Tasdiqlayman ” 2014 y ktbdo’ E. Pirmatov
– MAVZU: MA’LUMOTLARNING RELYATSION STRUKTURASI
Download 1.32 Mb.
|
maruza1
7 – MAVZU: MA’LUMOTLARNING RELYATSION STRUKTURASI
Ma’lumotlarni qayta ishlash uchun to‘plamlar nazariyasi ishlatiladi (birlashma, kesishma, farqlash, dekart ko‘paytma). Matematikadan ma’lumki, har qanday ma’lumotlarni tasvirlash ikki o‘lchovli maxsus turli bog‘lanishli — relyatsion jadvallar to‘plamiga keladi. Relyatsion model ma’lumotlarining eng kichik birligi — bu model ma’lumotlar qiymati uchun alohida atomardir. Bir xil turdagi atomar qiymatlar to‘plamiga domen deyiladi. Masalan, Reys nomeri domeni — butun musbat sonlar to‘plami. Domen ma’nosi quyidagilardan iborat. Agar ikki atribut qiy-matlari bir domendan olingan bo‘lsa, unda bu ikkita ishlatiladi-gan atributlarni taqqoslash ma’nosi bor. Agar ikkita atribut qiy-matlari har xil domenlardan olingan bo‘lsa, ularni taqqoslash ma’no bermaydi. Masalan, reys nomeri bilan chipta narxini so-lishtirish mumkinmi? Munosabat D1,D2,..,Dn domenlarda (ularning bari har xil bo‘lishligi shart emas) sarlavha va tanadan iborat bo‘ladi. Sarlavha A1,A2,..,An fiksirlangan atributlar to‘plamidan iborat bo‘lib, ular bilan, y’ani Ai atributlar va ularni aniqlovchi Di domenlar orasida o‘zaro bir xil moslik mavjud. Tana vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi kortejlar to‘plamidan iborat bo‘ladi. Bu yerda o‘z navbatida kortej juft atributlar qiymatlari (Ai:Vi), (i=1,2,..,n) iborat bo‘ladi. Munosabat darajasi — bu uning atributlar soni. Munosabat darajasi bitta bo‘lsa unar deyiladi. Ikkita daraja bo‘lsa — binar deyiladi. Uch daraja bo‘lsa ternar va hokazo. Kordinal son yoki munosabat quvvat — bu uning kortejlar soni. Kordinal munosabatlar soni vaqt bo‘yicha o‘zgaradi. Munosabat — bu to‘plamlardir. To‘plam esa ta’rif bo‘yicha mos elementlarni o‘ziga olmaydi. Aytaylik, R munosabat A1,A2,..,An atributlarga ega. Aytiladiki, R munosabat atributlar to‘plami K=(Ai,Aj,..,Ak) qachonki ikkita vaqtga bog‘liq bo‘lma-gan shart bajarilsa kalit bo‘lishi mumkin. Unikallik: ixtiyoriy berilgan vaqt momentida ikkita har xil kortejlar Ai,Aj,..,Ak lar uchun bir xil qiymatga ega emas. Minimallik: Ai,Aj,..,Ak atributlarda birortasi unikallik buzul-masa K dan o‘chirilishi mumkin emas. Ko‘pgina relyatsion MBBT foydalanuvchilar uchun quyida-gi ekvivalent tushunchalarini ishlatish maqsadga muvofiqdir: Munosabat — jadval (ayrim holda fayl); Kortej — qator (ayrim holda yozuv); Atribut — ustun, maydon. Ko‘p hollarda “Yozuv” ni “Yozuv nusxasi” deb, “Maydon” esa “Maydon nomi va turi” deb qabul qilinadi. Relyatsion ma’lumotlar bazasi — bu ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi munosabatlar to‘plami va ular MB da saqlanadi. Foyda-lanuvchi bunday MBni jadvallar to‘plami deb qabul qilishi kerak:
Har bir jadval bir xil turdagi qatordan iborat bo‘lib, u unikal (yagona) nomga ega bo‘lishi kerak. Har bir qator fiksirlangan maydonlar va qiymatlariga ega. Jadval qatori bir-biri bilan kamida biror-bir qiymat bilan farq qiladi. Jadval ustuni bir qiymatli nomga yuboriladi va ma’lumot-larning bir jinsli qiymatlari joylashtiriladi (sana, familiya, butun son yoki pul belgisi, yig‘indi). Ma’lumotlar bazasida joylashgan ma’lumotlar aniq qiy-matlar ko‘rinishida tasvirlanadi va ma’lumotlarni tasvirlashning bunday usuli yagona bo‘lib hisoblanadi. Umuman olganda jad-vallarni bir-biri bilan bog‘lashning qaysidir maxsus “aloqa” vosi-tasi yoki ko‘rsatmasi yo‘q. Jadval qatorlari va ustunlari bilan ish yuritganda ma’lu-motlarning qanday joylashishiga qaramasdan ular qayta ish-lanishi mumkin. Bunga ko‘proq jadvallarning nomi va ularning ustunlari soni imkon beradi. Ma’lumotlarni saqlash uchun jadvallar sonini minimal-lashtirishga intilish MBni yangilashda har xil muammolarga olib kelishi mumkin. Ma’lumotlarning relyatsion modeli uchun relya-tsion algebra — munosabat amalida ishlashga qulay vosita mavjud. Relyatsion algebraning barcha amallarini bajaradigan ma’lu-motlar ustida manipulyatsiya (ish olib boradigan) qiladigan tillar yaratilgan. Bu tillar orasida SQL (Structured Query Language — strukturalashtirilgan so‘rov tili) va QBE (Quere-By-Example — namuna bo‘yicha so‘rov) tillari eng ko‘p tarqalgan. Bu ikki til ham yuqori darajali til bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ke-rakli ma’lumotlar bilan ish olib borishi mumkin. 2.5. RELYATSION MA’LUMOTLAR BAZASINI LOYIHALASH Sohalar ma’lumotlar bazasi — bu katta tashkilotlar axborot tizimlari hisoblanib, ular o‘zida bir necha o‘nlab MBni saqlay-di. Bu MB har xil bo‘limlarda joylashgan o‘zaro bog‘langan kompyuterlarda joylashgan bo‘ladi. Amaliy ma’lumotlar bazasi — bu bir yoki bir nechta amaliy masalalarni yechish uchun zarur bo‘lgan berilgan ma’lumotlarni birlashtiruvchi ma’lumotlar bazasidir (masalan, moliya, talaba-lar, o‘qituvchilar va boshqalar haqidagi berilganlar bo‘lishi mumkin). Sohalar ma’lumotlar bazasi har qanday joriy va kelgusi ilo-valardan foydalanishni ta’minlab beradi. Uning ma’lumotlar ele-mentlari amaliy ma’lumotlar elementlari to‘plami bazasiga ham kiradi. MBni loyihalashtirishnung joriy va oldindan ko‘rilgan ilo-valariga asoslanib yuqori samarali axborot tizimlarini yaratishni yanada tezlashtirish mumkin. Shu sabab amaliy loyihalash MBni ishlab chiqaruvchilarni o‘ziga jalb etmoqda. Bunday informa-tsion tizimlarda ilovalar sonining oshib borishi amaliy MB soni-ni tez o‘stirib yubormoqda. Shunday qilib har bir qarab chiqilgan loyihalashga bo‘lgan usul har xil yo‘nalishdagi loyihalashtirish natijasiga ta’sirini ko‘r-satadi. Maqsadga erishish uchun loyihalash metodologiyasini tash-kil etish sohali va amaliy usullarni qo‘llash samaradorligiga bog‘liqdir. Umuman olganda sohali usul boshlang‘ich informa-tsion strukturani qurish uchun ishlatiladi, amaliy usul esa uni rivojlantirish maqsadida ma’lumotlarni qayta ishlash samarador-ligini oshirishda ishlatiladi. Axborot tizimlarni loyihalashda bu tizimlarni to‘liq analiz qilish va unga bo‘lgan foydalanuvchilar talablarini aniqlashga olib keladi. Ma’lumotlarni yig‘ish mohiyatni o‘rganish bilan boshlanadi. MBni loyihalashning asosiy maqsadi — bu saqlanadigan ma’lumotlarni kamaytirish, ishlatiladigan xotira hajmini tejash va ko‘p qaytariladigan operatsiyalarni kamaytirishdir.
Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling