Tasdiqlayman” Hududiy markaz direktori V. Rajapov


Kurs yakunida tinglovchilarning oshirgan kasbiy mahoratiga qo‘yiladigan talablar


Download 145.5 Kb.
bet4/8
Sana13.03.2023
Hajmi145.5 Kb.
#1265873
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2.3.modul. Chiqarishga tayyor

Kurs yakunida tinglovchilarning oshirgan kasbiy mahoratiga qo‘yiladigan talablar:
“Kasbiy rivojlanish”, “Mutaxassislik fanlari” va “Tanlov fanlar” o‘quv modullari bo‘yicha tinglovchilarning oshirgan kasbiy mahoratiga qo‘yiladigan talablar tegishli ta’lim sohasi bo‘yicha pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni, sifati, ularning tayyorgarligi hamda kompetentligiga qo‘yiladigan malaka talablari bilan belgilanadi.
Malaka oshirish kursi bo‘yicha tinglovchilar belgilangan kasbiy mahoratga ega bo‘lishlari talab etiladi.
Tinglovchi:
– yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi Nizom va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmunini;
– xalq ta’limi tizimida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning konseptual asoslarini, konsepsiyalarini va huquqiy-me’yoriy asoslarini;
– ta’lim sohasidagi davlat siyosati va uni amalga oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalarining vazifalarini;
– kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS, o‘quv dasturlari, darslik, o‘quv qo‘llanmalar mazmunini;
– geografiya fani bo‘yicha o‘quv yuklamalarini tizimli tashkil etishni;
– o‘quvchilar bilim, ko‘nikma, malaka va shakllangan kompetensiyalarini baholashga qo‘yiladigan talablarni;
– o‘quvchilarning fanga doir: amaliy va nazariy kompetensiyalarining shakllanganlik darajasini baholash mezonlarini;
– iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan xalqaro tadqiqotlarni;
– ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy dars berish metodologiyasini va axborot kommunikatsion texnologiyalarini;
– ta’lim sohasidagi innovatsion faoliyat asoslarini bilishi;
– darslarni kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish;
– darslarda o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish va innovatsion baholash pedagogik texnologiyalaridan foydalanish;
– o‘quvchi potensialini shakllantirish bo‘yicha maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish;
– darslarda buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosini o‘rgatishda “QR” kod va “VR-ta’lim” innovatsion texnologiyalaridan foydalanish;
– darslarda xorijiy va milliy metodologiya hamda zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish kabi ko‘nikmalarga;
– geografiya fanini o‘qitishda zamonaviy ta’lim metodlaridan foydalana olish;
– ta’lim va tarbiya jarayonida dars o‘tishning innovatsion yondashuvlaridan foydalanish;
– zamonaviy talab va yondashuvlar asosida natijaviylikka asoslangan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish, darslarni kuzatish, tahlil qilish hamda tajriba almashish;
– o‘quvchilar egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini hayotda qo‘llay olish layoqatlarini rivojlantira olish malakalariga;
– “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da ilm-fan, ta’lim-tarbiya tizimini, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarish;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusini ta’lim muassasasida tashkil etish;
– ilg‘or xorijiy tajribalarni milliy metodika bilan uyg‘unlashtirib ta’limda qo‘llay olish;
– PISA (The Programme for International Student Assessment), PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha o‘quv materiallarini tayyorlay olish;
– geografiya faniga doir adabiyotlarning internet resurslari bilan boyitilgan yangi avlodlaridan ta’lim jarayonida foydalanish;
– ta’limni rivojlantirish bo‘yicha innovatsion-strategik natijaviylikka asoslangan pedagogik ishlarni rejalashtirish;
– kasbiy mahoratini mustaqil va muntazam ravishda oshirib borish;
– ta’lim jarayonida sifat va samaradorlikka erishishning innovatsion yo‘llarini topish;
–GPS, GIS kartografik va o‘quv ko‘rgazmali materiallar tayyorlay olish;
– geografiya fanini o‘qitish bo‘yicha tajriba almashish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha kreativ yondashish;
– geografiya fani bo‘yicha ilmiy- tadqiqot, metodik ishlarni olib borish va uni amaliyotga tatbiq eta olish kabi kasbiy mahoratlarga ega bo‘lishi kerak.

Download 145.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling