Tasdiqlayman «Elektr ta’minoti» kafedra mudiri


Peregon uchun tayanch turini tanlash


Download 1.39 Mb.
bet5/7
Sana14.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1006287
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Azimov Burxonjon

4. Peregon uchun tayanch turini tanlash

Peregon uchun anker, o‘tuvchi, oraliq tayanchlari (to‘g‘ri va egri yo‘llar uchun), shuningdek, o‘rtacha ankerovka tayanchlari tanlanishi zarur.


Tayanchlar turli xil seriyalardan iborat bo‘lishi kerak. Faqat ma’lum bir zarurat tug‘ilgandagina maxsus qurilmali tayanchlar qabul qilinishi mumkin.
Tayanch turini tanlashda asosan uning balandligi va uning asosiga ta’sir egilish momentini hisobga olgan holda bajariladi. Hisob-kitoblar tayanch uchun eng og‘ir yuklamalar, rejimlar va ular kombinatsiyasiga mo‘ljallab olib boriladi.
Kompensatsiyalangan zanjirli osmalar uchun qo‘shimcha yuklama sifatida yaxlangan holat va shamolli rejim yoki qattiq shamolli rejim qabul qilinadi.
Keyingi vaqtlarda elektrlashtirilgan yo‘llarda asosan sentrifugalangan konus shakldagi oldindan armaturasi siqilgan temir beton tayanchlar keng qo‘llanilmoqda.
Anker tayanchi sifatida TC-80-4,0 turidagi temir beton tayanchlar qo‘llanishi mumkin. Ularning me’yoriy momenti 80 kN;m ga teng bo‘lib, itarish-tortish qurilmalariga ega.
O‘tuvchi tayanchlar uchun tayanch asosidagi momentdan tashqari konsol uchidagi moment ham aniqlanishi lozim. Taxminiy hisob-kitoblar uchun bu moment qiymati tayanch asosidagi moment qiymatining yarmiga teng deb qabul qilinishi mumkin.
Oraliq va o‘tuvchi bir yo‘lli konsolli tayanchlar tanlashda konussimon sentrifugalangan shaklli CC108.7-2Uz turidagi temir beton tayanchlar mo‘ljallangan holda ish olib borish kerak. Bunday tayanchlar balandligi 10,8 m me’yorlangan momenti (egilish momenti) 2- kategoriyali ya’ni 59 kN·m bo‘lib, yerdagi asos va qoplamalar bo‘lishi ko‘zda tutilmaydi.
Konsolli oraliq tayanchlar egri yo‘llarda o‘rnatilganda qo‘shimcha yuklama-gorizontal yo‘nalish bo‘yicha ushlab turuvchi tros va kontakt simidan hosil bo‘luvchi yuklamani hisobga olish shart. Shuning uchun kichik radiusli egri yo‘llarda eng og‘ir rejim bo‘lib radius markaziga qarab yo‘nalgan eng maksimal qiymatga ega shamol hisoblanadi.

Hisobiy sxemani tuzganda quydagilarni qabul qilinishi mumkin:



Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling