Tasdiqlayman ” 2014 y ktbdo’ E. Pirmatov


– MAVZU:. ENTITY-RELYATSION MODELI


Download 1.32 Mb.
bet6/36
Sana25.11.2021
Hajmi1.32 Mb.
#177111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
maruza1

5 – MAVZU:. ENTITY-RELYATSION MODELI

Ma’lumotlar bazasini loyihalashda har xil sеmantik modеl-lar ham ishlatiladi. Ulardan eng ko‘p tarqalganlaridan biriga — ER modеli dеyiladi. Bu modеl ingilizcha “Entity-relatsion” dеyilib, ma’nosi “Mohiyat-bog‘lanish” dеmakdir.

Bu modеl 1976-yil Pitеr Chеn tomonidan kiritilgan bo‘lib, u o‘ziga bir qator grafik diagrammalarni oluvchi bir nеcha har xil turdagi komponеntlarni birlashtirgan. Pitеr Chеn mohiyatlar to‘plami va ular orasida bog‘lanish sifatida rеlyatsion ma’lumot-lar strukturasini intеrpretatsiya qilishni taklif qiladi. ER mo-dеlining asosiy komponеntlari mohiyat, bog‘lanish va atribut bo‘lib hisoblanadi.

Infologik modelni qurishda ER diagramma tilini ishlatish mumkin.

Belgilar mohiyat;


  • atribut;

  • bog‘lanish, (uning ustida darajasi ko‘rsatiladi).

Ikki mohiyat, masalan, A va B o‘rtasida to‘rtta bog‘lanish turi bo‘lishi mumkin:

1. Birga-bir bog‘lanish (1:1):

Har bir vaqt momentida A mohiyatning har bir vakiliga (nusxasiga) B mohiyatning vakili 1 yoki 0 bilan mos keladi.





А

2.1-rasm. Birga-bir bog‘lanish.

Masalan: O‘quvchi jinsi erkak yoki ayol bo‘lishi mumkun. 2. Birga-ko‘p bog‘lanish (1:М): A mohiyatning bitta va-kiliga 0,1 yoki B mohiyatning bir necha vakili mos keladi.

A

2.2-rasm. Birga-ko‘p bog‘lanish.

Masalan: O‘quvchi imtihonda javob berishga 1, 2, 3, 4 yoki 5 ball olishi mumkin.

Xuddi shunday ikkala yo‘nalishda ham mohiyatlar orasida aloqa bo‘lishi mumkin. Yana ikkita aloqa turi mavjud.

3. Ko‘pga-bir bog‘lanish (М:1):

A2.3-rasm. Ko‘pga-bir bog‘lanish. 4. Ko‘pga-ko‘p bog‘lanish (М:N)





2.4-rasm. Ko‘pga-ko‘p bog‘lanish. Misol. Agar “Erkak” va “Ayol” mohiyatlari orasida bog‘la-nish mavjud bo‘lsa, unga “Nikoh” deyiladi. Bu holda bo‘lishi mumkin bo‘lgan to‘rtta bog‘lanish mavjud:

Erkak


1

Nikoh


1

Ayol An’anaviy nikoh.





Erkak

Ko‘p ayollik.







Erkak

Ko‘p erlik.

Erkak

M

Nikoh



N

Ayol


Guruhli nikoh.

2.5-rasm. Erkak va ayol mohiyatining bog‘lanishi.

Mohiyatlar o‘rtasidagi aloqalar xaraktеri yuqorida kеltiril-ganlar bilan chеgaralanmaydi. Yanada murakkab bog‘lanishlar ham mavjud.







M



Davolovchi doktor

N



Maslahatchi


Doktor

1 M


Bemor

2.6-rasm. Bir xil mohiyatlar o‘rtasidagi bog‘lanishlar to‘plami.

Bitta doktor davolayotgan bemor bir nеcha doktor-masla-hatchisiga ega bo‘lishi mumkin; doktor bir nеcha bemorlarni davolashi va bir vaqtning o‘zida boshqa bir nеcha bemorlarga maslahat bеrishi mumkin.


Doktor




Tahlil







P










Bemor




2.7-rasm. Trenar aloqalar.

Doktor bir necha bemorga bir nechta tahlil belgilashi mumkun, tahlil bir nechta doktor tomonidan bir nechta bemor-larga nisbatan belgilanishi ham mumkin va bemor bir nechta dok-tor tomonidan bir nechta tahlillarga tavsiya etilishi mumkin. Bunday aloqalar trenar aloqalar deyiladi.

Yuqori tartibdagi aloqalar semantikasi ba’zan juda murakkab bo‘ladi.

Ko‘rib chiqilayotgan bog‘lanishlarning ko‘rgazmaliligini oshirish uchun keltirilgan misollarda atributlar mohiyati va bar-cha ER diagrammalardagi assotsiatsiyasi ko‘rsatilmagan. Hatto bir nechtagina asosiy atributlarning kiritilishi ham ER diagram-mani anchagina murakkablashtiradi. Shunga muvofiq ER dia-grammalar tili bir nechta modellarni ko‘rishda va katta model-larning alohida qismlarini tasvirlashda foydalaniladi. Ko‘pincha kamroq ko‘rgazmali, lekin ancha mazmunli infologik model-lashtirish tili (IMT) qo‘llaniladi, unda mohiyat va assotsiat-siyalar quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi:

Mohiyat (Atribut1, Atribut2...., AtributN)

Assotsiatsiya [MohiyatS1, MohiyatS2,...] (atribut1, atribut2...., atributN)

Bu yerda S — bog‘lanish darajasi, atributlar esa kalitga kiruvchilardir va ular tagiga chizish orqali belgilanishi kerak.

Yuqo‘rida ko‘rib chiqilgan mohiyatlar orasidagi ko‘p bog‘-lanishli misoli IMTda quyidagicha tasvirlanadi:

Doktor (doktor nomeri, Familiyasi, Ismi, Otasining ismi, Mutaxassisligi).

Bemor (qaydnoma nomeri, palata nomeri, Familiyasi, Ismi, Otasining ismi, Manzili, Jinsi).

Davolovchi doktor [doktor1, Bemor M] (doktor nomeri, Qaydnoma nomeri).

Maslahatchi [doktorM, BemorN] (doktor nomeri, Qaydnoma nomeri).

ER diagrammalarida bog‘lanish — bu mohiyatlar, atributlar, assotsiatsiyalar va boshqa axborot obyektlarini tasvirlovchi geometrik shakllarni bog‘lovchi tizimdir. Matnda bu atama mohiyatlarning o‘zaro bog‘lanishini ko‘rsatish uchun qo‘llanila-di. Agar bu o‘zaro bog‘liqlik atributlarga ega bo‘lsa u holda assotsiatsiya deyiladi.


Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling