II-chorakda o‘lashtirishi past bo‘lgsn o‘quvchilar bilan xar bir sinf rahbari individual ish olib borilsin. Har bir o’qituvchiga darslarda o’quvchilarda mehnat tarbiyasini shakllantirlib, mehnatsevarlikka o’rgatish yuklatilsin.O‘quvchilarni odob-ahloq qoidalari bilan har bir darsda tanishtirib o‘tilsin. O‘qituvchilar ochiq darslarni har oyda o‘tkazilishi nazoratga olinsin.
Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan metodbirlashma a’zosi A.Alimova so‘zga chiqib o‘quvchilarning ijodkorligini rivojlantirishi, yangiliklarni ko’ra bilishi, fan- texnika yutuqlarini amalda qo‘llashni o’rganish, o’quv dargohida “o’qish, o’rganish va amalda qo‘llash, natijalarni tahlil qilib , yanada samaraliroq ishlash” muhitini yaratib, yangi pedagogik texnologiyalarni izlab topish yo’lida tinmay mehnat qilish bugungi kun pedagoglari oldidagi katta vazifadir. Darslarni iloji boricha qiziqarli va samarali bo’lishi uchun o’qituvchi doim izlanishda , yangiliklar yartishda , o’quvchi tafakkurida mavjud yashirin imkoniyatlarni ro’yobga chiqarish uchun , eng avvalo, mahorat sohibi, o’quvchi qalbini teran tushunadigan ruhshunos, xalq pedagogikasi va zamonaviy o’qitish uslublaridan xabardor mutaxassis bo’lishi, mahalliy imkoniyatlardan kelib chiqib ishlashi lozim.Bizning maktabimizda ilg’or pedagoglarning faoliyatini yoritib borish maqsadida “Monitoring va metodik xizmat” xonasi tashlik etilgan bo’lib unda har bir fan o’qituvchisi haqida to’liq ma’lumot, o’qituvchining olib boriyotgan ishlari to’g’risida ham ma’lumotlar jamlangan: metodik tavsiyalar, ochiq dars ishlanmalari va ularning elektron variantlari , testlar banki, ko’rgazma qurollari to’plami shular jumlasidandir. “Organ-o’rgat” tadbirlarini amaliyotga joriy etishda “Ustoz-shogird” maktabi katta rol o’ynaydi.
Kun tartibidagi 3 masala yuzasidan yig‘lish qaror qiladi.
Darslarni qiziqarli va samarali bo’lishi uchun o’qituvchi doim izlanishda , yangiliklar yartishda , o’quvchi tafakkurida mavjud yashirin imkoniyatlarni ro’yobga chiqarish uchun , eng avvalo, mahorat sohibi, o’quvchi qalbini teran tushunadigan ruhshunos, xalq pedagogikasi va zamonaviy o’qitish uslublaridan xabardor mutaxassis bo’lishi, mahalliy imkoniyatlardan kelib chiqib ishlashlari metodbirlashma raisi tomonidan nazoratga olinsin.
Metod birlashmasi raxbari : N.Artikova.
Yig‘ilish kotibi: N.Rixsiyeva.
Do'stlaringiz bilan baham: |