ga ikkita usulda kiritish mumkin: jadvalga va formaga (shaklga). Ma’lumotlarni kiritish usuli kelajak-da ularni o‘zgartirish chastotasiga bog‘liq.

Agar kiritilgan ma’lumotlar ahyon-ahyonda o‘zgartiriladigan bo‘lsa, u holda ular bilan ishlashda jadvallardan foydalangan ma’qul. Jadval rejimini ma’lumotlarni to‘liq ko‘zdan kechirish zaruriyati tug‘ilganda ham qo‘llash tavsiya etiladi. Agar kiriti-ladigan ma’lumotlar tez-tez o‘zgartiriladigan bo‘lsa ularni for­maga kiriting. Chunki bu holat e’tiborni aniq yozuvlarga tegish-li ma’lumotlarga qaratish imkonini beradi, masalan aniq mijoz-ga tegishli ma’lumotlar.

Ixtiyoriy forma Access — jadval yoki so‘rov asosida qurila-di. Maydon nomlari jadval spesifikasiyasidan olinadi, ularni for-mada joylashtirish esa o‘zimizning ixtiyorimizda bo‘ladi. Maydonlarning formada joylashish ketma-ketligini mantiqan bog‘langan maydonlarni guruhlarga jamlab aniqlash kerak bo‘ladi. Formaga boshqarish elementlarini ham qo‘yish mumkin. Bitta jadval asosida foydalanuvchi bir nechta forma yaratishi mumkin: bittasini rahbar uchun, boshqasini hisobchi uchun, uchinchisini ombor xizmatchisi uchun va hokazo. Formaning barcha ma’lumotlari uning boshqarish elementlarida saqlanadi, ba’zilari esa bazaviy jadval maydonlari bilan bevosita bog‘langan bo‘ladi. Bunday elementlarda jadval maydonlarining qiymatlarini ko‘rsatish va ularga o‘zgartirishlar kiritish mumkin. Formaning boshqa elementlari, masalan maydon nomlari, ularni jihozlash uchun xizmat qiladi.



Formani uch xil usul bilan hosil qilish mumkin:

  • Formalar konstruktori yordamida — forma maketi yaratila-di va foydalanuvchiga forma yaratish uchun mo‘ljallangan uskunalar to‘plamini (usta va quruvchi kabi avtomat-lashtirish vositalari ham) tavsiya qiladi.

  • Forma ustasi yordamida — formalarni loyihalash jarayonini “boshqaradi”. Foydalanuvchi va ustaning forma yaratish bo‘yicha muloqoti natijasida tayyor forma paydo bo‘ladi.

  • Avtoformadan foydalanib — tanlangan jadval asosida quyidagi tur formalardan biri hosil qilinadi: В столбец, Лен­точную, Табличную.

Forma yaratish uchun ma’lumotlar bazasi oynasining Фор­мы qo‘yilmasidagi Создать tugmasi bosiladi. Ekranda Новая форма muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Bu oynada dastur foy-dalanuvchiga forma yaratish usulini tanlashni tavsiya qiladi. Forma yaratish usullari ro‘yxatidan tanlashdan oldin oynaning pastki qismida joylashgan maydonda forma yaratishda asos qilib olinayotgan jadval yoki so‘rov ko‘rsatiladi.

5.1-rasm. Yangi forma tayyorlash.

Ro‘yxatdan Автоформа: в столбец elementini tanlang va OK tugmasini bosing.

Biroz vaqtdan so‘ng ekranda tayyor forma paydo bo‘ladi. Agar siz uni yopmoqchi bo‘lsangiz Access bu formaning saqlan-maganligi haqida eslatadi va uni IMTIHON QAYDNOMASI (ВЕДОМОСТЬ СДАЧИ ЭКЗАМЕНОВ) nomi bilan saqlash-ni tavsiya qiladi. Siz bu nomni o‘zgartirishga haqlisiz.



5.2-rasm. Tayyorlangan forma oynasi.




Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling