Tasdiqlayman” Maktab direktori F. Xayitov


Dars bu, sinfda taqvim-mavzu reja asosida belgilangan vaqt davomida o`qituvchi tomonidan o`quvchilar uchun o`quv-tarbiya jarayonining maqsadli tashkil etilishidir


Download 47.29 Kb.
bet5/10
Sana12.02.2023
Hajmi47.29 Kb.
#1192102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Amaliy fan 2022-2023

Dars bu, sinfda taqvim-mavzu reja asosida belgilangan vaqt davomida o`qituvchi tomonidan o`quvchilar uchun o`quv-tarbiya jarayonining maqsadli tashkil etilishidir.Shunday ekan, har bir o`qituvchi darsga sifatli va puxta tayyorlanmasdan kirishni insoniylikka, pok vijdonga xiyonat ekanligini va ish haqini halollab olish lozimligini his qilishi kerak. Chunki, har bir fan o`qituvchisi faoliyati asosini sifatli dars o`tish, o`quvchilarga yaxshi ta'lim-tarbiya berish tashkil etadi.
O`qituvchining darsga tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi ikki bosqichdan iborat:
O`qituvchining o`z fani yuzasidan umumiy tayyorgarligi.
O`qituvchining har bir darsga kundalik tayyorgarligi.
O`qituvchining umumiy tayyorgarligi muntazam amalga oshirib boriladigan jarayon bo`lib, o`quv yili boshlanishi oldidan quyidagilarni qamrab oladi:
- Davlat ta'lim standarti (DTS), o`quv dasturi, o`quv reja hamda ularga berilgan tushuntirish xatlarini o`rganib chiqish;
- O`zi dars beradigan o`quv faniga oid yangi ilmiy va metodik adabiyotlarning mazmuni bilan tanishish;
- tegishli ko`rgazma materiallarni, o`quv-jihozlarini o`rganish, ularni qo`llay bilish;
-kompyuter texnikasidan foydalanish ko`nikmasini shakllantirib, bu boradagi mahoratini oshirish, elektron darsliklar, matn muharrirlari, "ZiyoNet" axborot ta'lim portaliga joylangan ma'lumotlardan samarali foydalanish kabilardir.
Kun tartibidagi 3- masala yuzasidan so‘zga maktab - Amaliy fanlar metod birlashmasi a’zosi Yu.Azamatova chiqib o‘quvchi­larning fanni o‘z­lashtirish darajasini kuzatib, har chorak yakunida fanlar ke­simida test sinovlari nati­jalarini tahlil qilar ekanmiz, ular bilimida aniq­langan bo‘sh­liqlarni daftar hoshiyasiga qayd etib boramiz. Holat bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqamiz. Ammo bu chora-tadbirlar muammoga yechim bo‘la oladimi? Avvalo, bo‘shliq nima uchun paydo bo‘ldi, degan savolga javob topganimiz ma’qul. Maktablarning jamiyat hayotidagi ahamiyati shundan iboratki:o‘quvchilarni jamiyatning bir qismi ekanligini his qilgan holda,jamiyat ravnaqi uchun o‘z hissalarini qo‘shish va uning oldidagiburchlarini bajarish kabi tuyg‘ularni ularda oshirishdir.Xalqaro tadqiqotlar esa o‘quvchilarda kreativ fikrlashini oshirish orqali ularning, tajribalar, hodisalar va shu qatorda vaziyatlarni yangicha uslubda yondashishini ta’minlaydi, bilim olishiga yordam beradi.O‘quvchining fikrlashi, qiziquvchanligini tezlashtirish va rag‘batni oshirish uchun uning ijodkorlik imkoniyatlari shuningdek yangicha qirralarini ochib beradigan yangi uslubdagi texnologiya va o‘rganish shakllari shakllantirilishi kerak. Bu kabi rivojlanish uslublari ta’lim olishi sust o‘quvchilarni o‘z fikrini ifodalash hamda qiziqishlarini ortishiga yordam beradi. Kreativ fikrlash ham boshqa qobiliyatlardek maqsadli va amaliy mumkin.Bazi o‘qituvchilar nazarida o‘quvchinikreativ fikrlashini oshirish o‘quv dasturidan tashqari boshqa faoliyat turiga jalb qilishdek ko‘rinadi. Aslini olganda esa, o‘quvchilar mavjud hamma fanlar kesimida kreativ fikrlay olish qobiliyatlari hisobga olinadi. Kreativ fikrlashning afvzal tomonlaridan yana biri o‘quvchiga yotlatish usuli bilan emas, izlanish va kashfiyotchilik qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash orqali asosiy bilimni egallashga erishiladi



Download 47.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling