Tasdiqlayman” Maktab direktori: A. Irgashev 2020-yil
Sana
Download 468.74 Kb.
|
1-sinf Tarbiyaviy soat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch kompetensiya elementlari
- MMIBDO`: ______________ Sinf rahbar: ______________
Sana _____________________
Mavzu: “Men 1- sinfni tugatdim!”(Maktab haqida taasurotlarim) I.Kirish qismi: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarning o’quv yili davomidagi taassurotlari bilan o’rtoqlashib, ularga yozgi ta’tilni mazmunli o`tkazish bo’yicha tavsiyalar berish, yozgi oromgohlarga yoki cho`milish havzalariga borganda ehtiyot bo`lishlikni uqtirish Tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish. O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat. Tarbiyaviy mashg`ulotning borish: Tashkiliy qism O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi,navbatchi axboroti. II.Asosiy qism: O’quvchilardan yil davomida olgan bilimlarimizni bir eslashlari haqida so’raladi. Ona tili,o’qish,matematika,odobnoma,atrofimizdagi olam,odobnoma,musiqa, ingiliz tili,texnalogiya hamda yo’l harakat qoidalari fanlaridan olgan bilimlari umumlashtiriladi. 1- sinfga kelgan vaqti hamda 1- sinfni tugatgan vaqtdagi bilim saviyalari, muomala madaniyati hamda o’zini tutish madaniyatidagi tafovutlar haqida suhbat olib borish. Yozgi ta’til qachon boshlanishi hamda yoz davomida xavfsizlik qoidalariga amal qilish haqida suhbat olib borish Yozgi tatil vaqtida bolalar dam olish maskanlari,sog`lomlashtirish oromgohlarida dam oladilar. Mamlakatimizda bolalar oromgohlari juda ko`p.Ular tabiati chiroyli,havosi toza joylarda qurilgan. Tabiat qo`yniga sayohatga chiqilganda yurishning,kiyinishning,suvda cho`milishning o`z qoidalari bor. Oftobda вosh kiyimsiz yurish,gullar,o`tlarni yulish,hasharotlarga,hayvon va qushlarga tegish,katttalar nazoratisiz suvga tushish,cho`milish mumkin emas. Bu qoidalarga albatta rioya qilish kerak.Shunda turli ko`ngilsiz hodisalar yuz bermaydi. III.Yakuniy qism. 1.Nega ota-onalar ruxsatisiz ko`chaga chiqish mumkin emas? 2.O`quvchilar yozgi ta`tilda qayerlarda dam oladilar? 3. Toqqa chiqayotganda qanday xavsizlik choralarini ko’rishi kerak? 4. Katta yo’llarda o’tayotganimizda nimalarga e’tibor berishimiz zarur? O`quvchilar fikri umumlashtiriladi,rag`batlantiriladi. MMIBDO`: ______________ Sinf rahbar: ______________ Download 468.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling