Tasdiqlayman” Maktab direktori F. Xayitov


Download 47.29 Kb.
bet7/10
Sana12.02.2023
Hajmi47.29 Kb.
#1192102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Amaliy fan 2022-2023

KO‘RILADIGAN MASALALAR:

  1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida iqtidorli o‘quvchilarning qobiliyatlarini ma’lum bir maqsadga yo‘naltirish, izlanuvchan, tashabbuskor va ijodkor o‘qituvchilami aniqlash, ularning tajribasini o‘rganish, ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘lanilayotgan metodlami takomillashtirish maqsadida o‘tkazilgan fan oylik natijalari.

  2. Fan oyliklari yakunida umumiy o‘rta ta'lim maktablarining metodbirlashmasi rahbari tomonidan ma’lum bir fan o'qituvchisining ish tajribasini ommalashtirish.

Eshitildi:

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan so’zga maktab - Boshlang’ich ta’lim metod birlashmasi rahbari N.Artikova chiqib maktabimizda “Boshlang‘ich ta’lim” fan oyligini qiziqarli va mazmunli qilib o’tkazish uchun metodbirlashma rahbari va fan o‘qituvchilari hamda maktab ma’muriyati sentyabr oyi boshidan tayyorgarlik ko‘rdilar. “Fan oyliklari”ni tashkil etish tartibi bilan to‘liq tanishib chiqan holda “Boshlang‘ich ta’lim” fan oyligini o’tkazishning tadbirlar rejasi, olib boriladigan ishlarning qisqacha mazmuni tuzildi. “Boshlang‘ich ta’lim” fan oyligini o‘zlashtirilishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malakalarning monitoringi o‘tkazildi va tahlil qilindi. Fan oyligi davomida boshlang‘ich sinf xonalarining zarur ko‘rgazmali didaktik materiallar bilan jixozlanishi ota-onalar bilan maktabning hamkorligi jonlantirildi ularni fandagi yangiliklar, ta’limdagi o‘zgarishlar, o‘quvchilarning o‘zlashtirish va bilim samaradorligi ko‘rsatkichlari bilan tanishtirib borildi. Boshlang‘ich sinf darslarini samaradorligini oshirishning eng muhim omillaridan biri darslarda an’anaviy va noan’anaviy metodlardan samarali foydalangan xolda darslarni to‘g‘ri tashkillashtirish va o‘quvchilarni kreativ fikrlash sifatlarini shakllantirishdir. Fan oyligi mazmunli yuqori saviyada o‘tkazishda turli bayramlar tadbirlar ochiq darslar, uchrashuvlar, sayohatlar, musobaqalar, tanlovlar hamda o‘quvchilarning nazariy bilimlarini boyituvchi har xil musobaqalar tashkil etildi.


Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan so‘zga chiqib metodbirlashma rahbari N.Artikova va M.Mirboboyeva Nodirani darslarini ommalashtirish tavsiya etilishini taklifini bildirdilar.

Yuqoridagilarga asosan Boshlang‘ich ta’lim metod birlashmasi umumiy yig‘ilishi




QAROR QILADI
1.O‘tkazilgan fan oyligi qoniqarli deb topilsin. Barcha oylarni ham mana shunday tadbirlar asosida o‘tkazish davom ettirilsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni, “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2020-yil 30-oktabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 86-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ta’lim markazi tomonidan “Ilg‘or ish tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish” tartibini barcha metod birlashmalarida tadbiq etish to‘g‘risida chora-tadbir ishlab chiqish va metod birlashma a’zolariga o‘zlari tayyorlagan ishlarini ommalashtirishga bo‘yicha qilingan ishlari ko‘rib chiqildi, va Rixsiyeva Nodira tavsiya etildi.



Download 47.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling