Tasdiqlayman” Navbahor tuman 8-son dmtt direktori Sh. Qalandarova “ ” 2022 yil


Download 73.75 Kb.
bet7/18
Sana28.12.2022
Hajmi73.75 Kb.
#1013003
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Маънавият соатлари баёни

Bayonlashtirdi G.Rajabova

TASDIQLAYMAN”


Navbahor tuman 8-sonli
Bulbulcha” DMTT direktori
_______________Sh.Qalandarova
_____” __________2022 yil


Navbahor tuman 8-sonli “Bulbulcha” DMTT da 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati va g`alabaning 76 yilligi munosabati bilan “Inson qadri ulug`, xotira muqaddas” mavzusida ma`rifat soati
BAYONI

Joriy yilning 6-may kuni 8-sonli “Bulbulcha” DMTT da ma`rifat soati tashkil etildi. Ma`rifat soatiga tashkilotning barcha ishchi-xodimlari ishtirok etdi.


Mustaqillik yillarida mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik, hamjihatlik va bag`rikenglik mustahkam qaror topdi. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat , mehr-oqibat tuyg`ulari odamlar qalbi va shuridan chuqur joy oldi Ajdodlar xotirasini yod etib, ezgu ishlarni davom ettirish, bugun saflarimizda yurgan, el-yurt tinchligi va ravnaqi yo`lida xizmat qilgan keksalarni e`zozlash ma`naviy hayotimizni ajralmas qismiga aylandi.
O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Xotira va qadrlash deganda biz, avvalo, o`zimizni inson sifatida anglashni, odamiylik fazilatlarini ulug`lashni nazarda tutamiz” – deganlar. Birinchi prezidentimiz 1999-yildagi 9-mayni Xotira va qadrlash kuni deb e`lin qilish to`g`risida gi farmoniga ko`ra barcha viloyat markazlarida Xotira maydoni qad rosladi. Har bir viloyatda “Motamsaro ona” haykali o`rnatilib, vatan ozodligi va tinchligi uchun jon berganlar. Xotira va qadrlash – inson aql-zakovatining betakror ma`naviy ne`matlari, tiriklikning azaliy mezonlaridir. Jahglarda jon bergan vatandoshlarimiz nomlari muhrlangan “Xotira kitobi” ning zarhal varaqlari vatanning fidoiy o`g`lonlari qismatidan shahodat beradi.O`zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti Shavkat mirziyoyevning 2018 yil 16 apreldagi “Ikkinchi jahon urush qatnashchilarini rag`batlantirish” to`g`risida farmoni hamda xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida barcha urush qatnashchilari va noguronlarga 5 million so`m pul mukofoti berila boshlandi. Eng muhimi, xalqimiz , ayniqsa yoshlarimiz ongu shuurida o`tkanlarni yod etish, tiriklarni qadrlashdek insoniy fazilatlar tobora mustahkam qaror topmoqda. Tarixdan saboq chiqarib, o`tmishda yo`l qo`yilgan xatolarni takrorlamay, milliy o`zlikni anglagan holda ajdodlarimizning hech kimdan kam bo`lmagan avlod ekanimizni anglab yashayapmiz. Shu nuqtai nazardan, bu yorug` va dorilamon kunlar yo`lida qurbon bo`lganlar ruhini shod etish, mo`tabar keksalarimiz duosini olish, tinch hamda osoyishta zamonning qadriga yetish, shukronalik tuyg`ularini his qilish bizga katta quvvat bag`ishlaydi, ruhiyatimizni poklab, yangidan-yangi bunyodkorlik ishlariga chorlaydi. Inson bor ekan-xotira muqaddas.



Download 73.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling