Tasdiqlayman ” 2014 y ktbdo’ E. Pirmatov
MB NI ACCESS GA LOYIHALASH
Download 1.32 Mb.
|
maruza1
3. MB NI ACCESS GA LOYIHALASH
8 – MAVZU: ACCESS OBYEKTLARI VA OYNASI Microsoft Access MBBT relyatsion ma’lumotar bazasini boshqaruvchi tizim sanalib, unda local ma’lumotlar bazasini, SQL-serverida ma’lumotlar bazasi yoki fayl serveri uchun lokal tarmoqda umumiy ma’lumotlar bazasi yaratish uchun barcha uskuna vositalari hamda foydalanuvchiga ma’lumotlar bazasi bilan ishlashi uchun dastur ilovalarini tuzish imkoniyatlari mavjud. Ma’lumotlar bazasi MDB-faylida quyidagi obyektlarni o‘z ichiga oladi:
jadvallar, so‘rovlar, ma’lumotlar sxemasi; formalar, hisobotlar, makroslar, modullar. Formalar, hisobotlar va ma’lumotlarga kirish sahifalari ma’lumotlarni qayta ishlash tipik jarayoni — ko‘rish, kriteriya (ma’lum shartlar) bo‘yicha qidirish va hisobot olish uchun ish-latiladi. Bu obyektlar ilovalari elementlarni boshqarish deb ataluvchi grafik elementlardan yaratiladi. Boshqarishning asosiy elementlari obyektlarni ma’lumotlar manbayi bo‘lgan jadval yozuvlari bilan bog‘lash uchun xizmat qiladi. Obyektlarga murojaatni avtomatlashtirish va ularning alo-qasida dastur kodlari ishlatiladi. Faqat dastur kodlari yordamida to‘laqonli foydalanuvchi ilovalari olinadi. Dastur kodlarini tuzish uchun VBA moduli va makroslar ishlatiladi. Har bir obyekt va boshqaruv elementi xossalar to‘plamiga ega. Xossani aniqlash uchun obyektlar va boshqarish element-larini to‘g‘rilash kerak. Access ma’lumotlar bazasi oynasida uning obyektlari tasvir-lanadi. Obyektlar bilan ishlashda barcha amallar, jumladan ma’lumotlar bazasini va ilovalarni yaratish ham shu oynada amalga oshiriladi. Jadvallar ma’lum bir narsa haqida ma’lumotlarni saqlash uchun foydalanuvchi tomonidan yaratiladi — yagona axborot obyektidagi ma’lumotlar modelining predmetli sohasi. Jadval qator va ustunlardan iborat. Har bir ustun bir xarakteristik axborot obyektning predmet sohasi. Bu yerda bir axborot obyekt nusxasi haqidagi ma’lumotlar saqlanadi. Access ma’lumotlar bazasi o‘ziga 32768 tagacha obyekt qabul qilishi mumkin (for-malar, hisobotlar va hokazo). Bir vaqtning o‘zida 2048 tagacha jadval ochsa bo‘ladi. Jadvallarni quyidagi ma’lumotlar bazasidan import qilsa bo‘ladi. Masalan, dBase, FoxPro, Paradox tizimla-ridan, boshqa dasturlar va elektron jadvallardan ham. So‘rovlar bog‘langan jadvallarda kerakli ma’lumotlarni tan-lash uchun kerak. So‘rovning javobi tanlangan jadvaldagi so‘ral-gan narsani ko‘rsatadi. So‘rovda jadvalning qaysi satrini tanlash-ni ko‘rsatish mumkin. So‘rovni QBE so‘rovlar yordamida shakl-lash mumkin. Ma’lumotlar sxemasi qaysi satr bilan jadval bog‘langanligini ko‘rsatadi, qaysi yo‘l bilan ular bog‘lanishi, bog‘langandan keyin tekshirish kerak-kerakmasligini va jadvallarda kalitlarni o‘zga-rishini ko‘rsatadi. Ma’lumotlar sxemasi faqat server ma’lumotlar bazasi bilan ishlayotganda Access obyektlar panelida ko‘ri-nadi. Formalar foydalanuvchi ilovasi muloqot interfeysini yaratishda asosiy vosita bo‘ib hisoblanadi. Forma ekranda o‘zaro bog‘langan jadvallarni ko‘rish uchun qulay bo‘ladi. Tugmali for-malarni boshqarish panelini yaratish va ilovalar yaratish uchun ishlatish mumkin. Formalarga rasmlar, diagrammalar, tovush fragmentlari, video qo‘yish mumkin. Formalarda hodisalarni qayta ishlash mumkin. Hisobot — foydalanuvchi masalasining natijalari va kiritish va chop etishlarni o‘z ichiga olgan hujjatlarni formatlaydi. Grafik obyektlarni ishlatish hisobotlarni tasvirlashda natijalar ko‘rinishining samaradorligini yanada oshiradi. Sahifalar — muloqot Web-sahifasi hisoblanadi. Ular ma’lu-motlar bazasi bilan dinamik aloqani ta’minlaydi, ko‘rib chi-qish, tahrirlash va ma’lumotlarni bazaga kiritish imkoniyatini beradi. Makroslar foydalanuvchi ilovasida bir necha holatlarni avtomatlashtirish imkoniyatini beradi. Makros bu dastur bo‘lib, makrokomandalardan tashkil topgan. Makrosni yaratish mulo-qot oynasidan kerakli makrokomandani tanlash bilan amalga oshiriladi. Modullar Visual Basic for Application tilida tuzilgan protse-duralar. Foydalanuvchi tomonidan protsedura-dastur va protse-dura-funksiyalar tuzilishi mumkin. Accessni quyidagicha ishga tushiramiz: “Пуск” tugmasini bosamiz, keyingi menyuda “Программы” va undan keyin Microsoft Access tanlanadi. Sarlavhalar qatorida tizimli menyu tugmalari joylashgan, dastur nomi (Microsoft Access) va uch tugma ekranda oynani boshqarish uchun mo‘ljallangan. 3.1-rasm. Access oynasi. Menyu satrida quyidagi punktlar mavjud “Файл”, “Правка», “Вид”, “Вставка”, “Сервис”, “Окно”, “Справка”. Ular har biri alohida sichqon tugmasi bilan ochiladigan menyu qator-lariga ega. Ma’lumotlar bazasining hamma jadvallari va Accessning boshqa obyektlari — formalar, so‘rovlar, hisobotlar, sahifalar, makroslar va modullar shu baza uchun qurilgan va kiritilgan obyektlar mdb formatli faylda saqlanadi. Bu yo‘l ma’lumotlar bazasida kiritish texnologiyasini yengillashtiradi va bazadagi obyektlarni yuqori kompaktligi va qayta ishlashni samarali qila-di. Access ma’lumotlariga ruxsat alohida fayllarda saqlanadi, ma’lumotlar bazasi faylida esa faqat ularga yo‘l ko‘rsatiladi. Access boshqa Microsoft Windows dasturlariga o‘xshab qulay grafik interfeysga ega, foydalanuvchi uchun qulaylikka mo‘ljal-langan. Ma’lumotlar bazasi jadvallari va boshqa obyektlar bilan ishlash uchun juda ko‘plab buyruq va menyular mavjud. Ma’lumotlar bazasini yaratishdan avval relyatsion ma’lu-motlar bazasini loyihalash, holatini aniqlash, ma’lumotlarni mantiqiy tuzilishini va jadvallar aloqasini aniqlash lozim bo‘ladi. Quyida ma’lumotlar bazasini loyihalash va yaratish bosqichlari keltirilgan: Ma’lumotlar bazasi strukturasini tuzish. Jadvallarni tasvirlash. Jadval maydonlarini tasvirlash. Access dasturida jadvallarni yaratish. Jadvallarni ma’lumotlar bilan to‘ldirish. 3.1-jadval. Accessda tasvirlanadigan maydon turlari
Har bir maydon o‘zining xossalariga (xususiyatlariga) ega bo‘lib, ular orqali qanday saqlashni, ko‘rsatish va qayta ishlash-ni o‘rnatish mumkin. Maydon xossalari jamlanmasi ma’lumot turini tanlashga bog‘liq. 3.2-jadval. Maydon xossalari
Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling