Tasdiqlayman” Guliston tibbiyot kolleji direktori F. Nazarova
Download 0.62 Mb.
|
korrupsiya bayonnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- KUN TARTIBI: 1.
- Yigilish so’ngida qaror qilindi
- Kollej yoshlar yetakchisi: K.Boqiyeva
“Tasdiqlayman” Guliston tibbiyot kolleji direktori_____ F. Nazarova “______” “________” 2021-yil Guliston tibbiyot kollejida o’quvchilar o’rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida o’tkailgan targ’ibot tadbiri BAYONNOMASI_______ 28-oktabr 2021-yil Guliston shahar Kollej faollar zali Qatnashdilar: 1.F. Nazarova Guliston tibbiyot kolleji direktori 2. Z. Abdurahmonova Guliston tibbiyot kolleji O’TIBDO’ 3. G‘.N.Umarov Guliston shaxar IIB XPB VE va YO’XPTEG katta inspektori mayor 4.A . Quvvatov Ichki nazorat inspektori 5.F.T.Nazarova, S.SH.Begimqulova Kollej psixologlari 6.K.A.Boqiyeva Kollej yoshlar yetakchisi 87 nafar o’quvchilar KUN TARTIBI: 1.Koppupsiya taraqqiyot kushandasi 2.Korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida vedio rolik Guliston tibbiyot kollejida boʻlib oʻtgan “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusidagi tadbirni Kollej direktori F.Nazarova ochib berdi va u o’z so’zida o’quvchilar dunyoqarashini munosib ravishda shakllantirish, ularning huquqiy madaniyatini oshirib borish qanchalik muhim ekanligini alohida taʼkidladi. Buning uchun eng avvalo Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunini teran nigoh bilan oʻqib-oʻrganish zarurligini aytib o’tdi.Aytish joizki, korrupsiyaga qarshi kurash borasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, poraxoʻrlik, tamagirlik kabi huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga minbʼad chek qoʻyish, bunday jinoyatlarga qarshi jazo muqarrarligini har bir shaxs bilishi zarur. Korrupsiya balosining naqadar mudhish illat ekanini tushungan, uni ongli ravishda idrok etgan odam bu jinoyatga qoʻl urmaydi.Bugungi kunda har bir davlatda korrupsiyaga qarshi kurash davom etmoqda. Har bir davlat va jamiyat korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻlini oʻzi tanlaydi, aniqrogʻi, qanday yoʻl toʻgʻri ekanini hayot koʻrsatadi. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashni keng qamrovda olib borish choralari koʻzda tutilgani, bu borada har bir masalaga alohida eʼtibor qaratilgani bejiz emas.Mutaxassislar fikricha, korrupsiya soʻzi “sotish” va “sotilish” degan maʼnolarni ham anglatar ekan. Korrupsiyaga aloqador odam qonunni buzishdan tashqari, oʻzining kimligini, eʼtiqodi, maʼnaviyati qay darajada ekanini oshkor qiladi. Bunday odam nafaqat moliyaviy ziyon-zahmat yetkazadi, balki davlatni, demokratiyani behurmat qilib, obroʻsini toʻkadi, unga non-tuz berib katta qilgan, ilmu hunar, obroʻ va mansab bergan el-yurtning yuziga oyoq qoʻyadi. Oliy oʻquv yurtida talabadan yo uning ota-onasidan pora olgan, tamagirlik qilgan dekan yo boshqa mansabdor shaxs uchun iymon, vijdon, insoniylik degan tuygʻular boʻlmaydi. Ular xarom-xarish yoʻl bilan topganlarini oilasida oʻz farzandlariga harom luqma yegizayotganini tushunmaydi. Bunday oilada oʻsgan oʻgʻil-qizlar ertaga undan battar ochofat, yulgʻich, poraxoʻr boʻlib oʻsadi va bir kun albatta qopqonga tushib, umri panjara ortida oʻtadi. Mana shu haqiqatni oliy oʻquv yurtlaridagi har bir mansabdor shaxs yaxshi bilib olishi zarur. U bugun qilayotgan qingʻirliklarimni hech kim bilmaydi, sezmaydi, deb oʻylaydi. Vaholanki, bugun odamlarning koʻzi ochilmoqda.Oriyatli, vijdonli ziyolilar ular haqda tegishli idoralarga xabar berib qoʻyishni oʻzlarining vijdoniy burchi, pokiza yashashga intilgan xalq oldidagi qarzi deb bilmoqdalar. Shunga yarasha oliy oʻquv yurtlari ham asta-sekin tozalanmoqda!Korrupsiya balosidan qutulish, islohotlarni uning changalidan qutqarish sharafli burchimiz ekanligini hamma birdek tushunmogʻi shart. Aks holda, oʻziga tegishli xulosa chiqarmay, poraxoʻrlik va tamagirlikdan tiyila olmayotgan shaxslar jazoga tortilishi muqarrar! – deya o’z so’zlarini yakunladilar va so’z navbatini Guliston shaxar IIB XPB VE va YO’XPTEG katta inspektori, mayor G‘.N.Umarovga berdilar.Ular o’z ma’ruzalarida korrupsiyaning salbiy oqibatlari va bunday holatlarga aralashgan shaxslar O’RQ-419-son 2017- yil 3-yanvar kuni qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida” gi qonunga asosan jazolanishlarini aytib o’tdilar. So’zni kollej ochki nazorat inspektori A.Quvvatov ga berdi Quvvatov o’z maruzasida, ta’lim muassasasida korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi huquqiy taʼlim va tarbiyani kuchaytirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Toʻgʻri ishlab, halol yashash saodatini yoshlikdan oʻrgangan odamning umri halovatda boʻladi. Adolatsizlik, qonunga hurmatsizlik, kasbu amalga, ishonchga xiyonat qilib boʻlmasligini oʻqib-uqqan, poraxoʻrlik va korrupsiyaga, suiisteʼmolchilikka qarshi oʻzida immunitet hosil qilgan yoshlar kelajakda jurʼatli, vijdonli inson boʻlib yetishadi. Halol mehnat bilan topilmagan boylik totli boʻlmasligini, hech kimga buyurmasligini, yaxshilik emas, yomonlik va kulfat keltirishini tushunadi. Tanish-bilishchilikdan davlat va jamiyat manfaatlariga ziyon yetmasligi, qonunlarga, insonning qadr-qimmatiga raxna solinmasligi kerak. Darhaqiqat, har qanday vaziyatda ham halol odam hayotda gʻolib boʻlib, baxtli-saodatli yashaydi. Bugun butun jamiyatimiz ana shunday pokiza hayotga intilmoqda. Tadbirda o’quvchilar bu mavzuda oʻzlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar. Yigilish so’ngida qaror qilindi: Kollej o’quvchilari o’rtasida korrupsiyaning salbiy oqibatlari ma’lumot uchun qabul qilinsin. Kollej o’quvchilari o’rtasida korrupsion holatlarni oldini olish kollej ichki nazorat inspektori A. Quvvatovga zimmasiga yuklatilsin. Kollej yoshlar yetakchisi: K.Boqiyeva
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling