Tasdiqlayman ” 2014 y ktbdo’ E. Pirmatov
– MAVZU:. MA’LUMOTLAR BAZASI JADVALI STRUKTURASINI ANIQLASH
Download 1.32 Mb.
|
maruza1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10 – MAVZU:. MAYDONDA BIRLAMCHI KALITNI O‘RNATISH
- 11 – MAVZU: SO‘ROVLARNI LOYIHALASH
9 – MAVZU:. MA’LUMOTLAR BAZASI JADVALI STRUKTURASINI ANIQLASH
Ma’lumotlar bazasini loyihalashni “Kollejning o‘quv jara-yoni” misolida ko‘rib chiqamiz. Avval ma’lumotlar bazasini yaratish kerak. Bunga MB jad-valiga yarim yilning o‘quv jarayoni haqida ma’lumotlar kirgiza-miz. Bu holda MB 6 ta jadvaldan iborat bo‘ladi:
Guruh ro‘yxati. Qatnashuvchilar ro‘yxati. O‘qituvchilar ro‘yxati. Fanlar ro‘yxati. O‘qituvchilar orasidagi darslar taqsimoti. Har bir fan bo‘yicha imtihon topshirish qaydnomasi. Har bir jadvalning tuzilishi, maydonlar nomi, ularning turi hamda har bir jadvalda qaysi ma’lumotlar kalitli maydonni aniqlashini ko‘rib chiqamiz. 3.3-jadval. MB jadvali strukturasi
“Kollej” ma’lumotlar bazasini tuzishni boshlaymiz. Accessni ishga tushiramiz va “Yangi ma’lumotlar bazasi” punktini tanlaymiz. Ekranda quyidagi ko‘rinishda faylni saqlash oynasi chiqadi (3.2-rasm). 3.2-rasm. Faylni saqlash oynasi. Fayl nomini berganimizdan keyin ma’lumotlar bazasi oynasi paydo bo‘ladi. Oldin ma’lumotlar bazasi jadvali yoki jadvallari-ni tuzish lozim. “Kollej” ma’lumotlar bazasining birinchi jad-valini tuzishni boshlaymiz.
Bu yo‘naltiruvchi hamma maydonda jadval barcha maydon-larning aniqlanganligi birlamchi kalit maydon sifatida ishlati-ladigan bitta maydonni ko‘rsatish kerak. Shu sababdan takror-lanuvchi yozuvlar jadvalga kiritishda har bir yozuv birlamchi kalit maydonning bir qiymatli identifikatoridan tashkil topadi. Bu maydon ikkita har xil yozuvlar uchun bir xil qiymatga ega bo‘lishi mumkun emas. Ko‘pchilik holatlarda jadvalda birlamchi kalit qilib bitta maydon olinadi. Birlamchi kalit faqat jadvalning konstruktor rejimida ifodalangan bo‘lishi mumkin. Agar guruh nomeriga bir-lamchi kalit qo‘yilmagan bo‘lsa kursorni uskunalar paneliga olib borib kalit tasvirlangan joyga bosamiz, yoki kalitni tog‘rilagich menyusi orqali tanlaymiz. Yonidagi berilgan maydon chap tomanda kichkina tasvir kalit — yani ushbu kalit maydonning birlamchi kaliti deb hisoblanadi. Agar konstruktor rejimida birlamchi kalit yaratilmagan bo‘lsa, Access jadval maydoni uchun birlamchi kalit qo‘yish to‘g‘risidagi so‘rovni chiqaradi. Ma’lumotlarni saqlash uchun fayl menyusidagi saqlash buyrug‘ini tanlaysiz. Saqlash uchun dialogli oynaga jadval nomi-ni yoki dastur tomondan taklif etilgan nomni kiritamiz va OK tugmasini bosamiz. Tanlagan nom so‘roq, nuqta, burchakli qavslardan boshqa xohlagan belgi bo‘lishi mumkun. Loyihalashtirilayotgan bazaning boshqa jadvallari ham xuddi shunday tuziladi. 3.3-rasm. Ma’lumotlar bazasiga parametrli so‘rov. Birinchi kalit maydonlarini bir nechta maydonga bir-lashtirish mumkin. Kerakli maydonni ajratib qilish uchun. Bu Ctrl tugmasini bosgan holda ustunda bajariladi. 3.4-rasm. MB 1-jadvali strukturasini tuzish. 3.5-rasm. MB 2-jadvali stukturasini tuzish. 3.6-rasm. MB 3-jadvali stukturasini tuzish. 3.7-rasm. MB 4-jadvali stukturasini tuzish. 3.8-rasm. MB 5-jadvali stukturasini tuzish. 3.9-rasm. MB 6-jadvali stukturasini tuzish. 46 Nazorat savollari
Ma’lumotlar bazasi MDB-fayli qanday obyektlarni o‘z ichiga oladi? Access MBBTning qanday obyektlari bor? Access MBBTning qaysi obyekti asosiy bo‘lib hisoblanadi? Access MBBT oynasi qanday elementlardan tashkil topgan? MB strukturasi nima va u qanday turdagi maydonlarni o‘z ichiga oladi? Maydon xossalari deganda nima tushuniladi? MB ni loyihalsh deganda nima tushuniladi? Ma’lumotlar sxemasi nima uchun kerak va u qanday tashkil etila-di? Ma’lumotlarni filtrlash va izlash qanday amalga oshiriladi? 4. SO‘ROVLAR 11 – MAVZU: SO‘ROVLARNI LOYIHALASH So‘rovlar ko‘rish, tahlil qilish va berilganlarni o‘zgartirish orqali berilgan mezonlarni qondirishga mo‘ljallangan. Accessda so‘rovlar parametrlari so‘rov konstruktori oynasida beriladigan QBE-so‘rovlar (Query By Example — namuna bo‘yicha so‘rov) va so‘rovlar tashkil qilishda SQL tilining buyruqlari va funk-siyalari qo‘llaniladigan SQL-so‘rovlar (Structured Query Language — so‘rovlarning strukturali tili) ga bo‘linadi. Access QBE-so‘rovlarni osongina SQL-so‘rovlariga va teskarisiga o‘tkazadi. QBE so‘rovlari QBE-so‘rovlarning eng ko‘p tarqalgan turlaridan biri tan-lanma so‘rovidir. Вид menyusining Объекты базы данных buyrug‘ini faol-lashtiring, ochilgan qism menyudan Запросы buyrug‘ini bajar-ing (yoki ma’lumotlar bazasining Запросы obyektidagi qo‘yil-mani sichqon yordamida ikki marta bosing). Создать tugmasini bosing. Monitor ekranida Новый запрос muloqot oynasi ochi-ladi va bu oynada dastur so‘rovlar tanlash usullaridan birini tan-lashni taklif etadi: 9 Konstruktor — so‘rovlarni usta yordamisiz tuzish; 9 Oddiy so‘rovlar — tanlangan maydonlar asosida oddiy so‘rov tuzish; 9 Qamrovchi so‘rov — ma’lumotlar elektron jadvallardagi kabi kompakt formatga ega bo‘lgan so‘rov tuzish; 9 Takrorlanuvchi yozuvlar — jadvaldagi takrorlanuvchi yozuv-larni yoki oddiy so‘rovni tanlovchi so‘rov tuzish; 9 Bo‘ysinmaydigan yozuvlar — jadvaldagi boshqa jadvallar yozuvlari bilan aloqada bo‘lmagan yozuvlarni tanlovchi so‘rov tuzish. Конструктор usulini tanlaymiz va OK tugmasini bosamiz. Natijada konstruktor so‘rovining bo‘sh oynasi va Добавление таблицы muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Добавление таблицы muloqot oynasi uchta qo‘yilmadan tashkil topadi — Таблицы, 4.1-rasm. Yangi so‘rov yaratish oynasi. Запросы va Таблицы и запросы. Ular asosida so‘rov yaratish-da ishlatiladigan jadval va so‘rovlarni yangilash amalga oshirila-di. Таблицы qo‘yilmasiga o‘tib, IMTIHONLAR RO‘YXATI (СПИСОК СДАЧИ ЭКЗАМЕНОВ) jadvalini belgilaymiz va Добавить tugmasini bosamiz. So‘ngra QATNASHUVCHILAR RO‘YXATI (СПИСОК УЧАЩИХСЯ) jadvalini belgilaymiz va yana Добавить tugmasini bosamiz. Закрыть tugmasini bosib muloqot oynasini yopamiz. Jadvallar nomlari so‘rovlarni loyiha-lash oynasida paydo bo‘ladi.
Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling