AMALIY FANLAR METODBIRLASHMASINING 2022-2023- O‘QUV YILIDA O‘TKAZILGAN UMUMIY YIG‘ILISH BAYONI №2
5. 11.2022 yil. Yangiyo‘l tumani
Yig‘ilish raisi: M.Yakubova- amaliy fanlar metod birlashmasi rahbari
Yig‘ilish kotibi: Yu.Azamatova - amaliy fan o‘qituvchisi.
Qatnashdilar:
Maktab O‘TIBDO‘ T.Ravshanov va barcha amaliy fanlar metod birlashmasi a‘zolari.
KO‘RILADIGAN MASALALAR:
1.Maktabda tashkil etilgan Amaliy fan tugaraklar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘qituvchilarni tashkil etgan fan to‘garaklar faoliyati bo‘yicha xisobotlari
2.Amaliy Fanlaridan o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan kunlik dars ko‘rgazmalarining ― “Dars-muqaddas” tavsiyasi asosida ishlab chiqilganligi, dars mashg‘ulotlarida o‘tiladigan mavzuning keng yoritib berilganligi va dars jarayonida qo‘llanilayotgan pedagogik texnologiyalarning mavzuga mosligi to‘g‘risida
3. O‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida, o‘zlashtirishi past o‘quvchilar bilan o‘zaro ishlash, darsdan bo‘sh vaqtlarida shug‘ullanish.
Eshitildi:
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan so‘zga maktab - Amaliy fanlar metod birlashmasi rahbari M.Yakubova chiqib . amaliy fan tugaraklar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘qituvchilarni tashkil etgan fan to‘garaklar faoliyati bo‘yicha ma’lumoti eshitildi. o'quvchilarni estetik madaniyatini shakllantirish va kasb-hunarga yo'llash samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi mashg'ulotlarni samarali o'tkazish texnologiyasini ishlab chiqish lozim. Buning uchun, birinchidan, o'quvchilarni sinfdan tashqari mashg'ulotlarda esetetik madaniyatini rivojlantirish va kasb yo'naltirish samaradorligini oshiruvchi metod va nazariyalarni tahlil qilish, ikkinchidan, mashg'ulotlarni tashkil etishning zamonaviy shakllaridan foydalanish, uchinchidan, xar bir o'quvchining individual fazilat va sifatlarini to'laroq e'tiborga olish muhim hisoblanadi. Sinfdan tashqari mashg'ulotlarda o'quvchilarning estetik madaniyatini rivojlantirishga yordam beruvchi mashg'ulotlardan foydalanish, vositalarni ishga solish, kasbga yo'naltiris maqsadida kasblar to'g'risida ma'lumot berish, kasbga yo'llash, kasbiy yo'l-yo'riq ko'rsatish, kasbiy va iqtisodiy tarbiya, pedagogik-psixologik tashxis ishlariga asoslanilgan pedagogik texnologiyani amalga oshirish jarayonini, boshqacha aytganda, o'quvchilarni estetik madaniyatini rivojlantirish va kasbga yo'naltirishning umumiy tuzilmasini sxematik tarzda tasvirlab kursatishimiz mumkin.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan so‘zga maktab - Amaliy fanlar metod birlashmasi rahbari M.Yakubova chiqib DARS - MUQADDAS" TADBIRINI AMALGA OSHIRISH: O`qituvchining darsga puxta tayyorgarligi ta'lim muvaffaqiyati va samarasi garovidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |