Tasdiqlayman ” 2014 y ktbdo’ E. Pirmatov


Download 1.32 Mb.
bet15/36
Sana25.11.2021
Hajmi1.32 Mb.
#177111
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
Bog'liq
maruza1

15 – MAVZU: FORMALARNI AKS ETTIRISH HOLATLARI

Har bir Access-formani ekranda quyidagi holatlarda aks ettirish mumkin:



  • konstruktor holatida;

  • forma holatida;

  • jadval holatida.

Ko‘rsatilgan holatlarni o‘zgartirish Вид menyusi buyruqlari yordamida yoki uskunalar panelidagi holatlar nomlari ro‘yxatini ochuvchi Вид tugmasi yordamida amalga oshiriladi.

Konstruktor holati. Formalarning konstruktor holati Вид menyusining Конструктор buyrug‘i yordamida o‘rnatiladi va u formalarni loyihalash uchun mo‘ljallangan.

Forma holati. Вид menyusining Режим формы buyrug‘i for­malarning ishchi ko‘rinishini o‘rnatadi. Bu holatda foydalanuvchi forma yaratilgan jadvalda qo‘shish, o‘chirish, yangilash va ma’lu-motlarni aks ettirish ishlarini bajarishi mumkin. Ma’lumotlar yozuvlar bo‘yicha (faqat bitta yozuv ma’lumotlari ko‘rinadi) yoki jadval ko‘rinishida (ekranda bir nechta yozuv paydo bo‘ladi) aks ettiriladi. Yozuvlar bo‘yicha tasvirlashni ma’lumotlarni qo‘shish va o‘zgartirish uchun ishlatish tavsiya etiladi.

Jadval holati. Formalarni jadval holatida tasvirlash Вид menyusining Режим таблицы buyrug‘i yordamida amalga oshiriladi. Bu holatda foydalanuvchi bir paytda bir nechta boshqaruv elementlarisiz formatlanmagan yozuvlarni ko‘rishi mumkin. Jadval holatida tasvirlangan forma har doim ham forma uchun asos bo‘lgan jadval bilan bir xil bo‘lmaydi. Maydonlarning formada va joriy jadvalda joylashish tartibi farq qilishi mumkin.

Formadagi yozuvlarni ko‘rish forma oynasining pastki qis-mida joylashgan strelkali tugmalar hamda [PageUp] va [PageDown] tugmalari yordamida amalga oshiriladi. Aktivlash-tirilgan maydon tashkil qiluvchilari belgilanadi. Forma maydon-larini tashkil etuvchilarini almashtirish mumkin bo‘lgan tahrir-lash holati [F2] tugmasini bosish yordamida o‘rnatiladi. Maydon tashkil etuvchilari o‘zgartirilganda forma oynasining belgilash ustunida qalam tasviri paydo bo‘ladi.

Formaga yangi yozuvlar kiritish mumkin. Buning uchun За­писи menyusining Ввод данных buyrug‘i mo‘ljallangan. Uni ishga tushirganda yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirish mumkin bo‘lgan bo‘sh yozuv paydo bo‘ladi. Formadan yozuvlarni o‘chirish [Delete] tugmasi yordamida amalga oshiriladi. O‘chiri-ladigan yozuv belgilanishi shart. Buning uchun belgilash ustuni-da sichqonni bosish yetarli. Yozuvlarni belgilash ustunidan tashqarida sichqonni bosish bilan bekor qilinadi. Belgilangan yozuvlar Правка menyusining Вырезать и Копировать buyrug‘i yordamida almashish buferiga olib qo‘yilishi mumkin. Formalarda izlash va almashtirish amallarini bajarish mumkin.




Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling