Tasdiqlayman” Navbahor tuman 8-son dmtt direktori Sh. Qalandarova “ ” 2022 yil


Download 73.75 Kb.
bet8/18
Sana28.12.2022
Hajmi73.75 Kb.
#1013003
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Маънавият соатлари баёни

Bayonlashtirdi G.Rajabova
TASDIQLAYMAN”
Navbahor tuman 8-sonli
Bulbulcha” DMTT direktori
_______________Sh.Qalandarova
_____” __________2022 yil


Navbahor tuman 8-sonli “Bulbulcha” DMTT da 15-may – “Xalqaro oila kuni” munosabai bilan “Sog‘lom oila – jamiyat tayanchi”
mavzusida. ma`rifat soati
BAYONI

Joriy yilning 13-may kuni8-sonli “Bulbulcha” DMTT da ma`rifat soati tashkil etildi. Ma`rifat soatiga tashkilotning barcha ishchi-xodimlari ishtirok etdi.


Ota-bobolarimiz qadimdan oilani muqaddas bilib, uni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratib kelgan. Chunki, Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida qayd etilganidek, insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida shakllanadi. Bolaning fe’l-atvori, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi ma’naviy mezon va qarashlar aynan oila sharoitida kamol topadi.
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan oilaning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish, uning huquqiy asoslarini yaratish eng muhim vazifalar sifatida belgilandi. O‘ziga xos milliy davlatchilik tariximiz, xalqimizning azaliy qadriyat va an’analari e’tiborga olinib, Konstitutsiyamizga “Oila” bobi kiritildi.
Bosh Qomusimizning mazkur bobida oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini ekanligi hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga egaligi mustahkamlab qo‘yilgan. Shuningdek, unda nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanishi, ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalash, o‘z navbatida voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburliklari, farzandlar, ota-onalarining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi, onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinishi o‘z ifodasini topgan.
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi va boshqa qonun, huquqiy-me’yoriy hujjatlarda ham bu qoida va tartiblar qat’iy belgilab qo‘yilgan.
Prezidentimiz tashabbusi bilan 2012 yilning yurtimizda Mustahkam oila yili deb e’lon qilinishi ham bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, “oila sog‘lom ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir” degan ezgu tamoyilning hayotiy ifodasini ta’minlashga qaratilgan.
– Yoshlar oila va mahalla sharoitida ilk hayot tushunchalarini o‘rganib, bilim maskanlarida ta’lim-tarbiya olib voyaga yetsa-da, ularning oila atalmish muqaddas qo‘rg‘onga mustaqil qadami adliya tizimidagi Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari va Baxt uylaridan boshlanadi, – deydi Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilmurod Sa’dullayev. – Bu esa mazkur organlar xodimlari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Bugungi kunda viloyatimizdagi mavjud 23 FHDYO bo‘limlarining mudira va inspektorlari ana shu yuksak mas’uliyatni his qilgan holda faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Bunda, avvalo, keng aholi qatlami o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Darhaqiqat, o‘tgan yili viloyatdagi ta’lim muassasalari va mahallalarda “Erta nikohning oldini olish”, “Oila mustahkamligi – yurt tinchligi”, “Voyaga yetmagan yoshlarning nikohi va uning salbiy oqibatlari”, “Nosog‘lom oilaning farzand tarbiyasiga salbiy ta’siri”, “Ona – oilaning ahloqiy-ma’naviy ko‘zgusi”, “Oila mustahkamligining ijtimoiy psixologik omillari” kabi mavzularda davra suhbatlari va uchrashuvlar o‘tkazildi. Ta’lim muassasalarida OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan “Xiyonat” nomli film namoyish etildi.
Samarqand shahri, Bulung‘ur va Narpay tumanlaridagi FHDYO bo‘limlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25 avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom”ning ijrosi, oilalarni mustahkamlash va sog‘lom farzand tug‘ilishida tibbiy ko‘rikning ahamiyati haqida amaliy seminarlar tashkil qilindi.
Bugungi kunda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va “Oila” ilmiy-amaliy markazi hamkorligida FHDYO bo‘limlari, Nikoh uylari qoshida tashkil etilgan “Oila dorilfununi”, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari va oliy o‘quv yurtlari talabalariga mo‘ljallangan “Yosh oila quruvchilar maktabi”ning faoliyati muhim o‘rin tutmoqda.
2011 yil davomida viloyatdagi FHDYO bo‘limlarida “Oila dorilfununi”ning 637 o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilib, ularga 42 mingdan ziyod bo‘lajak kelin-kuyovlar jalb etildi. “Yosh oila quruvchilar maktabi”ning besh yuzga yaqin mashg‘ulotlarida 28 ming 500 dan ortiq yoshlar qatnashdi. Bunday o‘quv mashg‘ulotlari FHDYO bo‘limlari xodimlari, tibbiyot sohasi mutaxassislari, mahalla maslahatchilari, ma’naviyat targ‘ibotchilari, xotin-qizlar qo‘mitalari hamda ibratli oilalar vakillari ishtirokida olib borilmoqda. Mazkur tadbirlarda mamlakatimizda oilalar mustahkamligini ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar mohiyati yoshlarga tushuntirilmoqda.
Ana shunday sa’y-harakatlar samarasida viloyatda otalikni belgilash, yolg‘iz onalar soni, oilalar ajralishi holatlari avvalgi yillarga nisbatan kamaydi.
Mustahkam oila yilida bu boradagi ishlar yanada keng ko‘lamda davom ettiriladi. Qonunchilikni takomillashtirish va mustahkamlash, yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish hamda FHDYO bo‘limlari xodimlari tomonidan fuqarolarga huquqiy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada yuksaltirish yuzasidan muhim tadbirlar amalga oshiriladi.



Download 73.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling