Tasdiqlayman” 716-referendum uchastka raisi Shukurov Shuxrat 2023 yil “ ”


Download 19.34 Kb.
bet1/2
Sana21.04.2023
Hajmi19.34 Kb.
#1371846
  1   2
Bog'liq
2-716-saylov uchastkasi


Tasdiqlayman”
716-referendum uchastka raisi
__________ Shukurov Shuxrat
2023 yil “___” __________________


716-referendum uchastka a’zolari va ishchi-xodimlari bilan navbatdagi yig’ilishning
_-sonli BAYONI


2023 yil “___” ___________ Yuqori Chirchiq tumani


Raislik qildi: Shukurov Shuxrat 716-referendum uchastka raisi.
Taklif etildi: mayor B. Rajabboyev Yuqori Chirchiq tumani FVB boshlig’i.
N. Sadullev “Yuqorichirchiqtumangaz” MMQ va XTB

boshlig’i

Qatnashdilar: 18-nafar 716-referendum uchastka a’zolari va

ob’ekt xodimlari





KUN TARTIBI:



  1. Ob’yekt xududida favqulodda vaziyatlarni oldini olishda va yong’in xavfsizligi qoidalariga rioyaetish.

  2. Aholi o’rtasida is gazidan zaharlanish ,gaz –havo aralashmasining chaqnashi va yong’inlar bilan bog’liq baxtsiz xodisalarning oldini olish hamda tumanda joriy yilning o’tgan davrda sodir bo’lgan yong’inlar to’g’risida.

Yig’ilishni 716-referendum uchastka raisi Shukurov Shuxrat kirish so’zi bilan ochib, kun tartibidagi masala bilan yig’ilish qatnashchilarini tanishtirdi va so’zni Yuqori Chirchiq tumani FVB boshlig’I mayor B. Rajabboyevga berdi.


Yuqori Chirchiq tumani FVB boshlig’i mayor B. Rajabboyev o’z so’zida joriy yilning o’tgan davrida tumanda 2023- yilning o’tgan davri jami 35-ta yong’inlar sodir bo’lgan bo’lib, yong’inlarning kelib chiqishiga asosiy sabablardan biri fuqarolar tomonidan nosoz va nostandart uskunalari hamda elektr moslamalaridan foydalanishlari, eng achinarlisi sodir bo’lgan yong’inlar natijasida insonlarning halok bo’lishi va tan jarohati olishi, moddiy va ma’naviy zarar ko’rishi to’g’risida gapirib, uchastka raisi va a’zolari tomonidan ob’ekt hududi va bino inshoatlarida favquloddda vaziyatlarning oldini olish va yong’in xavfsizligini ta’minlash maqsadida quyidagilar bajarilishi, jumladan:

  • Uchastka raisi va a’zolarining lovozim yo’riqnomalarida yon’gin xavfsizligini ta’minlash bo’yicha majburiyatlar nazarda tutilishi;

  • Uchastka raisi va a’zolari o’rtasida ko’ngilli yong’indan saqlash xizmati a’zolarining guruhlari buyruq bilan biriktirilishi va yong’in sodir bo’lgan vaqtdagi majburiyatlarining taqsimlanishi;

  • Ob’ektning bino va xonalari soz holatdagi yong’inga qarshi texnik himoyavositalari, yong’in o’chirishning birlamchi vositalari, shuningdek, tezkor aloqa vositalari bilan (O’zR BMning 2020 yil 20 oktabrdagi 649-son qarorining 6-ilovasiga muofiq) talab darajasida ta’minlanishi;

  • Ob’ektdagi bino va inshoatlarining yong’inga qarshi oraliqlarida turli buyumlar, asbob-uskunalar, qadoqlar va transport vositalarini saqlanishini taqiqlash

  • Ob’ektdagi binolarga, inshoatlarga, ochiq omborlarga, suv ta’minoti manbalariga, stasionar o’t o’chirish narvonlariga va yon’gin o’chirishning birlamchi vositalariga olib boruvchi yo’llarni va o’tish joylarni tezda toppish uchun yetarli darajada tashqi yoritish chiroqlari bilan ta’minlanishi;

  • Bino va xonalar avtomatik yong’in signalizatsiyasi bilan jihozlanishi va ob’ektdagi mavjud yong’in signalizatsiyasi texnik xizmat ko’rsatilishi hamda ta’mirlash ishlari maxsus lisensiyaga ega bo’lgan tashkilot tomonidan amalga oshirilishi ;

  • Evakuatsiya yo’llaridagi eshiklarni qulflab qo’yishi taqiqlanishi va evakuatsiya yo’llaridagi barcha eshiklar binodan chiqish yo’nal;ishi bo’yicha erkin ochilishi ta’minlanishi;

  • Elektr tarmog’iga ulangan elektr qurilmalari va jihozlarini qarovsiz qoldirish taqiqlanishi va ish tugagandan so’ng binodagi barcha elekrt qurilmalari o’chirilishi;

  • Ob’ektdagi yong’inga qarshi qalqonlar (O’zR BMning 2020 yil 20 oktabrdagi 649-son qarorining 6-ilova 4-jadval) yong’inni o’chirishning birlamchi vositalari, mexanizatsiyalanmagan yon’gin vositalari va inventarlar bilan to’liq jamlanishi to’g’risida gapirib, so’zni “Yuqorichirchiqtumangaz” MMQ va XTB boshlig’I N. Sadullevga berdi.

“Yuqorichirchiqtumangaz” MMQ va XTB boshlig’I N. Sadullev o’z so’zida aholi turar joylarida (yakka tartibdagi uy-joylar, ko’p kvartirali uylar boshqa imoratlardagi yashash uchun mo’ljallangan xonalar) va ob’ektlarda fuqarolarning is gazidan zaharlanishi hamda gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bog’liq favqulodda vaziyatlar, yon’ginlar fuqarolarning hayoti va salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo’lgan boshqa baxtsiz hodisalarni oldini olish profilaktik tadbirlarni tashkil etish, har bir mahallada fuqarolar o’zini-o’zi boshqarish, ichki ishlar xodimlari, mahalla faollari, ayniqsa, yoshlar va keksalar tarkibidan ko’ngillilarni tashkil etish hamda ularni baxtsiz hodisalarni oldini olishga chorlash, aholini bu boradagi bilim saviyasini oshirish, o’rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko’rish, nostandart va nosoz gaz hamda elektr moslamalaridan foydalanishni taqiqlash, foydalanilayotgan maishiy gaz ballonlarni to’liq taftishdan o’tkazish, yuqori, o’rta, past bosimda yer usti va osti gaz quvurlarida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan avariyalarni oldini olish borasida keng qamrovli tekshiruv va sinovlarni o’tkazish, sodir bo’lishi mumkn bo’lgan yo’ng’inlar, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, fuqarolarning is gazidan zaharlanishi va boshqa noxush holatlarning oldini olishga qaratilgan targ’ibot materiallari bilan ta’minlab belgilab qo’yganligi tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan zaharlanish gumoni bilan bog’liq holatlarda zaharlanish sababi faqat klinik laboratoriya tekshiruv yoki sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko’ra belgilanishi, klinik laboratoriya tekshiruv yoki sud-tibbiy ekspertizasining rasmiy ma’lumotiga ko’ra is gazidan zaharlanish alomatlari tasdiqlangan hollarda bu haqda yuqori instansiyalarga tegishli ma’lumot kiritish to’g’risida gapirib, o’z so’zini yakunladi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan bildirilgan taklif va mulohazalardan kelib chiqqan holda, tadbirni betalofat o’tkazish hamda fuqarolar o’rtasida mudhish hodisalarning oldini olish maqsadidida, yig’ilish

Download 19.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling