Tasdiqlayman” Andijon mashinasozlik instituti O‘quv–uslubiy Kengashida ko‘rib chiqilgan va ma’qullangan Kengash raisi (O‘quv–uslubiy Kengashining sonli bayonnomasi 2021 y.) «MA’qullangan»


I . O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni


Download 191.19 Kb.
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi191.19 Kb.
#1575578
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mehnat iqtisodiyoti Uslubiy ko\'rsatma

I . O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni.

Mehnat deganda inson resurslarining holatiga ta’sir etadigan muayyan tarixiy ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sharoitlarda amalga oshiriladigan jarayon tushuniladi.


Ushbu sharoitlarning jamiyatdagi mehnatni boshqarishga ko‘rsatadigan ta’sirini o‘rganish vazifasi esa mehnat iqtisodiyoti nazariyasi va amliyotidagi eng muhim vazifalardan hisoblanib, u asrlar mobaynida tadqiqot ob’ekti bo‘lib keldi.
Tashqi muhitning o‘zgarib boruvchi shart-sharoitlari mehnat sifatining o‘zgarib borishidan dalolat beradi. Hozirgi davrga kelib, an’anaviy mehnatdan intellektual mehnatga o‘tilishi ko‘zga tashlanmoqda. Ushbu holat mehnat jarayonlarini modellashtirishga yangi yondashuvlarni izlashga majbur etmoqda. An’anaviy mehnat jarayonini amalga oshirish uchun insonning biologik imkoniyatini saqlab borish va rivojlantirish talab qilinar edi. Intellektual mehnat jarayoni esa asosiy diqqat e’tiborni insonning ijtimoiy va intellektual imkoniyatini saqlash va rivojlantirishga qaratadi. Mehnat sifati borasida ro‘y berayotgan bunday siljish odatiy bo‘lib qolgan ko‘pdan ko‘p tasavvurlarni o‘zgartirib yubormoqda.
“Mehnat iqtisodiyoti” fani ixtisoslik fanlari blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, - semesterda o‘qitiladi. Mazkur fan boshqa mutaxasis fanlarining nazariy va uslubiy asosini tashkil qiladi.
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi


Fanni o‘qitishdan maqsad – mehnat munosabatlari sohasidagi qonuniyatlarni, shu jumladan, mehnat mohiyati namoyon bo‘lishining o‘ziga xos shakllari, chunonchi, ish bilan bandlik, mehnatni tashkil etish, unga haq to‘lash, uning samaradorligi, mehnat sotsiologiyasi bilan bog‘liq bir qator muammolarni o‘rganishdan iboratdir.
Fanning vazifasi– talabalarga iqtisodiyotni yangilash va modernizatsiyalash sharoitida mehnatini tashkil etish, mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan samarali foydalanish muammolarini o‘rganish; iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirishning asosiy muammolarini aniqlash; bozor mexanizmi tizimida mehnat bozorining shakllanishi va rivojlanishi muammolarini o‘rganish; aholining ish bilan bandligi va ishsizlikning kamaytirishning yo‘llarini aniqlash; korxonaning ish haqi tizimini taxlil qilish va mehnat ko‘rsatkichlari taxlili; aholi turmush darajasi, daromadlarini oshirish muammolarini o‘rganish; mehnat sohasida aniq sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish, taxlil qilish asosida xulosalar chiqarishni o‘rgatishdan iborat.
“Mehnat iqtisodiyoti” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
iqtisodiy bilim asoslari; bozor iqtisodiyoti sub’ektlari; iqtisodiy kategoriyalar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi:

  • iqtisodiyot nazariyasi asoslarini; milliy iqtisodiyotning amal qilishi va rivojlanishi qonuniyatlarini; makroiqtisodiy darajadagi vaziyatlarni, iqtisodiy jarayonlarning amal qilish xususiyatlarini bilishi;

  • talaba iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilish usullarini qo‘llash; iqtisodiy qonunlarni, ilmiy tushunchalarni (kategoriyalarni). Iqtisodiy muammolar bo‘yicha yechimlar qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

  • talaba iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va xulosa chiqarish; iqtisodiy muammolarni hal etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar to‘plash va ulardan foydalanish malakalariga ega bo‘lishi kerak.


Download 191.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling